bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Hosea 5
Hosea 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 6 →
1
Egamiz shunday deydi: “Ey ruhoniylar, eshiting buni! Diqqat qilgin, Isroil xalqi! Quloq solgin, shoh xonadoni! Sizning ustingizdan hukm ketyapti. Sizlar Mispaxda odamlar uchun tuzoq bo‘ldingiz, Tovur tog‘ida yoyilgan to‘r bo‘ldingiz.
2
Qotillikka botgan isyonchi sizlar! Men hammangizning adabingizni beraman.
3
Ey Efrayim, juda yaxshi bilaman seni, Isroil, Mendan yashira olmassan o‘z qilmishingni. Sen, Efrayim, Xudoga bevafo bo‘lding, Ey Isroil, o‘zingni harom qilding.
4
Men Xudoyingman, Ammo qilmishlaring Menga qaytib kelishingga yo‘l qo‘ymas. Sen Meni — o‘z Egangni bilmaysan, Chunki qalbing shahvatga to‘lgan.”
5
Isroilning mag‘rurligi o‘ziga qarshi guvohlik beryapti, U jinoyatlari tufayli qulaydi. Yahudo ham u bilan birga yiqiladi.
6
Isroil Egamizning iltifotini izlaydi, Qo‘y–mollarini qurbonlik qiladi, Ammo Egamizni topa olmaydi, Chunki Egamiz uni tark etgan.
7
U Egamizga xiyonat qildi, Begonalardan orttirgan bolalar tug‘di. Ko‘p o‘tmay u mulki bilan birga xarob bo‘ladi.
8
Egamiz shunday deydi: “ Burg‘u chaling Givoda! Karnay chaling Ramada! Bayt–Obunda bong uring! Ey Benyamin, ortingdan dushman kelyapti!
9
Jazo kuni Efrayim xarob bo‘ladi. Isroil qabilalariga e’lon qilgan bu so‘zlarim Albatta ro‘yobga chiqadi.
10
Yahudo shahzodalari chegarani buzgan firibgarlarga o‘xshaydi, Men ularning ustiga O‘z qahrimni jaladay yog‘diraman.
11
Axir, Efrayim butlarga ergashishni afzal ko‘rdi, Endi u ezilib, hukmga bardosh bera olmaydi.
12
Men Efrayimni kuyaday yemiraman, Yahudo xonadonini qurtday kemiraman.
13
Efrayim o‘z betobligini tushungach, Yahudo o‘z yaralarini ko‘rgach, Efrayim Ossuriyaga bordi, Buyuk shohni yordamga chaqirdi. Ammo shoh ularni davolay olmaydi, Yaralariga shifo bera olmaydi.
14
Men Efrayimga sherday hujum qilaman, Yahudo xonadoniga yosh arslonday tashlanaman. Ularni O‘zim tilka–pora qilaman, Sudrab, O‘zim bilan olib ketaman. Ularni hech kim xalos eta olmas.
15
Ular o‘z aybini bo‘yniga olguncha, Chin dildan Menga intilguncha, Men O‘z makonimga qaytib ketaman. Balki qayg‘uli damlarida ular Menga qaytishar.”
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14