bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Chronicles 15
1 Chronicles 15
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 16 →
1
Dovud o‘zi uchun Dovud qal’asida uylar barpo qildi. Xudoning sandig‘i uchun ham joy tayyorlab, chodir qurdi.
2
Keyin u shunday amr berdi: “Xudoning sandig‘ini faqat levilar ko‘tarib yursin. Zero, Egamiz O‘z sandig‘ini ko‘tarib yurish uchun levilarni tanlagandir. Ularni O‘ziga abadiy xizmat qilish uchun tanlab olgandir.”
3
Dovud o‘zi tayyorlagan joyga Egamizning sandig‘ini olib kelish uchun jamiki Isroil xalqini Quddusda to‘pladi.
4
So‘ngra quyidagi Horun naslini va levilarni yig‘di:
5
Qohot naslidan — urug‘boshi Uriyol va u bilan birga uning 120 qarindoshi,
6
Marori naslidan — urug‘boshi Osoyoh va u bilan birga 220 qarindoshi,
7
Gershon naslidan — urug‘boshi Yo‘el va u bilan birga 130 qarindoshi,
8
Elizofon naslidan — urug‘boshi Shamayo va u bilan birga 200 qarindoshi,
9
Xevron naslidan — urug‘boshi Eliel va u bilan birga 80 qarindoshi,
10
Uziyol naslidan — urug‘boshi Ominadov va u bilan birga 112 qarindoshi.
11
Dovud ruhoniylar Zodo‘x bilan Abuatarni, levilardan Uriyol, Osoyoh, Yo‘el, Shamayo, Eliel va Ominadovni chaqirib,
12
ularga dedi: “Sizlar Levi qabilasining urug‘boshilarisiz. Shunday ekan, Isroil xalqining Xudosi — Egamizning sandig‘ini men tayyorlagan joyga olib kela olishingiz uchun, o‘zlaringizni va qarindoshlaringizni poklanglar.
13
Oldingi safar sandiqni levilar olib kelmagani uchun, Egamiz Xudo bizdan qattiq g‘azablangan edi. Ha, biz Undan sandiqni qanday olib kelishimiz kerakligini so‘ramagan edik.”
14
Ruhoniylar va levilar Isroil xalqining Xudosi — Egamizning sandig‘ini olib kelish uchun o‘zlarini pokladilar.
15
Ular Egamizning Muso orqali bergan amriga muvofiq Xudoning sandig‘ini xodalar bilan yelkalariga ortib, ko‘tarib ketdilar.
16
Bulardan tashqari, Dovud Levi qabilasining urug‘boshilariga qarindoshlari orasidan sozandalarni tayinlashni buyurgan edi. Ular arfa, lira va zanglarni chalib, bu musiqa asboblarning jo‘rligida shodiyona qo‘shiqlar aytishlari kerak edi.
17
Levilar Marori urug‘idan quyidagi sozandalarni tayinlagan edilar: Yo‘el o‘g‘li Xaman, Barxiyo o‘g‘li Osif va Qushayo o‘g‘li Etxan.
18
Ularning yordamchilari qilib quyidagilar tayinlangan edi: Zakariyo, Yaziyol, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Binayo, Masiyo, Mattitiyo, Elifaleh, Mixniyo hamda darvozabonlar Obidadom va Yaviyol.
19
Sozandalardan Xaman, Osif va Etxan bronza zanglar chalishlari kerak edi.
20
Zakariyo, Aziel, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Masiyo va Binayo arfalarni chalishlari kerak edi.
21
Mattitiyo, Elifaleh, Mixniyo, Obidadom, Yaviyol va Ozaziyo esa sakkiz torli liralarni chalib, kuyda yetakchilik qilishlari kerak edi.
22
Levilarning boshlig‘i Xonaniyo mohir sozanda bo‘lgani uchun, uni qo‘shiqchilar rahbari qilib tayinlagan edilar.
23
[23-24] Ahd sandig‘ini qo‘riqlash uchun Barxiyo, Elqana, Obidadom va Yoxiyo tayinlangan edilar. Ruhoniylar Shabaniyo, Yoshafat, Natanil, Emosay, Zakariyo, Binayo va Eliazar Xudoning sandig‘i oldida karnaylar chalib borishlari kerak edi.
24
***
25
Dovud, Isroil oqsoqollari va mingboshilar Egamizning ahd sandig‘ini Obidadomning uyidan olib kelish uchun katta tantana bilan ketdilar.
26
Ahd sandig‘ini ko‘tarib kelayotgan levilarga Xudoning O‘zi yordam berdi. Shu sababdan ular yettita buqa va yettita qo‘yni qurbonlik qildilar.
27
Sandiqni ko‘tarib kelayotgan barcha levilar, qo‘shiqchilar va qo‘shiqchilar rahbari Xonaniyo singari Dovud ham mayin zig‘irdan to‘qilgan rido kiyib olgan edi. Ridodan tashqari Dovud ruhoniylarning muqaddas libosini ham kiygan edi.
28
Shunday qilib, butun Isroil xalqi sevinchli xitoblar bilan, burg‘u, karnay, zang sadolari hamda arfa va lira kuylari ostida Egamizning ahd sandig‘ini olib keldi.
29
Egamizning ahd sandig‘i Dovud qal’asiga kirib kelayotganda, Shoulning qizi Mixal derazadan qarab turgan edi. U sakrab o‘ynayotgan shoh Dovudni ko‘rdiyu, o‘z ko‘nglida uni past ko‘rdi.
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 16 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29