bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Exodus 1
Exodus 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 2 →
1
[1-4] Isroil o‘g‘illarining ismlari quyidagichadir: Ruben, Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor, Zabulun, Benyamin, Dan, Naftali, Gad, Osher. Ular Yoqub bilan birga oilalarini olib, Misrga ketgan edilar.
2
***
3
***
4
***
5
O‘shanda Yoqubning avlodi hammasi bo‘lib yetmish kishidan iborat edi. Uning o‘g‘li Yusuf bu paytda Misrda yashardi.
6
Vaqti–soati yetib, Yusuf, uning aka–ukalari va o‘sha avlodning hammasi olamdan o‘tib ketdi.
7
Isroil nasli esa barakali bo‘lib, borgan sari ko‘payib boraverdi. Misr yurti ular bilan to‘lib–toshdi.
8
O‘sha paytda Misr taxtiga yangi fir’avn o‘tirdi. U Yusuf to‘g‘risida hech narsa bilmasdi.
9
U o‘z xalqiga shunday dedi: — Qaranglar, Isroil xalqi bizga qaraganda ko‘payib, kuchayib ketdi.
10
Qani, bir yo‘lini topib, ularni ko‘payib ketishdan to‘xtataylik. Bo‘lmasa, urush bo‘lib qolganda, ular dushmanlarimizga qo‘shilib, bizga qarshi urush qiladilar. Keyin yurtimizdan qochib ketadilar.
11
Shunday qilib, Misrliklar nazoratchilar tayinlab, Isroil xalqini og‘ir ishlarga majbur qildilar, tinka–madorini quritdilar. Isroil xalqi fir’avn uchun Pitom va Ramzes degan ombor shaharlarni qurib berdi.
12
Lekin Misrliklar Isroil xalqiga qanchalik zulm o‘tkazsalar ham, Isroil xalqi yana ham ko‘payib yurt bo‘ylab yoyilib borardi. Misrliklar bu ahvoldan qo‘rquvga tushib qoldilar.
13
[13-14] Ular Isroil xalqini zo‘rlik bilan ayovsiz qul qilib, har turli dala ishlariga, loydan g‘isht quyishga majburladilar. Misrliklar ularga shafqat qilmadilar.
14
***
15
Shifro va Puvo degan ibroniy doyalari bor edi. Misr fir’avni ularga shunday farmon berdi:
16
— Ibroniy ayollari ko‘zi yoriyotgan paytda doyalik qilayotganingizda, yaxshilab e’tibor bering: chaqaloq o‘g‘il bo‘lsa, o‘ldiringlar, qiz bo‘lsa, yashayversin.
17
Ikkala doya Xudodan qo‘rqardi. Shuning uchun Misr fir’avnining farmoniga itoat etmasdan, o‘g‘il bolalarni o‘ldirmadilar.
18
Misr fir’avni doyalarni chaqirib so‘radi: — Nimaga bunaqa qilyapsizlar? Nimaga o‘g‘il bolalarni tirik qoldiryapsizlar?
19
— Ibroniy ayollari Misrlik ayollarga o‘xshamaydilar, — deb javob berishdi doyalar. — Ular juda baquvvat, shuning uchun biz bormasimizdan oldin tug‘ib qo‘yyaptilar.
20
Shuning uchun Xudo doyalarga marhamat qildi. Isroil xalqi ko‘payib, yana ham kuchayaverdi.
21
Doyalar Xudodan qo‘rqqanlari uchun, Xudo ularni oilali qildi.
22
Shundan keyin fir’avn o‘z xalqiga: “Ibroniylarda tug‘ilgan har bir o‘g‘il bola Nil daryosiga uloqtirilsin, qiz bolalar esa yashayversin”, deb farmon berdi.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40