bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Revelation 20
Revelation 20
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 21 →
1
Men osmondan tushayotgan bir farishtani ko‘rdim. Uning qo‘lida tubsiz chuqurlikning kaliti va katta zanjir bor edi.
2
Farishta ajdahoni tutib oldi. Iblis va shayton deb atalgan bu qadimgi ilonni u ming yil muddatga kishanlab qo‘ydi.
3
Yana xalqlarni aldamasin deb, uni tubsiz chuqurlikka tashlab, qamab qo‘ydi. Ming yil tamom bo‘lgunga qadar kiraverishni muhrladi. Ming yil o‘tgandan keyin uni qisqa bir muddatga ozod qilishi kerak edi.
4
Bundan so‘ng, men taxtlarni va taxtlarda o‘tirganlarni ko‘rdim. Xudo taxtlarda o‘tirganlarni oqlagan edi. Ular Iso haqidagi shahodati va Xudoning so‘zi tufayli boshi olinganlarning jonlari edi. Ular mahluqqa va uning tasviriga sajda qilmaganlar, peshanalari va qo‘llariga uning tamg‘asini bostirmaganlar. Ular tirilib, Masih bilan ming yil hukmronlik qildilar.
5
Qolgan o‘liklar ming yil o‘tguncha tirilmadi. Bu birinchi tirilishdir.
6
Birinchi tirilishda ishtirok etganlar baxtli va muqaddasdir. Ikkinchi o‘lim ularga hokim emas. Ular Xudoning va Masihning ruhoniylari bo‘lib, U bilan ming yil davomida hukmronlik qiladilar.
7
Ming yil o‘tgach, shayton o‘z zindonidan ozod etiladi. U chiqib, yerning to‘rt burchagidagi xalqlarni, ya’ni Go‘g va Mago‘gni aldab, jangga to‘playdi. To‘plangan xalqlarning soni dengiz qumiday son–sanoqsiz bo‘ladi.
8
Ular butun yer yuzini qoplab oladilar, Xudo azizlarining qarorgohini va Xudo yaxshi ko‘radigan shaharni qamal qiladilar.
9
Shunda osmondan olov tushib, ularni qirib tashlaydi.
10
Ularni aldagan iblis oltingugurtli ko‘lga tashlanadi. Mahluq va soxta payg‘ambarlar ham o‘sha ko‘lga tashlangan edilar. Ular kechayu kunduz, abadulabad u yerda azob chekadilar.
11
Keyin men ulkan bir oq taxtni va taxtda o‘tirgan Zotni ko‘rdim. Uning huzuridan yeru osmon qochar edi, biroq ularga yashiringani joy topilmadi.
12
Men o‘sha ulkan taxt oldida turgan kattayu kichik o‘liklarni ko‘rdim. Kitoblar ochildi. Hayot kitobi degan boshqa bir kitob ham ochildi. O‘liklar kitoblarda yozilgani bo‘yicha qilmishlariga yarasha hukm etildi.
13
Dengiz o‘zidagi o‘liklarni berdi, o‘lim ham, o‘liklar diyori ham o‘zlaridagi o‘liklarni berdi. Har bir kishi qilmishlariga yarasha hukm etildi.
14
O‘lim va o‘liklar diyori olov ko‘liga tashlandi. Mana bu olov ko‘li ikkinchi o‘limdir.
15
Ismlari hayot kitobida yozilmaganlarning hammasi olov ko‘liga tashlandi.
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 21 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22