bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Revelation 9
Revelation 9
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 10 →
1
Beshinchi farishta karnayini chaldi. Shunda men osmondan yerga tushgan bir yulduzni ko‘rdim. Unga jahannam qa’rining kaliti berilgan edi.
2
U jahannam qa’rini ochdi. Ulkan o‘choqdan chiqayotganday, jahannam qa’ridan tutun burqirab chiqdi. Bu tutundan quyosh va havo qorong‘ilashib ketdi.
3
Tutundan chigirtkalar chiqib, yer yuziga tarqaldi. Ularga yerdagi chayonlarning kuchiga o‘xshash bir kuch berilgan edi.
4
Chigirtkalarga: “Yer yuzidagi o‘t–o‘lanlarga, bironta o‘simlik yoki daraxtga tegmanglar”, deb aytilgan edi. Ular faqat peshanalarida Xudoning muhri bo‘lmagan odamlarga zarar yetkazishlari mumkin edi.
5
Odamlarni o‘ldirish chigirtkalarga man etilgandi. Ular odamlarga besh oy davomida azob berishlari kerak edi. Bu azob chayon chaqqandagi azobga o‘xshardi.
6
O‘sha besh oy davomida odamlar o‘lim izlaydilar, ammo topolmaydilar. O‘limni orzu qiladilar, ammo o‘lim ulardan qochadi.
7
Chigirtkalarning ko‘rinishi jangga shaylangan otlarga o‘xshar edi. Ularning boshida oltin tojga o‘xshagan narsalar bor, yuzlari esa odamsimon edi.
8
Sochlari ayollarning sochiga, tishlari esa arslon tishiga o‘xshar edi.
9
Ko‘kraklari temir sovutday edi. Qanotlarining tovushi esa urushga yelib borayotgan tumonat jang aravalarining tovushini eslatardi.
10
Chayonlarga o‘xshash dumlari va nishlari bor edi. Insonlarga besh oy davomida zarar yetkazish uchun olgan kuch–qudrati o‘sha dumlarida edi.
11
Ularga jahannam qa’rining farishtasi hukmronlik qilardi. Bu farishtaning oti ibroniychada Avaddon, yunonchada Apollion (ya’ni “halok qiluvchi”) demakdir.
12
Birinchi halokat o‘tdi, bundan keyin yana ikkita halokat bor.
13
Oltinchi farishta karnayini chaldi. Shunda men Xudo huzuridagi oltin qurbongohning to‘rtta shoxi tomonidan kelayotgan bir ovozni eshitdim.
14
Bu ovoz karnay tutgan oltinchi farishtaga shunday dedi: “Buyuk Furot daryosi bo‘yida bog‘lab qo‘yilgan to‘rt farishtani yechib yubor!”
15
Bu to‘rtta farishta o‘sha soat, o‘sha kun, o‘sha oy va o‘sha yil uchun saqlab kelingan edi. Ular insoniyatning uchdan bir qismini qirib tashlash uchun bo‘shatildi.
16
Ular ikki yuz millionlik otliq qo‘shinni boshqarishardi, men ularning sonini eshitdim.
17
Men ko‘rgan vahiydagi otlar bilan suvorilarning ko‘rinishi quyidagicha edi: suvorilarning sovutlari olovday qizil, to‘q ko‘k va oltingugurtday sariq rangda edi. Otlarning boshi arslon boshiga o‘xshar, og‘izlaridan olov, tutun va oltingugurt otilib chiqardi.
18
Insoniyatning uchdan bir qismi shu uch balodan — olov, tutun va oltingugurtdan o‘ldi.
19
Otlarning kuchi og‘zida ham, dumlarida ham edi. Ularning dumlari ilonlarga o‘xshardi. Bu ilonlar odamlarni chaqib, jarohatlardi.
20
Bu balolardan omon qolgan insonlar esa o‘zlari yasagan butlaridan voz kechmadilar, jinlarga sig‘inishdan qaytmadilar. Ko‘rmaydigan, eshitmaydigan, yurmaydigan oltin, kumush, bronza, tosh va yog‘och butlarga sajda qilaverdilar.
21
Qotilliklaridan, issiq–sovuq qilishdan, fahsh–zino va o‘g‘irliklaridan qaytmadilar.
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 10 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22