bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Revelation 13
Revelation 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 14 →
1
Ajdaho dengizning qum sohiliga borib turdi. To‘satdan men dengizdan bir mahluq chiqib kelganini ko‘rdim. Uning yettita boshi va o‘nta shoxi bor edi. Har bir shoxiga bittadan toj kiydirilgan, har bir boshiga esa kufrona nom yozilgandi.
2
Men ko‘rgan bu mahluq qoplonga o‘xshardi. Oyoqlari ayiqning oyog‘iga, og‘zi esa sherning og‘ziga o‘xshar edi. Ajdaho bu mahluqqa o‘z qudrati, taxti va buyuk hokimiyatini berdi.
3
Mahluqning boshlaridan biri davolab bo‘lmaydigan darajada qattiq yaralangan edi. Ammo uning bu yarasi sog‘ayib qoldi. Shunda butun jahon hayratda qolib, mahluqqa ergashdi. Odamlar ajdahoga sajda qilishdi, chunki ajdaho mahluqqa o‘z hokimiyatini berdi.
4
Ular mahluqqa ham sajda qilib shunday deb aytishardi: “Kim ham bu mahluqqa teng kelardi?! Kim ham unga qarshi chiqa olardi?!”
5
Mahluqqa takabburona va kufrona so‘zlar sochadigan og‘iz berildi. Unga qirq ikki oy davomida hukmronlik qilish huquqi berildi.
6
Mahluq kufr ketib, Xudoni va Xudoning nomini la’natladi. U Xudo yashaydigan makonga va osmonda yashaydigan har bir mavjudotga la’natlar yog‘dirdi.
7
Unga Xudoning azizlariga qarshi jang qilish va ularni yengish uchun izn berildi. Unga har bir qabila, elat, millat va xalq ustidan hokimiyat berildi.
8
Bu dunyoga qarashli odamlarning hammasi mahluqqa sajda qilishadi. Dunyo yaratilganidan beri bu odamlarning ismlari bo‘g‘izlangan Qo‘zining hayot kitobiga yozilmagan.
9
Kimning qulog‘i bo‘lsa eshitsin!
10
Hamma peshanasidagini ko‘radi: Ba’zilar asirlikka tushib, surgunga ketadi. Ba’zilar qilichdan o‘tkaziladi, Bu vaziyat Xudo azizlaridan sabr–toqatu imonni talab qiladi.
11
Bundan so‘ng men yerdan chiqayotgan boshqa bir mahluqni ko‘rdim. Uning ikki shoxi qo‘chqorning shoxlariga o‘xshardi, u ajdahoday gapirardi.
12
U birinchi mahluqqa xizmat qilib, uning butun hokimiyatini ishga solardi. Butun yer yuzi va u yerda yashaganlar yarasi tuzalgan birinchi mahluqqa sajda qilsin, deb ularni majburlardi.
13
Bu ikkinchi mahluq buyuk va mo‘jizali alomatlar ko‘rsatdi. U hatto hammaning ko‘zi oldida osmondan yerga olov tushirdi.
14
Birinchi mahluqning nomidan bu mo‘jizali alomatlarni ko‘rsatishga unga izn berilgandi. Bu alomatlari bilan u yer yuzidagi odamlarni yo‘ldan ozdirdi. U odamlarga: “Qilichdan yaralangan, ammo sog‘ qolgan mahluqning tasvirini yasanglar”, deb buyurdi.
15
Unga mahluqning tasviriga jon ato etish qudrati berilgandi. Mahluq tasviri tilga kirdi va o‘ziga sajda qilmaganlarning hammasini o‘ldirtirdi.
16
U hammani — kattayu kichikni, boyu kambag‘alni, qulu erkin odamni majburlab, ularning o‘ng qo‘li yoki peshanasiga tamg‘a bostirdi.
17
Kimda mahluqning tamg‘asi bo‘lmasa, u mutlaqo oldi–sotdi qilolmasdi. Tamg‘ada mahluqning nomi yoki nomining soni yozilardi.
18
Bunda hikmat bor. Aqli yetgan odam mahluqning sonini hisoblab chiqsin, chunki bu son — ma’lum bir insonni bildiradigan sondir. Uning soni 666.
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22