bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Hosea 12
Hosea 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 13 →
1
Efrayim garmsel boqib yurar, Kun bo‘yi sharqdan esgan shamol ketidan quvar. Yolg‘onu zo‘ravonlikni u orttirar. Ossuriya bilan sulh tuzib, Zaytun moyini Misrga jo‘natar.
2
Yahudoga Egamiz da’vo qiladi. Yoqub naslining ta’zirini U beradi, Tutgan yo‘liga yarasha uni jazolaydi.
3
Onasining qornidayoq Yoqub akasi bilan talashgan, Ulg‘aygach esa Xudo bilan olishgan.
4
Farishta bilan olishib, uni yenggan edi, Keyin yig‘lab, iltifot qilishini so‘ragandi. Baytilda Yoqub Xudoni topgandi, O‘sha yerda Xudo bilan suhbat qurgandi.
5
Sarvari Olam — Xudo O‘shadir, Egamizdir Uning nomi!
6
Ey Yoqub nasli, Xudoyingizga qayting. Sevgi va adolatga intiling, Sabr–toqat ila Xudodan umid qiling.
7
Egamiz shunday deydi: “Xalqim tarozidan urgan savdogarga o‘xshaydi, Firibgarlik qilishni ular xo‘p yaxshi ko‘radi.
8
‘O, men boyman’, deb maqtanasan, ey Efrayim. ‘Men o‘zimga davlat orttirdim, Borimni peshana terim bilan topdim. Hech kim meni gunohda ayblay olmas.’
9
Ammo Egangiz Xudo — Menman, Seni Misrdan olib chiqqanman. Men senga sahroda zohir bo‘lar edim, O‘sha davrdagiday seni yana chodirlarda yashattiraman.
10
Men payg‘ambarlarga gapirgandim, O‘zim ularga ko‘p vahiylar bergandim, Ular orqali matallar aytgandim.”
11
Giladda butparastlik qilindi. Uning ahli albatta barham topadi. Gilgalda buqalar qurbonlik qilindi, Qurbongohlar egatlardagi behisob tosh uyumlarga o‘xshaydi.
12
Yoqub Oram yurtiga qochib bordi, Xotin olish uchun u xizmat qildi, Qalin evaziga qo‘ylar boqdi.
13
So‘ng Egamiz payg‘ambar orqali Isroilni Misrdan olib chiqdi, Payg‘ambar ularga g‘amxo‘rlik qildi.
14
Ammo Efrayim Egamizni qattiq ranjitdi. To‘kkan qon uchun Efrayimni Rabbiy jazolaydi, Uni haqoratlagani uchun adabini beradi.
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14