bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Revelation 10
Revelation 10
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 11 →
1
Men osmondan tushayotgan boshqa kuchli bir farishtani ko‘rdim. U bulutga burkangan edi. Uning boshi uzra kamalak bor edi. Yuzi quyoshday porlar, oyoqlari olov ustunlariday lovullab turar edi.
2
Uning qo‘lida kichkinagina ochilgan o‘rama qog‘oz bor edi. U o‘ng oyog‘ini dengiz ustiga, chap oyog‘ini yer yuziga qo‘yganicha,
3
sher o‘kirganday qattiq hayqirdi. U hayqirganda yettita momaqaldiroq ham tilga kirib, gulduros ovoz bilan gapira boshladi.
4
Yettita momaqaldiroq gapirganda, men yozmoqchi bo‘ldim. Lekin osmondan bir ovoz shunday dedi: — Yettita momaqaldiroqning gaplarini yozma, ularni sir saqla!
5
Dengiz va yer yuzida turgan, men ko‘rgan farishta o‘ng qo‘lini osmonga ko‘tardi.
6
[6-7] U to abad barhayot Xudo haqi ont ichdi. Yeru osmonni, dengiz va ularni to‘ldirgan jamiki jonivorlarni yaratgan Xudo haqi ont ichib, shunday dedi: — Xudo payg‘ambar qullariga O‘zining sir tutgan rejasini ma’lum qilgandi. Yettinchi farishta karnay chalganda, Xudo o‘sha rejasini amalga oshiradi. Endi kechiktirmaydi.
7
***
8
Osmondan kelgan ovoz menga yana dedi: — Bor, dengiz va yer ustida turgan farishtaning qo‘lidan ochiq o‘rama qog‘ozni ol.
9
Men farishtaning yoniga borib: — O‘rama qog‘ozni menga bering, — dedim. Farishta menga dedi: — Mana, ol! Uni yegin! U ichingni achitib yuboradi, og‘zingga esa asalday shirin ta’m beradi.
10
Men o‘rama qog‘ozni farishtaning qo‘lidan olib yedim. U og‘zimda asaldek shirin edi. Ammo uni yutganimdan keyin ichim achishib ketdi.
11
So‘ng menga shunday deb aytishdi: — Sen yana ko‘p elatlar haqida, xalqlar, millatlaru shohlar haqida bashorat qilishing kerak.
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 11 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22