bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Zechariah 4
Zechariah 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 5 →
1
Men bilan gaplashgan farishta qaytib kelib, xuddi meni uyqudan uyg‘otganday qilib turg‘izdi.
2
U mendan: — Nima ko‘ryapsan? — deb so‘radi. Men shunday javob berdim: — Tilladan yasalgan bir chiroqpoyani ko‘ryapman, uning ustida moy uchun bir tovoq turibdi. Chiroqpoyada esa yettita chiroq turibdi. U chiroqlarning har birida yettita jo‘mrak bor.
3
Chiroqpoyaning oldida ikkita zaytun daraxti bor. Bu daraxtlarning biri chiroqpoyaning o‘ng tomonida, ikkinchisi esa chap tomonida turibdi.
4
Men bilan gaplashgan farishtadan so‘radim: — Bular nima, ey to‘ram?
5
U mendan: — Nimaligini bilmaysanmi? — deb so‘radi. Men: — Yo‘q, to‘ram, — deb javob berdim.
6
U menga shunday dedi: — Quyidagilar Egamizning Zarubabelga bergan so‘zlaridir: “Qudrat bilan emas, kuch bilan emas, Mening Ruhim ila ishlaring yurishadi, — deydi Sarvari Olam.
7
— Ey, baland tog‘, sen nima bo‘libsan?! Zarubabel oldida sen tekislik bo‘lasan. Zarubabel Mening uyimni qayta quradi, uning eng oxirgi toshini qo‘yadi. Shundan keyin butun xalq: ‘Go‘zal! Go‘zal!’ deb hayqiradi.”
8
Yana Egamiz menga quyidagi so‘zini ayon qildi:
9
“Zarubabel o‘z qo‘llari bilan uyimning poydevorini yotqizdi. Qurilishni ham o‘zi tugatadi. Ana shunda Men, Sarvari Olam seni yuborganimni xalq anglab yetadi.
10
Qurilishning boshlanishi arzimasday ko‘rinsa ham, ko‘nglingiz cho‘kmasin! Zero, Mening ko‘zlarim — Egangizning yetti ko‘zi Zarubabelning qo‘lidagi yozuv o‘yilgan toshga xursandchilik bilan qaraydi.” Shunda Farishta menga dedi: — Sen ko‘rgan yettita chiroq butun yer yuziga qarab turuvchi Egamizning yettita ko‘zidir.
11
[11-12] Men farishtadan so‘radim: — Chiroqpoyaning o‘ng va chap tomonida turgan zaytun daraxtlarining ma’nosi nima? Oltin novlari orqali tillasimon moy oqayotgan zaytun daraxtlarining ikki shoxlari nimani bildiradi?
12
***
13
U mendan: — Bilmaysanmi? — deb so‘radi. Men: — Yo‘q, to‘ram, — deb javob berdim.
14
U shunday dedi: — Bular boshiga moy surtib tanlangan, butun olamning Rabbiysi oldida xizmat qiladigan ikki zotdir.
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14