bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Chronicles 14
1 Chronicles 14
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 15 →
1
Tir shohi Xiram Dovudga elchilar jo‘natib, uning uchun saroy qurdirish niyatida sadr yog‘ochlarini, tosh teruvchilar va duradgorlarni ham yo‘lladi.
2
Dovud endi bildiki, Egamiz uni Isroil ustidan shoh qilib tayinlagan ekan, O‘z xalqining haqi–hurmati uchun uning shohligini nihoyatda yuksaltirgan ekan.
3
Dovud Quddusda yana xotinlar oldi, ulardan yanada ko‘p o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
4
Dovudning Quddusda tug‘ilgan farzandlari quyidagilar edi: Shammuva, Sho‘vav, Natan, Sulaymon,
5
Yibxar, Elishuva, Elfalat,
6
No‘g‘ax, Nafax, Yofiya,
7
Elishama, Balyodo va Elifalet.
8
Filistlar: “Dovudga moy surtilibdi. U butun Isroil xalqi ustidan shoh bo‘libdi”, degan xabarni eshitishdi. Shundan keyin barcha Filist lashkari Dovudni qidirib jangga otlandilar. Dovud bundan xabardor bo‘lgach, ularga qarshi saf torttirdi.
9
Filistlar kelib, Rafa soyligini talon–taroj qila boshladilar.
10
Dovud Xudodan: — Filistlarga hujum qilaymi? Ularni qo‘limga berasanmi? — deb so‘radi. — Hujum qil! — deb javob berdi Egamiz Dovudga, — ularni qo‘lingga beraman.
11
Shunday qilib, Dovud Baal –Perazimga borib, u yerda Filistlarni tor–mor qildi. Keyin shunday dedi: — Suv to‘g‘ondan toshib dalani bosgani singari, Egam g‘animlarimni bosib, mening qo‘lim bilan ularni uloqtirib yubordi. Shu sababdan bu yerga “Baal–Perazim” degan nom berildi.
12
Filistlar o‘sha yerda xudolarini tashlab qochgan edilar, Dovud ularni yondirib yuborishni buyurdi.
13
Ko‘p o‘tmay Filistlar soylikka qaytib kelib, u yerlarni yana talon–taroj qila boshladilar.
14
Dovud tag‘in Xudoning xohish–irodasini so‘radi. Xudo esa unga shunday javob berdi: “Sen ularning qarshisidan hujum qilma. Ularni aylanib o‘tgin–da, mumiyoli daraxtlar tomondan yaqinlashib bor.
15
Mumiyoli daraxtlar tepasida qadam tovushlarini eshitganing zahoti ularga hujum qil. O‘shanda Men Filist lashkarini yo‘q qilish uchun sening qarshingdan chiqqan bo‘laman.”
16
Dovud Xudo amr berganiday qilib, Givondan Gezer shahrigacha bo‘lgan joylarda Filistlar lashkarini tor–mor qildi.
17
Dovudning dong‘i hamma yurtlarga tarqaldi. Egamiz hamma xalqlarni undan qo‘rqadigan qilib qo‘ydi.
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 15 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29