bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Zechariah 5
Zechariah 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 6 →
1
Men yana tepaga qarab, uchayotgan o‘rama bir qog‘ozni ko‘rdim.
2
Farishta mendan: — Nima ko‘ryapsan? — deb so‘radi. Men: — Uchib ketayotgan o‘rama bir qog‘ozni ko‘ryapman, uning uzunligi yigirma tirsak, eni esa o‘n tirsak, — deb javob berdim.
3
Shunda u menga dedi: — Bu qog‘ozga butun yurt ustiga keladigan la’nat yozilgan. O‘g‘irlik qilganlar bir tomondagi yozuvga ko‘ra, yolg‘on qasam ichganlar esa ikkinchi tomondagi yozuvga ko‘ra, yurtdan yo‘q qilinadi.
4
Sarvari Olam aytmoqda: “Bu la’natni Men yubordim, u o‘g‘rining uyiga kiradi. Kim Mening nomim bilan yolg‘on qasam ichsa, o‘shaning uyiga kiradi. La’nat o‘sha uyda bo‘lib, uni tosh va sinchlariga qo‘shib, butunlay vayron qiladi.”
5
Men bilan gaplashgan farishta kelib, menga shunday dedi: — Qara–chi, kelayotgan narsa nima ekan.
6
Men: — U nima? — deb so‘radim. Farishta: — Bu kelayotgan narsa savatdir, — deb javob berdi. — Butun yurtning ko‘zi undadir.
7
Qo‘rg‘oshindan yasalgan qopqoq ochildi, savatning ichida esa bir ayol o‘tirgan ekan.
8
Farishta: — Bu ayol fosiqlikdir, — dedi. Shunday deb, u ayolni qaytarib savatga tiqib qo‘ydi–da, qopqog‘ini yopdi.
9
Men yana tepaga qarab, ikkita ayol uchib kelayotganini ko‘rdim. Qanotlari shamolda yoyilib uchib kelayotgan edi. Ularning qanotlari turnaning qanotlariga o‘xshar edi. Ular kelib o‘sha savatni oldilar–da, osmonga ko‘tarib olib ketdilar.
10
Men bilan gaplashayotgan farishtadan so‘radim: — Ular savatni qayerga olib ketishyapti?
11
U menga: — Bobil yurtiga olib ketishyapti, — deb javob berdi. — O‘sha yerda unga sajdagoh qurishadi. Sajdagoh tayyor bo‘lgandan keyin, savatni o‘sha yerda o‘z joyiga qo‘yishadi.
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14