bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Hosea 7
Hosea 7
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 8 →
1
Isroilni shifolamoqchi bo‘lib turganimda, Uning buzuqligi oshkor bo‘ldi, Samariyaning jinoyatlari ochildi. Ular makkorona ish tutishadi, O‘g‘rilar xonadonlarni o‘marishadi, Qaroqchilar yo‘lto‘sarlik qilishadi.
2
Qilgan barcha qabihliklari yodimda, Biroq ular buni xayoliga keltirmaydi. Mana, ular gunohlarga botishdi, Ko‘z o‘ngimda bu gunohlar gavdalanadi.
3
Odamlar shohni yovuzliklari bilan xushnud qilar, Ular beklarni hiylalari bilan shod etar.
4
Ularning hammasi sadoqatsiz va makkor, Lovullagan tandirga o‘xshaydi. Novvoy xamirini qorib bo‘lgunicha, Xamir oshib tayyor bo‘lgunicha, Hatto olov kovlashga ham ehtiyoj yo‘q.
5
Shoh ziyofat bergan kuni Beklar shohga maydan ichirishdi, Shoh mazaxchilar bilan hamtovoq bo‘ldi.
6
Ularning yuraklari tandirga o‘xshaydi, Shohga qarshi ular fitna uyushtiradi, Kechasi bilan g‘azabi cho‘g‘day tutab yotadi, Saharga kelib, olovday lovullab yonadi.
7
Tandirday qizishgan bu hamma odamlar, Hukmdorlarini yamlamay yutyaptilar. Natijada shohlari birin–ketin nobud bo‘lyapti, Ammo birontasi ham Menga iltijo qilmayapti.”
8
Efrayim boshqa xalqlarga qorishgan. U xom pishgan nonga o‘xshab qolgan.
9
O‘zga xalqlar uning kuchini kesdi, U esa buni anglamaydi. Sochlari oqarib bo‘ldi, U esa buni payqamaydi.
10
Isroilning mag‘rurligi O‘ziga qarshi guvohlik beradi. Boshiga tushgan kulfatlarga qaramay Isroil O‘z Egasi Xudoga qaytmadi, Yuzini Unga burmadi.
11
Egamiz shunday deydi: “Efrayim kabutarga o‘xshar, Ham befarosat, ham ovsar. U Misrdan yordam so‘raydi, Pir etib Ossuriyaga uchadi.
12
Uchganda, Men unga to‘r tashlayman, Ovlangan qushday yerga tushiraman. To‘dalashganini eshitsam, jazosini beraman.
13
Xalqimning holiga voy! Axir, ular Mendan uzoqlashdi! Endi vayron bo‘lishadi! Axir, Menga qarshi bosh ko‘tarishdi! Ularni xalos qilardim–u, Ammo Menga yolg‘on gapirishdi.
14
Ular Menga chin dildan iltijo qilmaydi, Ammo to‘shaklarida yotib, faryod chekishadi. Butparastlarday badanlarini tilib, Bug‘doy va sharob talab qilishadi. Menga qarshi bosh ko‘tarishadi.
15
Men O‘zim ularni boqdim, kuchaytirdim, Ular esa Menga qarshi fitna qiladi.
16
Ular yaroqsiz bir kamonga o‘xshaydi, Menga, Xudoyi Taologa yuzini burmaydi. Beklari haqoratli so‘zlar aytganlari uchun, Qilichdan halok bo‘ladi. Bu qilmishlari uchun, Misrda kulgi bo‘lishadi.”
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 8 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14