bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Exodus 5
Exodus 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 6 →
1
Shundan keyin Muso bilan Horun fir’avn huzuriga borib, unga shunday dedilar: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Xalqimga ijozat ber, ular sahro ichkarisiga borib, Menga atab bayram nishonlashsin.”
2
Fir’avn esa: — Egangiz kim o‘zi?! Uning so‘ziga kirib Men Isroil xalqini qo‘yib yuboraymi?! — dedi. — Egangizni tanimayman, Isroil xalqining ketishiga esa ijozat bermayman.
3
Shunda Muso bilan Horun: — Ibroniylarning Xudosi bizga O‘zini zohir qildi, — deb javob berishdi. — Ijozat ber, sahroda uch kun yo‘l yurib borib, Egamiz Xudoga qurbonliklar keltiraylik. Aks holda, U bizni yo o‘latga mubtalo qiladi, yoki qilichning damiga ro‘para qilib jazolaydi.
4
Lekin Misr fir’avni: — Ey, Muso! Ey, Horun! Nimaga xalqni ishdan qoldiryapsizlar?! — dedi. — Boringlar, ishlaringizni qilinglar!
5
Qaranglar, bu yerda qancha qarollar bor–a! Sizlar bo‘lsa, ularni chalg‘itib, ishdan qo‘ymoqchisizlar!
6
O‘sha kuni fir’avn Isroil xalqining tepasida turgan Misrlik nazoratchilarga va Isroil xalqidan bo‘lgan ishboshilarga shunday farmon berdi:
7
“Isroil xalqiga g‘isht quygani endi oldingiday somon bermanglar. O‘zlari yurib somon yig‘ishsin.
8
Oldin qancha g‘isht quyishgan bo‘lsa, bundan keyin ham shuncha g‘isht quyishga majbur qilinglar. G‘isht quyish miqdorini hech ham kamaytirmanglar. Ular dangasa xalq. Shuning uchun, ijozat bering, borib, Xudoyimizga qurbonliklar keltiraylik, deb nola qilishyapti.
9
Ularni shunaqangi ishlatinglarki, ish bilan qattiq band bo‘lib, behuda gaplarga quloq solishmasin.”
10
Shunday qilib, Isroil xalqining tepasida turgan Misrlik nazoratchilar bilan Isroil xalqidan bo‘lgan ishboshilar borib, Isroil xalqiga aytdilar: — Fir’avn shunday demoqda: “Sizlarga endi somon bermayman.
11
Borib, qayerdan bo‘lsa ham o‘zlaringiz somon topinglar, lekin quyayotgan g‘ishtingizning hajmi aslo kamaymaydi.”
12
Isroil xalqi somon o‘rniga xas–cho‘p yig‘ish uchun butun Misr yurti bo‘ylab tarqalib ketdi.
13
Nazoratchilar esa ularni siquvga olar edilar. “Kundalik ishlaringizni somon berilgan kunlardagiday kamaytirmasdan bajaringlar”, deb aytardilar.
14
Fir’avnning nazoratchilari o‘zlari xizmatga tayinlagan Isroil xalqi ishboshilarini kaltaklab: “Nimaga kecha ham, bugun ham, oldingiday, belgilangan miqdordagi g‘ishtni quymayapsizlar?” deb talab qilardilar.
15
Shundan so‘ng Isroil xalqi ishboshilari fir’avn huzuriga borib, faryod qildilar: — Nimaga biz, qullaringizga, bunday muomala qilyapsiz?
16
Bizga somon berishmaydi–yu, “G‘isht quyinglar!” deb buyruq qilishadi. Biz kaltak ostida qoldik–ku! Aybdor esa sizning odamlaringiz.
17
Fir’avn esa: — Dangasasizlar, dangasa! — deya javob berdi. — Shuning uchun: “Ijozat ber, borib, Egamizga qurbonliklar keltiraylik”, deyaverasizlar.
18
Boringlar, ishlanglar! Sizlarga somon berilmaydi. Lekin belgilangan miqdordagi g‘ishtni quyasizlar.
19
Shunda Isroil xalqining ishboshilari: “Kunda belgilangan g‘isht miqdorini kamaytirmasdan quyasizlar!” degan gapni eshitib, qiyin ahvolda qolganlarini tushundilar.
20
Ular fir’avn huzuridan chiqishlari bilan, Muso bilan Horunga duch kelishdi. Ikkovi ularni kutib turgan edi.
21
Isroil xalqi ishboshilari: — Sizlar bizni fir’avnga, uning a’yonlariga yomon ko‘rsatib qo‘ydingizlar, — deyishdi. — Bizni o‘ldirishiga sabab topib berdingiz. Egamiz qilmishlaringizni ko‘rib, jazongizni bersin!
22
Shundan keyin Muso ularning oldidan ketib, Egamizga iltijo qildi: — Yo, Rabbiy! Nimaga bu xalqni shunchalik kulfatga qo‘yding? Nimaga meni yubording?
23
Fir’avnga Sening xabaringni olib kelishim bilanoq, u xalqingga battar vahshiylik qila boshladi. Sen esa O‘zingning xalqingni ozod qilmading.
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40