bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Exodus 20
Exodus 20
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 21 →
1
Keyin Xudo quyidagi so‘zlarni aytdi:
2
“Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman.
3
Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang.
4
O‘zlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud bo‘lgan biror narsaning shaklini yasamang.
5
O‘sha xudolar yoki butlarga sajda qilmang, xizmat qilmang. Men, Egangiz Xudo, sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman. Mendan nafratlanadiganlarni jazolayman, ularning gunohlari oqibatlarini bolalariga, nabiralariga va chevaralariga olib kelaman.
6
Lekin Meni sevib, amrlarimga rioya qiladiganlarning ming–ming avlodlariga sodiq sevgimni ko‘rsataman.
7
Men, Egangiz Xudoning ismini suiiste’mol qilmang. Kim Mening ismimni suiiste’mol qilsa, o‘shani jazosiz qoldirmayman.
8
Shabbat kunini muqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring.
9
Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor.
10
Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan Shabbat kunidir. O‘sha kuni o‘zlaringiz, o‘g‘illaringiz yoki qizlaringiz, qullaringiz yoxud cho‘rilaringiz, hayvonlaringiz, shahringizdagi musofirlar hech qanday ish qilmang.
11
Men, Egangiz, olti kun davomida osmonu yerni, dengizni va bulardagi hamma mavjudotni yaratdim. Yettinchi kuni esa dam oldim. Shuning uchun Men, Egangiz, Shabbat kunini muborak qilib, muqaddas, deb boshqa kunlardan ajratdim.
12
Ota–onangizni hurmat qiling. O‘shanda Men, Egangiz Xudo, sizlarga berayotgan yurtda umringiz uzoq bo‘ladi.
13
Qotillik qilmang.
14
Zino qilmang.
15
O‘g‘irlik qilmang.
16
Qo‘shningizga qarshi yolg‘on guvohlik bermang.
17
Qo‘shningizning uyiga ko‘z olaytirmang. Qo‘shningizning xotini, quli yoki cho‘risi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga ko‘z olaytirmang.”
18
Butun xalq chaqmoqni va tog‘ning tutunini ko‘rdi, momaqaldiroq tovushini va burg‘uning baland ovozini eshitdi. Xalq qo‘rqqanidan titrab, uzoqroqqa borib turdi.
19
Xalq Musoga aytdi: — Bizga o‘zingiz gapiring, biz eshitaylik. Xudo bizga gapirmasin, tag‘in o‘lib ketmaylik.
20
— Qo‘rqmanglar! — dedi Muso xalqqa. — Xudo faqat sizlarni sinash uchun, Mendan qo‘rqib, endi gunoh qilmasin, deb kelgan.
21
Ammo xalq uzoq masofada turaverdi. Muso Xudo turgan qalin bulutga yaqin bordi.
22
So‘ngra Egamiz Musoga aytdi: — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Men sizlarga osmondan gapirganimga o‘zlaringiz guvoh bo‘ldingiz.
23
Mening yonimga qo‘yish uchun hech qanday xudolar yasamanglar. O‘zlaringiz uchun kumush yoki oltindan xudolar yasamanglar.
24
Men O‘zimni sizlarga eslatadigan hamma joyda qurbongoh quringlar. Men kelib, sizlarga marhamat qilaman. Tuproqdan oddiy qurbongoh yasab, qo‘ylaringizdan, echkilaringizdan, mollaringizdan Menga kuydiriladigan va tinchlik qurbonliklari keltiringlar.
25
Agarda Menga atab toshdan qurbongoh yasasangiz, uni yo‘nilgan toshdan qilmanglar. Toshga teshani tekkizganlaringizda, tosh harom bo‘ladi.
26
Menga atalgan qurbongohga zinapoya orqali chiqmanglar, aks holda, zinapoyadan chiqayotganingizda, ochiq joylaringiz ko‘rinib qoladi.”
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 21 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40