bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Exodus 31
Exodus 31
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 32 →
1
Egamiz Musoga yana gapirdi:
2
“Ana, Men Yahudo qabilasidan Urining o‘g‘li, Xurning nabirasi Bazalilni tanladim.
3
Men uni Ruhim bilan to‘ldirib, hunarmandchilikning hamma turi bo‘yicha mohir, idrokli qildim, qobiliyat ato qildim.
4
U ajoyib badiiy bezaklar qilishga, bezaklarga oltin, kumush va bronza bilan ishlov berishga,
5
qimmatbaho toshlarni o‘yib ishlov berib jihozlashga, yog‘och o‘ymakorligiga, badiiy hunarmandchilikka layoqatlidir.
6
Dan qabilasidan Oxisamax o‘g‘li Oxoliyovni unga yordamchi qilib tanladim. Men hamma hunarmandlarga lozim darajada qobiliyat ato qilganman. Men senga amr bergan quyidagi ashyolarni ular yasaydilar va tikadilar:
7
Uchrashuv chodirini, ahd sandig‘i va sandiqning qopqog‘ini, chodirning boshqa hamma jihozlari
8
— xontaxta, xontaxtaning buyumlari, toza oltindan chiroqpoya va chiroqpoyaning hamma buyumlarini, tutatqi qurbongohini,
9
qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh va qurbongohning hamma buyumlarini, qo‘lyuvgich va qo‘lyuvgichning tagligini,
10
ruhoniy Horun uchun ajoyib qilib tikilgan muqaddas liboslarni, uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, xizmat qilganlarida kiyadigan liboslarni,
11
muqaddas qiladigan moy va Muqaddas xona uchun xushbo‘y hidli tutatqini. Men senga qanday amr etgan bo‘lsam, ular xuddi shunday qilib bajarishsin.”
12
So‘ngra Egamiz Musoga aytdi:
13
— Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Menga bag‘ishlangan Shabbat kuniga rioya qilib yuringlar. Shabbat kuni — Men bilan Isroil xalqi o‘rtasidagi ahdning avlodlaringiz osha davom etadigan alomati. Shu orqali Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Sizlarni Men muqaddas qilib boshqalardan ajrataman.
14
Shabbat kuniga rioya qilib yuringlar, bu kunni muqaddas deb bilinglar. Kimki bu kunni izzat qilmasa, o‘sha odamning jazosi o‘lim. Kimki o‘sha kuni ishlasa, u Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinadi.
15
Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun — Shabbat kuni esa hamma ishlardan tinib, Men, Egangizga, atab ajratilgan kundir. Shabbat kuni ishlaganning jazosi o‘limdir.
16
Isroil xalqi avlodlar osha Shabbat qonun–qoidalariga itoat etish orqali bu kunga rioya qilib yurishlari lozim.
17
Bu sen bilan Mening o‘rtamizdagi ahdning doimiy alomatidir, Men, Egangiz, olti kun davomida yer va osmonni yaratib, yettinchi kuni tinib, orom olganimni doimo eslatib turadi.”
18
Shunday qilib, Xudo Sinay tog‘ida Muso bilan gapini tugatib, ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani Musoga berdi. Bularni Xudoning O‘zi yozgan edi.
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 32 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40