bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Zechariah 2
Zechariah 2
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 3 →
1
Men yana tepaga qarab, qo‘lida tanobi bor bir kishini ko‘rdim.
2
Undan: — Qayerga ketyapsiz? — deb so‘radim. U menga: — Quddusni o‘lchashga, eni va uzunligi qancha chiqarkan, shuni ko‘rishga ketyapman, — deb javob berdi.
3
Shundan keyin men bilan gaplashgan farishta ketayotgan edi, yana bir farishta unga peshvoz chiqib,
4
[4-5] shunday dedi: — Yugur, borib o‘sha yigitga ayt: “ Egamiz aytmoqda: — Odam va mol–qo‘y ko‘pligidan Quddus devorsiz bo‘ladi. Uning atrofida Men O‘zim olov devorday bo‘laman. O‘zim shahar ichidagi ulug‘vorlik bo‘laman.”
5
***
6
“Qani, turinglar! Shimol yurtidan qochinglar, — demoqda Egamiz. — Men sizlarni yerning to‘rt tarafiga sochib tashlagan bo‘lsam ham turinglar, — aytmoqda Egamiz.
7
— Ey, go‘zal Bobilda yashaydiganlar, Quddusga qochinglar.”
8
Ey Quddus! “Menga shuhrat keltirsin”, deya Sarvari Olam sizlarni xarob qilgan xalqlarga meni yubordi. U shunday aytmoqda: “Sizlarga tekkanlar xuddi Mening ko‘z qorachig‘imga tekkanday bo‘ladi.
9
Qarab turinglar, Men O‘zim ularga qarshi chiqaman. O‘z qullari ularni talon–taroj qiladilar.” Ha, ana o‘shanda Sarvari Olam meni yuborganligini anglab yetasiz.
10
Egamizning kalomi shudir: “Qo‘shiq kuylab, xursand bo‘lgin, ey Quddus xalqi! Men kelib sizlarning orangizda yashayman.
11
O‘sha kuni ko‘p xalqlar Menga qo‘shilib, Mening xalqim bo‘ladilar. Men sizlarning orangizda yashayman.” Ha, ana o‘shanda Sarvari Olam meni yuborganligini anglab yetasiz.
12
Egamiz muqaddas yurtda Yahudoni o‘z mulki qilib oladi, yana Quddusni “O‘z shahrim”, deb aytadi.
13
Ey odamzod, Egamiz oldida sukut saqla. Mana, U O‘z muqaddas maskanida o‘rnidan turdi.
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 3 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14