bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Hosea 13
Hosea 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 14 →
1
Egamiz shunday deydi: “Ilgari Efrayim gapirganda hammani titroq bosardi, Isroilda uning martabasi ulug‘ edi. Ammo Efrayim Baalga sajda qilib, gunoh orttirdi, Shunday qilib, o‘zini o‘limga mahkum etdi.
2
Hozir ham xalqim gunoh ustiga gunoh qilishar. O‘zlariga butlar yasashar, Kumushdan mahorat bilan sanamlar ishlashar, Bularning barchasi bor–yo‘g‘i hunarmandning ishi! Bunday odamlar to‘g‘risida bordir bir matal: Butga qurbonlik qilgan — buzoqni o‘pgan bo‘lar!
3
Shuning uchun ular tonggi tumanday bo‘ladi, Birpasda g‘oyib bo‘ladigan shudringga o‘xshab qoladi. Shamol xirmondan uchirgan to‘ponday ular g‘oyib bo‘ladi, Mo‘ridan chiqadigan tutunga o‘xshab qoladi.
4
Ammo Egangiz Xudo — Menman. Ey Isroil, seni Misrdan olib chiqqanman. Mendan boshqa Xudoni sen bilmaysan, Mendan boshqa yo‘qdir najotkoring.
5
Men sahroda senga g‘amxo‘rlik qildim, Suvsiz qaqragan cho‘lda seni boqdim.
6
Seni boqqanimda qorning to‘ydi, Qorning to‘ygach, manman bo‘lib ketding, Shu sababdan sen Meni unutding.
7
Endi Men yo‘lingni qoplonday poylayman, Senga bir sherday hujum qilaman.
8
Bolalaridan ayrilgan ona ayiq kabi tashlanaman, Seni tilka–pora qilaman. O‘sha joydayoq seni sherday g‘ajiyman, Yirtqichga o‘xshab seni qonga belayman.
9
Ey Isroil, o‘z boshingga o‘zing balo orttirding, Axir, Menga — O‘z Madadkoringga qarshi chiqding.
10
Shaharlaringni qutqaradigan shohing qani?! ‘Bizga shohu hokimlar ber’, deb so‘ragan boshliqlaring qani?!
11
Men jahl ustida senga shohlarni berdim, G‘azabga minganimda ularni olib tashladim.
12
Efrayimning jinoyati yozib qo‘yilgan, Ha, uning gunohi kitobga bitilgan.
13
Isroilning yashashga imkoniyati bor edi, Ammo u nodon bolaga o‘xshadi, Onani to‘lg‘oq tutganda, U qorindan chiqishni xohlamadi.
14
Men bu xalqni o‘liklar diyoridan qutqararmikanman?! Ularni o‘limdan xalos qilarmikanman?! Ey o‘lim, qirg‘in olib kelgin! Ey o‘liklar diyori, halokatli kuchingni ko‘rsatgin! Endi Men rahm–shafqat qilmayman.”
15
Isroil qarindoshlari orasida Serpusht va farovon bo‘lsa–da, Egamiz uning ustiga sharq shamolini yuboradi, Sahrodan esgan garmselni jo‘natadi. Isroilning bulog‘ini quritadi, Uning chashmasini qovjiratadi. Xazinasidagi qimmatbaho ziynatlarini tortib oladi.
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14