bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Zechariah 9
Zechariah 9
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 10 →
1
Bashorat. Egamizning so‘zi Xadrax yurtiga qarshidir. Damashq shahriga qaratilgandir. Barcha Isroil qabilalarining hamda insoniyatning ko‘zlari Egamizdadir.
2
Xadraxga chegaradosh bo‘lgan Xomat ham, Donolarga to‘la bo‘lgan Tir va Sidon ham Egamizga ko‘z tikkan.
3
Tir shahri o‘ziga qal’a qurib olgan, Shunchalik ko‘p kumush va oltin yiqqanki, Ular ko‘chadagi chang va loydaydir.
4
Lekin endi Egamiz ularning mulkini olib qo‘yadi, Boyliklarini dengizga uloqtiradi. Shaharning o‘zi esa olovga yem bo‘ladi.
5
Ashqalon shahri buni ko‘rib, qo‘rquvga tushadi, G‘azo ham dahshatga tushib qaltiraydi, Umidi puchga chiqqan Exron ham shu ahvolga tushadi. G‘azoning shohi halok bo‘ladi, Ashqalonda esa hech bir zot qolmaydi.
6
Egamiz shunday deydi: “Ashdodda duragay xalqlar yashaydi. Ha, Men Filistlarning takabburligiga chek qo‘yaman.
7
Men Filistlarning og‘zidan qonli go‘shtni, Tishlaridagi harom ovqatlarni olib tashlayman. Filistlarning tirik qolganlari Menga tegishli bo‘ladi, Ular Yahudoning avlodiday bo‘lib qoladi. Exron ham Yobus xalqiday O‘z xalqimning bir qismi bo‘ladi.
8
Bosqinchilardan asray, deb Men O‘zim uyimni qo‘riqlayman. Xalqimning yurtini hech kim bosib ololmas, Ha, Men hammasini ko‘rib turibman.
9
Xursand bo‘lib, quvoning, Ey Quddus xalqi! Shodlik–la hayqiring, Ey Sion xalqi! Mana shohingiz kelyapti. U zafar qozongan g‘olibdir. Shunga qaramay, Kamtarindir shohingiz, U eshakning ustida, Ha, eshakning bolasini — ho‘tikni minib kelyapti.
10
Men Efrayimning jang aravalarini yo‘qotaman, Quddusning jang otlarini olib qo‘yaman. Urush kamonlari ham yo‘q qilinadi, Shohingiz xalqlarga tinchlik keltiradi. Men bir dengizdan ikkinchisiga qadar, Furot daryosidan tortib, Yer yuzining to‘rt tomoniga hukmronlik qilaman.
11
Men sizlar bilan qilgan, qurbonlik qoni bilan mustahkamlangan ahdim tufayli, Asirlaringizni suvsiz chuqurlikdan ozod qilaman.
12
Ey umidvor asirlar, O‘z qal’angizga qayting. Bugun Men aytyapman, Yo‘qotganlaringizni ikki barobar qilib tiklayman.
13
Men Yahudoni O‘z kamonimdek qayirdim, Efrayimni esa kamonim o‘qi qildim. Ey Quddus, Men sening o‘g‘illaringni Yunon o‘g‘illariga qarshi qo‘zg‘ataman. Mening qo‘limda jangchining qilichiday o‘ynaysan.”
14
Shundan keyin Egamiz O‘z xalqi uzra zohir bo‘ladi, Uning o‘qi yashinday otiladi. Egamiz Rabbiy burg‘uni chalib, Janubdan kelgan quyunlar orasida hujum qiladi.
15
Sarvari Olam O‘z xalqini himoya qiladi, Ular dushmanlarini qirib, Palaxmonlarini ezib tashlashadi. Ha, Uning xalqi sharobdan mast bo‘lganday jangda o‘kiradi. Ular tog‘oracha singari, Qurbongohning to‘rt burchagi kabi Qonga to‘la bo‘ladi.
16
O‘sha kuni ularning Egasi — Xudo O‘z xalqini qutqaradi. Axir, ular Egamizning suruvidir. Egamizning yurtida ular Toj gavharlariday porlaydilar.
17
Uning xalqi qanday go‘zal va ajoyib! Yangi sharobu donlar Yigit–qizlarni baquvvat qilar.
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 10 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14