bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Zechariah 3
Zechariah 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 4 →
1
Keyin farishta menga Egamizning farishtasi oldida oliy ruhoniy Yoshua turganini ko‘rsatdi. Yoshuaning o‘ng tomonida esa shayton uni ayblab turgan edi.
2
Egamiz shaytonga shunday dedi: — Ey, shayton! Gaplaringning hammasi yolg‘on! Men Quddusni tanlagan Egangman. Men senga aytaman, gaplaring yolg‘on! Axir, bu kishi alangadan qutqarilgan bir o‘tin parchasiday emasmi?!
3
Farishtaning oldida turgan Yoshua kir kiyimlarda edi.
4
Farishta atrofida turganlarga: — Uning kir kiyimlarini yechinglar, — dedi. Yoshuaga esa: — Mana, qara, Men sening gunohlaringni olib tashladim, — dedi. — Endi senga toza, bayramlarda kiyadigan yangi kiyimlarni kiydiraman.
5
Keyin men: — Uning boshiga toza salla kiydiringlar, — dedim. Uning boshiga toza salla, ustiga esa yangi kiyim kiydirishdi. Egamizning farishtasi uning yonida turar edi.
6
Keyin Egamizning farishtasi Yoshuani ogohlantirib, shunday dedi:
7
“ Sarvari Olam shunday aytmoqda: — Agar sen Mening yo‘llarimdan yurib, Mening talablarimni bajarsang, Mening uyimda, Ma’badim hovlilarida bosh bo‘lasan. Senga shu yerda turganlar orasidan joy beraman.
8
Ey oliy ruhoniy Yoshua, quloq sol! Oldingda turgan ruhoniylar ham quloq solishsin. Sizlar kelajakda sodir bo‘ladigan voqealarning ramzisizlar. Men ismi “Novda” bo‘lgan xizmatkorimni zohir qilaman.
9
Men Yoshuaning oldiga bir tosh qo‘ydim. Mening yetti ko‘zim o‘sha toshga qadalgan. Bu toshning ustiga Men yozuv yozaman, — demoqda Sarvari Olam. — Mana shu yurtning gunohini bir kunda olib tashlayman.
10
O‘sha kuni sizlar qo‘ni–qo‘shnilaringizni chaqirib, o‘z uzumzorlaringizda va anjir daraxtlaringiz tagida o‘tirasizlar. Sarvari Olamning kalomi shudir.”
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14