bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Chronicles 24
1 Chronicles 24
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 23
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 25 →
1
Horun nasli xizmat uchun guruh–guruhlarga bo‘lindi. Horunning Nadov, Abihu, Elazar va Itamar ismli to‘rt o‘g‘li bor edi.
2
Lekin Nadov bilan Abihu otalaridan oldin, o‘g‘il ko‘rmasdan vafot etganlari uchun, Elazar bilan Itamar ruhoniy bo‘ldilar.
3
Shoh Dovud Horun naslini bajaradigan vazifalariga ko‘ra, guruhlarga bo‘ldi. Unga bu ishda Elazar naslidan bo‘lgan Zodo‘x va Itamar naslidan bo‘lgan Oximalek yordam berdilar.
4
Elazar naslidagi urug‘boshilarning soni Itamar naslinikiga qaraganda ko‘proq bo‘lgani uchun, Elazar nasli o‘n olti guruhga, Itamar nasli esa sakkiz guruhga bo‘lindi.
5
Ma’badda Xudoga xizmat qiladigan malakali rahnamolarning ba’zilari Elazar naslidan, boshqalari esa Itamar naslidan edilar. Shu sababdan tarafkashlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun bajaradigan vazifalari ularga qur’a bo‘yicha bo‘lib berildi.
6
Elazar va Itamar nasllari uchun galma–galdan qur’a tashlandi. Levilardan bo‘lgan kotib Natanil o‘g‘li Shamayo qur’a natijalarini qayd etib turdi. Shoh, uning a’yonlari, ruhoniy Zodo‘x, Abuatar o‘g‘li Oximalek hamda ruhoniy va levi xonadonlarining urug‘boshilari bunga shohid edilar.
7
Birinchi qur’a Yohayirivga tushdi. Ikkinchi qur’a Yodayoga tushdi.
8
Uchinchi qur’a Xarimga tushdi. To‘rtinchi qur’a Sayo‘rimga tushdi.
9
Beshinchi qur’a Malkiyoga tushdi. Oltinchi qur’a Miyominga tushdi.
10
Yettinchi qur’a Xakko‘zga tushdi. Sakkizinchi qur’a Abiyoga tushdi.
11
To‘qqizinchi qur’a Yeshuvaga tushdi. O‘ninchi qur’a Shaxaniyoga tushdi.
12
O‘n birinchi qur’a Eliashabga tushdi. O‘n ikkinchi qur’a Yaximga tushdi.
13
O‘n uchinchi qur’a Xuppaga tushdi. O‘n to‘rtinchi qur’a Eshebovga tushdi.
14
O‘n beshinchi qur’a Bildaxga tushdi. O‘n oltinchi qur’a Immarga tushdi.
15
O‘n yettinchi qur’a Xazirga tushdi. O‘n sakkizinchi qur’a Xappizezga tushdi.
16
O‘n to‘qqizinchi qur’a Patixiyoga tushdi. Yigirmanchi qur’a Hizqiyoga tushdi.
17
Yigirma birinchi qur’a Yoxinga tushdi. Yigirma ikkinchi qur’a Gamulga tushdi.
18
Yigirma uchinchi qur’a Daloyoga tushdi. Yigirma to‘rtinchi qur’a Maziyoga tushdi.
19
Har bir guruh Egamiz uyidagi o‘z vazifasini ularning ajdodi Horun tomonidan belgilangan ko‘rsatmalar asosida bajarishi lozim edi. Bu ko‘rsatmalarni Horunga Isroil xalqining Xudosi — Egamiz bergan edi.
20
Levidan bino bo‘lgan boshqa urug‘boshilar quyidagilar edi: Imrom naslidan — Shavuvol, Shavuvol naslidan — Yoxidayo,
21
Raxaviyo naslidan — yo‘lboshchi Ishshiyo,
22
Izxor naslidan — Shalumo‘t, Shalumo‘t naslidan — Yaxat,
23
Xevron naslidan — to‘ng‘ichi — Yoriyo, ikkinchisi — Emoriyo, uchinchisi — Yaxaziyol va to‘rtinchisi — Yoxamom,
24
Uziyol naslidan — Mixo, Mixo naslidan — Shomir,
25
Mixo ukasi —Ishshiyo, Ishshiyo naslidan — Zakariyo,
26
[26-27] Marori naslidan — Maxli, Mushi va Yaziyo, Yaziyo naslidan — Beno, Sho‘ham, Zakkur va Ibri,
27
***
28
[28-29] Maxli naslidan — Elazar va Kish. Elazarning o‘g‘illari yo‘q edi. Kish naslidan — Yaraxmal,
29
***
30
Mushi naslidan — Maxli, Eder va Yarimo‘t. Levi nasli, urug‘lari bo‘yicha, ana shulardan iborat edi.
31
Ular ham Horun nasli singari qur’a tashlab bajaradigan vazifalarini aniqlab olgan edilar. Shoh Dovud, Zodo‘x, Oximalek, ruhoniy va levi xonadonlarining urug‘boshilari bunga shohid edilar. Katta o‘g‘il xonadoni kichik o‘g‘il xonadoni qatori qur’a tashladi.
← Chapter 23
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 25 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29