bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Revelation 1
Revelation 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 2 →
1
Mazkur kitobda Iso Masihning vahiysi bayon etilgan. Yaqin orada yuz beradigan hodisalarni Xudo O‘z qullariga ayon qilish uchun bu vahiyni Iso Masihga berdi. Iso Masih O‘z farishtasini quli Yuhannoning oldiga yuborib, ushbu vahiyni ko‘rsatdi.
2
Yuhanno Xudoning kalomi va Iso Masihning shahodati to‘g‘risida nimalar ko‘rgan bo‘lsa, hammasi haqida guvohlik bermoqda.
3
Ushbu bashorat so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qiyotgan odam baxtlidir. Uni tinglab, kitobda yozilganlarga amal qiluvchilar baxtlidir. Axir, bu hodisalarning vaqt–soati yetdi.
4
[4-5] Asiya viloyatidagi yettita imonlilar jamoatiga Yuhannodan salom! Azaldan bor bo‘lgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor bo‘ladigan Xudodan, Uning taxti oldida turgan yetti ruhdan, shuningdek, o‘liklar ichidan birinchi bo‘lib tirilgan, yer yuzi shohlarining Hukmdori bo‘lgan sodiq shohid — Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo‘lsin. Iso Masih bizni sevadi. U O‘z qonini to‘kib, bizni gunohlarimizdan xalos etdi.
5
***
6
U bizdan Shohlik yaratdi, bizni Otasi Xudoga xizmat qiladigan ruhoniylar qilib tayinladi. Qudrat Sohibi bo‘lgan Masihga abadulabad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.
7
Ana, U bulutlarda kelyapti! Har bir ko‘z Uni ko‘radi, Hatto Unga nayza sanchganlar ham Unga ko‘z tikadi. Dunyoning jamiki qabilalari U tufayli yig‘laydi. Darhaqiqat, hammasi aytilganday bo‘ladi! Omin.
8
“Men — Ibtido va Intihodirman, — deb aytmoqda Egamiz Xudo. — Men oldin bor bo‘lgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor bo‘ladigan Qodir Xudodirman.”
9
Men birodaringiz Yuhannoman. Isoning azoblari, Uning Shohligi va sabr–toqatini baham ko‘rgan sherigingizman. Men Xudoning kalomini va’z qilib, Iso haqida guvohlik berganim uchun Patmos oroliga surgun qilinganman.
10
Haftaning birinchi kunida Muqaddas Ruh meni qamrab oldi. Men orqamdan karnay sadosiga o‘xshash kuchli bir ovozni eshitdim. Ovoz shunday dedi:
11
“Ko‘rganlaringni kitobga yozib bor. So‘ng uni Efes, Smirna, Pergam, Tiyatira, Sardis, Filadelfiya va Laodikiya shaharlaridagi imonlilarning yettita jamoatiga yubor.”
12
Menga gapirayotgan Kimsani ko‘rish uchun o‘girildim. Shunda yettita oltin chiroqpoyani ko‘rdim.
13
Chiroqpoyalar orasida inson qiyofasidagi bir Zot turgan edi. Uning ustida uzun, to‘pig‘igacha tushgan rido, ko‘ksiga oltin tasma bog‘langan edi.
14
Sochi momiqday oq, qorday oppoq edi. Ko‘zlari esa alangaday chaqnardi.
15
Uning oyoqlari o‘choqda qizdirilgan bronzaday yarqirar, ovozi guvullagan dengiz tovushiga o‘xshardi.
16
O‘ng qo‘lida yettita yulduz bor edi, og‘zidan o‘tkir dudama qilich chiqib turardi. Uning yuzi kun qiziganda balqiydigan quyoshday porlardi.
17
Uni ko‘rishim bilanoq, oyoqlari ostiga jonsizday yiqildim. U esa o‘ng qo‘lini ustimga qo‘yib, shunday dedi: “Qo‘rqma! Men Birinchi va Oxirgiman.
18
Barhayotman. O‘lgan edim va mana, abadulabad tirikman. O‘limning va o‘liklar diyorining kalitlari Mendadir.
19
Shunday ekan, sen oldin ko‘rganlaringni, hozir ko‘rayotganlaringni va bundan keyin ko‘radiganlaringning hammasini yozib bor.
20
Sen o‘ng qo‘limda ko‘rgan yettita yulduz va yettita oltin chiroqpoyaning siriga kelsak, yetti yulduz — yetti jamoatning farishtalarini, yetti chiroqpoya esa yetti jamoatni bildiradi.”
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22