bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Exodus 19
Exodus 19
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 20 →
1
[1-2] Isroil xalqi Rafidimdan ketdi. Misrdan chiqqandan keyin uchinchi oyning birinchi kuni ular Sinay sahrosiga yetib keldilar. Ular Sinay tog‘i etagida qarorgoh qurdilar.
2
***
3
Muso toqqa — Xudoning huzuriga chiqdi. Egamiz tog‘dan uni chaqirib, shunday dedi: — Yoqub nasliga — Isroil xalqiga shunday deb ayt:
4
“Men, Egangiz, Misrliklarni nima qilganimni ko‘rgansizlar. Burgut o‘z bolalarini qanotlari ustida ko‘tarib keltirganday, Men sizlarni ko‘tarib, huzurimga olib kelganimni ham ko‘rgansizlar.
5
Endi Mening amrlarimga chin dildan itoat etsangiz, ahdimga rioya qilsangiz, sizlar Mening xalqim, boshqa xalqlar orasida xazinam bo‘lasizlar. Butun yer Menikidir,
6
ammo sizlar Men, Egangizga, xizmat qiladigan ruhoniylar shohligi, muqaddas bir xalq bo‘lasizlar.” Isroil xalqiga sen yetkazadigan xabar shudir.
7
Muso kelib, xalq oqsoqollarini chaqirdi. Egamiz unga, ayt, deb amr etgan hamma gaplarni aytdi.
8
Jamiki xalq bir ovozdan: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz”, deb javob berdi. Muso xalqning javobini Egamizga qaytarib olib keldi.
9
Egamiz Musoga: — Men sening oldingga qalin bulut ichida kelaman, — dedi, — toki Men senga gapirayotganimni xalq eshitsin. Shunda xalq senga har doim ishonadi. Muso xalqning gapini Egamizga aytganda,
10
Egamiz dedi: — Bor, bugun va ertaga xalq poklansin, kiyimlarini yuvsin.
11
Shunday qilib, ertadan keyingi kunga tayyor bo‘lishsin. O‘sha kuni Men, Egangiz, Sinay tog‘iga tushaman. Jamiki xalq Meni o‘sha yerda ko‘radi.
12
Tog‘ atrofiga chegara qilib qo‘y, toki xalq chegarani bosib o‘tmasin. Xalqqa ayt: “Toqqa chiqmanglar, tog‘ning yaqiniga ham bora ko‘rmanglar. Agar birortasi toqqa qadam qo‘ysa, o‘shaning jazosi o‘limdir.
13
O‘sha odamga qo‘l tekkizilmasdan, toshbo‘ron qilib yoki o‘q otib o‘ldiriladi. Hayvon bo‘ladimi yoki inson bo‘ladimi, o‘limga hukm qilinadi.” Burg‘u ovozi qattiq chalingandan keyin esa xalq toqqa chiqsa bo‘ladi.
14
Shunday qilib, Muso tog‘dan xalqning yoniga tushdi, xalq poklandi, kiyimlarini yuvdi.
15
Keyin u xalqqa: — Uchinchi kunga tayyor bo‘linglar, xotinlaringizga yaqinlashmanglar, — deb aytdi.
16
Uchinchi kuni ertalab momaqaldiroq bo‘lib, chaqmoq chaqdi. Tog‘ning ustini qalin bulut qopladi. Burg‘u ovozi juda qattiq chalindi. Qarorgohdagi jamiki xalqni titroq bosdi.
17
Muso xalqni Xudo bilan uchrashtirgani qarorgohdan olib chiqdi. Xalq tog‘ning etagida turdi.
18
[18-20] Keyin Egamiz Sinay tog‘iga — tog‘ cho‘qqisiga tushdi. Egamiz Sinay tog‘iga alanga ichida tushib kelgani uchun, butun tog‘ tutayotgan edi. Tog‘ qattiq silkinganda, tandirdan tutun chiqqani singari, tog‘dan ham tutun chiqayotgan edi. Burg‘u ovozi qattiqroq chiqqani sari, Muso ham gapirardi. Xudo unga momaqaldiroq orasidan turib javob berardi. Egamiz Musoni tog‘ cho‘qqisiga chaqirdi. Muso u yerga chiqdi.
19
***
20
***
21
Keyin Egamiz Musoga aytdi: — Pastga tush, xalqni ogohlantir, ular chegarani bosib o‘tishmasin. Ular Men, Egangizni, ko‘rgani kelmasliklari lozim, shunday qilganlar nobud bo‘ladi.
22
Hatto doimo Mening yaqinimga keladigan ruhoniylar ham o‘zlarini poklashlari lozim. Aks holda, Men ularni qirib tashlayman.
23
Shunda Muso Egamizga aytdi: — Xalq Sinay tog‘iga chiqmaydi. O‘zing: “Tog‘ atrofiga chegara qo‘y, bu tog‘ni muqaddas saqla”, deb meni ogohlantirgan eding.
24
Egamiz unga: — Bor, pastga tush! — dedi. — O‘zing bilan birga Horunni olib kel. Ammo ruhoniylar yoki xalq, toqqa chiqamiz, deb chegarani oyoq osti qilishmasin. Aks holda, ularni Men oyoq osti qilaman.
25
Shunday qilib, Muso xalqning yoniga tushdi. Egamizning aytganlarini ularga gapirib berdi.
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 20 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40