bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Zechariah 12
Zechariah 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 13 →
1
Bashorat. Egamizning Isroil haqida aytgan gaplari. Zamin poydevorini qo‘ygan, falaklarni yoygan, insonga jon ato qilgan Egamiz shunday demoqda:
2
“Qarab turinglar, Men Quddusni sharob qadahiday qilib qo‘yaman. U o‘zining atrofidagi xalqlarni gandiraklatadigan bo‘ladi. Quddusni qamalga olishganda, Yahudo yurtining qolgan boshqa joylari ham qamalda qoladi.
3
O‘sha kuni Men Quddusni boshqa xalqlar uchun og‘ir toshday qilib qo‘yaman. Uni ko‘targanlarning hammasi o‘zlariga zarar keltiradilar. Butun yer yuzidagi xalqlar unga qarshi chiqish uchun birlashadilar.
4
O‘sha kuni, Men har bir otni dahshatga solaman, ularning chavandozlarini esa jinni qilib qo‘yaman, — demoqda Egamiz. — Yahudo xalqiga esa O‘zim g‘amxo‘rlik qilaman. Dushmanlarining otlarini ko‘r qilib qo‘yaman.
5
Shunda Yahudo urug‘lari o‘zlariga: — Quddus aholisining qudrat manbayi bizning Xudoyimiz, Sarvari Olamdir, — deydilar.
6
O‘sha kuni Men Yahudo urug‘larini o‘tin orasidagi qizib turgan cho‘g‘day, bug‘doy bog‘lamlari orasidagi mash’aladay qilaman. Ular o‘ngu so‘ldagi, atrofidagi xalqlarni yamlab yutadilar. Quddusdagi odamlar esa osoyishta hayot kechiradilar.
7
Men, Egangiz avval Yahudo xalqiga g‘alaba beraman. Dovud avlodining va Quddus aholisining shuhrati Yahudoning shuhratidan o‘tmasligi uchun shunday qilaman.
8
O‘sha kuni Men Quddus aholisini himoya qilaman. Ularning orasidagi eng ojizi ham Dovudday kuchli bo‘ladi. Dovud avlodi esa Mening farishtamday, xuddi O‘zimday ularni boshlab boradi.
9
Mening rejam o‘sha kuni Quddusga qarshi chiqqan barcha xalqlarni halok qilishdir.
10
Men Dovud avlodiga, Quddus aholisiga mehr–shafqat va ibodat ruhini yog‘diraman. Ular Menga — o‘zlari nayza sanchiganga qarashadi. Yolg‘iz farzandga aza tutganday, aza tutishadi. To‘ng‘ich farzand uchun motam tutganday motam tutishadi.
11
O‘sha kuni Quddusdagi dod–faryod Maxido‘ vodiysida Hadad–Rimmon uchun tutilgan azaday katta bo‘ladi.
12
Butun yurt aza tutadi. Har bir oila alohida aza tutadi: Dovud avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Natan avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida,
13
Leviy avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Shimax avlodining oilasi va ularning xotinlari alohida aza tutadilar.
14
Qolgan oilalar ham o‘zlari alohida aza tutadilar. Ularning xotinlari ham alohida aza tutadilar.”
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14