bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Exodus 37
Exodus 37
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 36
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 38 →
1
Bazalilning ko‘rsatmasi bilan akas yog‘ochidan sandiq yasadilar. Sandiqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak edi.
2
Sandiqning ichkariyu tashqarisini toza oltin bilan qoplab, aylanasi bo‘ylab oltin gulchambar qildilar.
3
Sandiq uchun eritilgan oltindan to‘rtta halqa yasab, to‘rtala oyog‘iga mahkamladilar: ikkita halqa bir tomonida, ikkita halqa ikkinchi tomonida edi.
4
Keyin akas yog‘ochidan xodalar yasab, xodalarni oltin bilan qopladilar.
5
Sandiqning ikkala tomonidagi halqadan sandiqni ko‘tarib yurish uchun xodalarni o‘tkazdilar.
6
Toza oltindan sandiqning qopqog‘ini yasadilar. Bu qopqoqning uzunligi ikki yarim tirsak, eni bir yarim tirsak edi.
7
Shu bilan birga, oltindan ikkita karub yasadilar: ikkala karubni ham qopqoqning ikki chetiga zarb urib yasadilar.
8
Bitta karub qopqoqning bir chetida, ikkinchi karub ikkinchi chetida bo‘lib, har ikkalasi qopqoq bilan bir butunni tashkil qildi.
9
Karublarning tepaga ko‘tarilgan qanotlari qopqoqni berkitib turardi. Ular yuzma–yuz turib, qopqoqqa qaragan edi.
10
Akas yog‘ochidan xontaxta yasadilar. Xontaxtaning uzunligi ikki tirsak, eni bir tirsak, bo‘yi bir yarim tirsak edi.
11
Xontaxtani toza oltin bilan qoplab, chetlariga aylantirib oltin gulchambar yasadilar.
12
Yana xontaxtaning aylanasi bo‘ylab to‘rt enli qilib oltin bilan qoplangan taxta qilib, uni xontaxta oyoqlariga mahkamladilar. Oltin gulchambarni xontaxtaning aylanasi bo‘ylab taxta ustiga qildilar.
13
[13-15] Yana eritilgan oltindan to‘rtta halqa yasab, har birini taxta mahkamlangan joyning yoniga — to‘rtala burchagidagi to‘rtala oyog‘iga o‘rnashtirdilar. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan o‘tkazib, xontaxtani ko‘tarib yurish uchun foydalanilar edi.
14
***
15
***
16
Xontaxtaga qo‘yiladigan buyumlarni — lagan, piyolalar, sharob nazr qilish uchun kosa va ko‘zalarni toza oltindan yasadilar.
17
Toza, zarb qilingan oltindan chiroqpoya yasadilar. Butun chiroqpoyani va uning bezaklarini bir butun qilib yasadilar. Chiroqpoyaning tagligi, tanasi, kurtakli gulga o‘xshash shakldagi piyolalari bor edi.
18
Yana chiroqpoyaning tanasidan oltita shoxcha chiqarildi: uchta shoxchasi bir yonidan, uchta shoxchasi ikkinchi yonidan chiqarildi.
19
Chiroqpoyaning tanasidan chiqadigan shoxchalarning har birida kurtakli bodom guliga o‘xshash shakldagi uchta piyola bor edi.
20
Chiroqpoyaning tanasida kurtakli bodom guliga o‘xshash shakldagi to‘rtta piyola bor edi.
21
Chiroqpoyaning tanasidan chiqadigan shoxchalarning har juftida bu kurtaklardan uchtasi birin–ketin tizilib turardi.
22
Chiroqpoyani shoxchalari va kurtaklari bilan bitta qilib zarb qilingan toza oltinning yaxlit bo‘lagidan yasadilar.
23
Chiroqpoyaga yettita moychiroq yasadilar. Moychiroqlarga qarab turishda foydalangani toza oltindan qisqichlar va patnislar yasadilar.
24
Chiroqpoya bilan uning hamma buyumlarini ikki pud toza oltindan yasadilar.
25
Akas yog‘ochidan tutatqi qurbongohi yasadilar. Qurbongoh to‘rtburchak bo‘lib, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, bo‘yi esa ikki tirsak edi. Qurbongohning shoxlari o‘zidan yo‘nib chiqarildi.
26
Qurbongohning ustini, yon atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qopladilar, aylanasi bo‘ylab oltindan gulchambar yasadilar.
27
[27-28] Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa o‘rnashtirdilar. Akas yog‘ochidan ikkita xoda yasab, ularni oltin bilan qopladilar. Bu xodalarni halqalardan o‘tkazib, qurbongohni ko‘tarib yurish uchun foydalanilar edi.
28
***
29
Usta odam muqaddas qiladigan moy va toza, xushbo‘y hidli tutatqi tayyorladi.
← Chapter 36
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 38 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40