bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Exodus 9
Exodus 9
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 10 →
1
Shundan keyin Egamiz Musoga yana gapirdi: — Fir’avnning huzuriga borib, unga Mening shu gapimni yetkaz: “ Ibroniylarning Xudosi — Egamiz, Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilishsin, deb aytmoqda.
2
Agar ijozat bermay, Isroil xalqini ushlab turaversang,
3
chorvangni — otlaringni, eshaklaringni, tuyalaringni, mol–qo‘ylaringni Egamiz o‘z qudrati bilan urib, og‘ir o‘lat kasali yuboradi.
4
Egamiz Isroil xalqi bilan Misrliklarning chorvasini ayirib qo‘yadi. Isroil xalqining chorvasidan birortasiyam nobud bo‘lmaydi.
5
Egamiz vaqtini ham belgilab, aytganlarim ertaga bu yurtda bajo bo‘ladi, deb aytdi.”
6
Ertasi kuni Egamiz aytganlarini qildi: Misrliklarning chorvasi qirilib ketdi. Isroil xalqining chorvasidan esa birortasini ham nobud qilmadi.
7
Fir’avn odam yuborib bildiki, Isroil xalqining chorvasidan birortasiyam nobud bo‘lmabdi. Lekin baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.
8
Shundan keyin Egamiz Muso bilan Horunga yana aytdi: — O‘choqdan bir oz kul olinglar. Muso kulni fir’avnning ko‘zi oldida osmonga sochsin.
9
Shunda kul changga aylanib, butun Misrni chang qoplaydi. Kul butun yurtdagi insonlarning, hayvonlarning tanasiga yallig‘langan chipqon chiqaradi.
10
Shunday qilib, Muso bilan Horun o‘choqdan kul olib, fir’avn huzuriga bordilar. Muso kulni osmonga sochgan edi, kul odamlarda va hayvonlarda yallig‘langan chipqon paydo qildi.
11
Sehrgarlar ham Musoning oldida chipqon og‘rig‘iga chidab turolmadilar. Chunki barcha Misrliklar kabi, sehrgarlarga ham chipqon chiqqan edi.
12
Ammo Egamiz fir’avnning yuragini tosh qilib qo‘ydi. U Musoga aytganday, Muso bilan Horunning gapiga fir’avn quloq solmadi.
13
Egamiz Musoga yana dedi: — Sahar payti tur. Fir’avnning huzuriga borib, unga Mening shu gapimni yetkaz: “Ibroniylarning Xudosi — Egamiz aytmoqda: — Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin.
14
Agar ijozat bermasang, bu dunyoda Menga o‘xshagan xudo yo‘qligini bilib olasan, deb Men o‘zingning, a’yonlaringning, xalqingning ustiga juda og‘ir falokatlarni yuboraman.
15
Haqiqatan, Men senga qarshi qo‘l ko‘tarib, o‘zing va xalqingni o‘latga duchor qilib, yer yuzidan qirib yuborgan bo‘lardim.
16
Ammo senga qudratimni ko‘rsatay, butun olamga shuhratimni yoyay, deb yashamog‘ingga izn berdim.
17
Sen xalqimning ketishiga ijozat bermay, ularga qarshilik qilyapsan.
18
Bilib qo‘y, Men ertaga shu vaqtda shunaqangi do‘l yog‘diramanki, Misr yurti paydo bo‘lgandan buyon bunaqa do‘lni ko‘rmagan.
19
Endi, chorvamni va ochiq joylardagi bor mol–mulkimni pana joylarga yig‘inglar, deb farmon ber. Do‘l yoqqanda, uyda bo‘lmay, dalada qolgan hamma odamlaru hayvonlar nobud bo‘ladi.”
20
Fir’avnning a’yonlaridan ba’zilari Egamizning so‘zlaridan qo‘rqib, qullarini va chorvasini darrov uylariga olib keldilar.
21
Egamizning so‘zlarini mensimaganlar esa qullari bilan chorvasini ochiq joyda qoldirdilar.
22
Egamiz Musoga: — Qo‘lingni osmonga uzat! — dedi. — Misrning hamma joyiga, odamlarning, hayvonlarning, daladagi jamiki ekinlarning ustiga do‘l yog‘adi.
23
Muso tayog‘ini osmonga to‘g‘ri ko‘targan edi, Egamiz momaqaldiroq va do‘l paydo qildi, yerga yashin tushdi. Shunday qilib, Egamiz Misr yurtiga do‘l yubordi.
24
Natijada g‘oyat kuchli do‘l yog‘ib, uzoq vaqt yashin chaqnadi. Misr paydo bo‘lgandan beri bunaqangi do‘lni ko‘rmagan edi.
25
Do‘l Misrda ochiq joylardagi hamma narsani — insondan tortib hayvonlaru ekin–tikinlargacha nobud qildi. Daraxtlarni yer bilan yakson qildi.
26
Faqat Isroil xalqi yashayotgan Go‘shen yerlariga do‘l yog‘madi.
27
Fir’avn shundan so‘ng Muso bilan Horunni chaqirtirib kelib shunday dedi: — Bu safar men aybdorman. Egangiz haq, men bilan xalqim esa nohaqmiz.
28
Bu momaqaldiroq bilan do‘lga ortiq bardosh berolmaymiz. Iltimos, Egangizdan so‘rang, bularni to‘xtatsin. Xalqingiz ketishiga ijozat beraman. Sizlar endi Misrda ortiq qolmaysizlar.
29
— Shahardan chiqishim bilanoq qo‘llarimni Egamizga cho‘zib iltijo qilaman, — dedi Muso. — Momaqaldiroq to‘xtaydi, do‘l ham yog‘maydi. O‘shanda butun olam Egamizniki ekanini bilasan.
30
Lekin shunisi menga ma’lumki, o‘zing, a’yonlaring hali ham Parvardigor Egamizdan qo‘rqmaysizlar.
31
Bu paytda arpa boshoqlagan, zig‘irpoya gullab qolgandi. Zig‘irpoya va arpa payhon bo‘ldi.
32
Biroq bug‘doy kechki bo‘lgani uchun zarar ko‘rmadi.
33
Muso fir’avn huzuridan chiqib, shahardan tashqariga bordi. U qo‘llarini Egamizga tomon uzatgan edi, momaqaldiroq va do‘l to‘xtadi, yomg‘ir ham tindi.
34
Yomg‘ir tinib, do‘l va momaqaldiroq to‘xtaganini fir’avn ko‘rdi–yu, yana gunohga qo‘l urdi. O‘zi ham, a’yonlari ham yuragini tosh qilib oldilar.
35
Egamiz Muso orqali aytganday, baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Isroil xalqiga ketishga ijozat bermadi.
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 10 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40