bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Exodus 3
Exodus 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 4 →
1
Musoning qaynatasi — Midiyon yurtining ruhoniysi bo‘lgan Yatro edi. Muso uning qo‘y–echkilarini boqib yurardi. U qo‘y–echkilarni sahroning g‘arb tomoniga haydab, Xudoning muqaddas tog‘i Sinayga borib qoldi.
2
Birdan butadagi alangada Egamizning farishtasi Musoga zohir bo‘ldi. Muso hayron bo‘ldi: buta yonardi–yu, ammo yonib tugamasdi.
3
Muso: “Juda g‘alati–ku, borib, bir qaray–chi, buta nimaga yonib tugamayapti ekan”, deb o‘yladi.
4
Muso yaqinroq bordi, Egamiz uning kelayotganini ko‘rib, butaning orasidan: “Muso! Muso!” deb chaqirdi. — Labbay, shu yerdaman, — deb javob berdi Muso.
5
— Endi bu yog‘iga kelma! Oyog‘ingdagi chorig‘ingni yech! — dedi Xudo. — Sen turgan joy muqaddas yerdir.
6
Men ota–bobolaring — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosiman. Muso Xudoga qarashdan qo‘rqib, darrov yuzini berkitib oldi.
7
Keyin Egamiz yana aytdi: — Imoning komil bo‘lsin: xalqimning Misrda chekkan azoblarini ko‘rdim, madad so‘rab nazoratchilar zulmi dastidan qilgan faryodlarini eshitdim. Ha, xalqimning chekkan hamma azoblarini bilaman.
8
Shuning uchun Men xalqimni Misrliklarning zulmidan qutqargani keldim. Men ularni Misrdan olib chiqib, keng, unumdor, sut va asal oqib yotgan yurtga olib borgani keldim. Bu yerda Kan’on, Xet, Amor, Pariz, Xiv va Yobus xalqlari yashaydi.
9
Xalqimning faryodi Menga yetib keldi. Misrliklar xalqimga qanchalik zulm o‘tkazayotganini ko‘rib turibman.
10
Qani, bo‘l, seni hozir Misr fir’avni huzuriga yuboraman. Xalqim Isroilni Misrdan sen olib chiqasan.
11
Shunda Muso Xudoga: — Men kim bo‘libmanki, fir’avnning huzuriga borib Isroil xalqini Misrdan olib chiqsam?! — deb javob berdi.
12
Xudo esa shunday dedi: — Men sen bilan bo‘laman. Isroil xalqini Misrdan olib chiqqaningdan keyin, shu toqqa kelib, Menga sajda qilasizlar. Seni Men yuborganimning isboti shu bo‘ladi.
13
Ammo Muso Xudoga quyidagicha javob berdi: — Isroil xalqi oldiga borib: “Sizlarning oldingizga ota–bobolaringizning Xudosi meni yubordi”, deb aytsam, ular “Kim U?” deb so‘raydilar–ku! O‘shanda men nima deb javob beraman?
14
— Men har doim bor bo‘lgan Xudoman, — deb javob berdi U. — Xalqim Isroilga: “Meni sizlarning oldingizga yuborgan — Men Borman”, deb aytasan.
15
Isroil xalqiga yana: “Meni sizlarning oldingizga ota–bobolaringiz — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi — Egamiz yubordi”, deb ayt. Mening nomim to abad shunday bo‘lsin. Unvonimni kelgusi avlodlar shunday deb aytsin.
16
Xudo yana Musoga aytdi: — Endi bor, xalqim Isroilning oqsoqollarini to‘plab, ularga: “Ota–bobolaringiz — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi — Egangiz menga zohir bo‘ldi”, deb ayt. Ularga shu gapimni yetkaz: “Imoningiz komil bo‘lsin: Misrliklar sizlarga qanday zulm o‘tkazayotganini Men ko‘rib, kuzatib turibman.
17
Endi va’da berib aytamanki, sizlarni Misrda chekayotgan azob–uqubatlaringizdan xalos qilaman. Sizlarni Kan’on, Xet, Amor, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga, sut va asal oqib yotgan yurtga boshlab olib boraman.”
18
Isroil oqsoqollari senga quloq solishadi. Keyin Misr fir’avni huzuriga ular bilan sen ham birga bor. Fir’avnga shunday denglar: “ Ibroniylarning Xudosi — Egamiz O‘zini bizga zohir qildi. Endi bizga ijozat ber, sahroda uch kun yo‘l yurib borib, Egamiz Xudoga qurbonliklar keltiraylik.”
19
Ammo kuchli bir qo‘l majburlamasa, Misr fir’avni sizlarning ketishingizga ijozat bermasligini bilaman.
20
O‘shanda Men qo‘limni ko‘tarib, Misrliklarni uraman. Ularning orasida har xil ajoyibotlar bilan Misrni uraman. O‘shandan keyingina fir’avn sizlarning ketishingizga ijozat beradi.
21
Men shunday qilamanki, xalqimga — sizlarga Misrliklar iltifot ko‘rsatadilar. Sizlar ketayotganlaringizda bo‘sh qo‘l bilan chiqib ketmaysizlar.
22
Isroil xalqidan har bir ayol Misrlik qo‘shnisidan yoki qo‘shnisining uyida istiqomat qilayotgan Misrlik ayoldan oltin va kumush taqinchoqlar, kiyim–kechaklar so‘rab oladi. O‘g‘illaringizni, qizlaringizni taqinchoqlaru kiyim–kechaklar bilan yasantirasizlar. Shunday qilib, Misrliklarning boyliklarini olib ketasizlar.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40