bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Hosea 14
Hosea 14
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
1
Samariya aholisi o‘z Xudosiga qarshi bosh ko‘tardi, Endi ular gunohining jazosini tortadi. Ular qilichdan halok bo‘ladi, Dushmanlar go‘daklarini yerga urib o‘ldiradi, Homilador ayollarning qorinlarini yoradi.
2
Ey Isroil, Egang Xudoga qaytgin! Axir, gunoh tufayli sen qulading.
3
Gapingni tayyorlab, Egamizga qayt. Sen Unga shunday deb ayt: “Gunohlarimizdan kechib yuborgin, Ibodatimizni qabul qilgin. Biz Senga madhiyamizni nazr qilamiz.
4
Ossuriya bizga najot bermaydi, Biz jangovar otlarga minmaymiz. Qo‘l bilan yasalgan butlarni Endi biz: ‘xudolarimiz’, deb atamaymiz. Ey Egamiz, biz — yetimlarga Faqat Sen rahm–shafqat qilasan.”
5
Egamiz shunday deydi: “Men xalqimga shifo berib, Ularni bevafolikdan qaytaraman, Ularga qayta ko‘ngil qo‘yaman, Men jahldan tushdim.
6
Men Isroil uchun shudringday bo‘laman, Shunda Isroil nilufarday ochiladi, Lubnon o‘rmoniday tomir otadi.
7
Ularning novdalari o‘sib chiqadi, Zaytun daraxtiday ko‘rkam bo‘ladi, Lubnon sadriday muattar hid taratadi.
8
Ularning soyasida xalqlar yashaydi. Isroil mo‘l bug‘doy yetishtiradi, Ular uzumzorday ko‘p hosil berishadi, Lubnon sharobiday mashhur bo‘lishadi.
9
Ey Efrayim, butlaring bilan Mening ishim yo‘q! Men ibodatlaringga javob beraman, Senga g‘amxo‘rlik qilaman. Men doim yashil sarv daraxti kabidirman, Olgan mo‘l hosilingning manbaidirman.”
10
Kim dono bo‘lsa, Bu yerda yozilgan so‘zlarni tushunadi, Kim fahm–farosatli bo‘lsa, Bularning hammasini anglab oladi. Egamizning yo‘llari to‘g‘ridir. Solihlar ulardan yuradi, Isyonchilar esa qoqilib tushadi.
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14