bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Revelation 12
Revelation 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 13 →
1
Osmonda ajoyib bir alomat ro‘y berdi: quyoshga burkangan bir ayol paydo bo‘ldi. Uning oyoqlari ostida oy va boshida o‘n ikki yulduzli toj bor edi.
2
Ayol homilador bo‘lib, uni to‘lg‘oq tutar, dard bilan baqirar edi.
3
So‘ngra osmonda boshqa bir alomat ko‘rindi: yetti boshli, o‘nta shoxli ulkan qizil ajdaho paydo bo‘ldi. Uning har bir boshida bittadan toji bor edi.
4
U dumi bilan osmondagi yulduzlarning uchdan bir qismini sudrab, yerga uloqtirdi. Ajdaho to‘lg‘oq tutgan ayolning oldiga turib oldi. Chaqaloq tug‘ilishi bilanoq ajdaho uni yutib yubormoqchi edi.
5
Ayol o‘g‘il ko‘rdi. Kelajakda barcha xalqlarni temir xivchin bilan boshqaradigan bu o‘g‘lon darhol olib ketildi. U Xudoning huzuriga, taxtga keltirildi.
6
Ayol esa cho‘lga qochib ketdi. U yerda 1260 kun davomida ayolga g‘amxo‘rlik qilishsin deb, Xudo maxsus joy hozirlab qo‘ygan edi.
7
Shundan keyin osmonda jang boshlandi. Mikoil va uning farishtalari ajdahoga qarshi chiqishdi. Ajdaho ham o‘zining farishtalari bilan Mikoilga qarshi jang qildi.
8
Ammo ajdaho talafot ko‘rdi. Unga va uning farishtalariga endi osmonda joy yo‘q edi.
9
Ulkan ajdaho yerga uloqtirildi. Butun dunyoni aldagan bu qadimgi ilon iblis va shayton deb atalgan. U o‘z farishtalari bilan yerga uloqtirildi.
10
Shunda men osmondan baland ovozda aytilgan bu so‘zlarni eshitdim: “Xudoyimiz najotu qudratini ayon qildi, Mana, Uning Shohligi keldi. Masihining hokimiyati o‘rnatildi. Axir, birodarlarimizning tuhmatchisi yerga uloqtirildi, Ha, Xudoyimiz huzurida kecha–kunduz Ularga tuhmat qilayotgan iblis pastga otildi.
11
Ular Qo‘zining qoni tufayli, O‘zlarining shahodat so‘zi tufayli uni yengdilar. Hatto o‘lim xavfi ostida bo‘lganlarida jonlarini ayamadilar.
12
Ey osmonu falak, xursand bo‘l! Unda yashovchilar, shodlaning! Ammo, yeru dengiz, sizning holingizga voy! Zero, iblis oldingizga tushdi. Vaqti oz qolganini bilib, u qahru g‘azabga mindi.”
13
Ajdaho o‘zining yer yuziga uloqtirilganini anglagach, o‘g‘il bola tuqqan ayolni ta’qib qila boshladi.
14
Ayol o‘sha ilondan qocha olishi uchun unga katta burgutning ikki qanoti berildi. U sahroga — uch yarim yil davomida unga g‘amxo‘rlik qilinadigan joyga qochib borishi kerak edi.
15
Ilon esa, uni sel oqizib ketsin deb, og‘zini ochdi–da ayolning ketidan daryoday suv oqizdi.
16
Ammo yer ayolga yordam berdi. Yer dahanini ochib, ajdaho oqizgan daryoni yutib yubordi.
17
Ajdaho ayoldan qattiq g‘azablandi. U ayolning boshqa farzandlari bilan jang qilgani chiqdi. Ayolning farzandlari — Xudoning amriga itoat qilgan va Isoning shahodatiga sodiq qolgan odamlardir.
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22