bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Hosea 6
Hosea 6
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 7 →
1
Bu xalq shunday deydi: “Kelinglar, Egamizga qaytaylik! U bizni tilka–pora qildi, Shifoni ham O‘zi beradi. Bizni yarador qildi, Yaralarimizni O‘zi bog‘laydi.
2
Uning huzurida yashay olishimiz uchun, Ikki kunda bizni hayotga qaytaradi, Uchinchi kuni oyog‘imizga turg‘izadi.
3
Kelinglar, Egamizni bilishga intilaylik. Tong otishi muqarrar bo‘lganday, U albatta bizga zohir bo‘ladi, Kuz va bahorda yomg‘ir yog‘ishi tabiiy bo‘lganday, U albatta oldimizga keladi.”
4
Egamiz shunday deydi: “Seni nima qilay, ey Efrayim?! Seni nima qilay, ey Yahudo?! Sening sevging tongdagi tumanday tez g‘oyib bo‘lar, Sahardagi shudring kabi bug‘lanib ketar.
5
Shuning uchun so‘zlarim bilan seni o‘lguday savaladim, Payg‘ambarlarim orqali seni chopib tashladim. Chiqargan hukmim chaqmoq kabi seni uradi.
6
Zero, Men qurbonlikni emas, Rahm–shafqatni istayman, Kuydirilgan qurbonliklarni emas, Meni tanib–bilishingni afzal ko‘raman.
7
Xalqim Odam Atoday ahdni buzdi, Evoh, Menga bevafolik qildi.
8
Gilad — yovuzlarning shahridir, Ko‘chalari qon dog‘lariga to‘ladir.
9
Ruhoniylar qaroqchilarga o‘xshaydi, Ular pistirmada yotib, qurbonini poylashadi. Shakam shahri yo‘lida qotilliklar qilishadi, Ha, ular mudhish jinoyatlarga qo‘l urdi.
10
Men Isroilda dahshatli hodisani ko‘rdim: Efrayim bevafolik qildi! Isroil o‘zini bulg‘adi!
11
Ey Yahudo, sen uchun ham o‘rim payti belgilandi. Men xalqimni yana farovonlikka erishtirmoqchi bo‘lganimda,
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 7 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14