bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Chronicles 27
1 Chronicles 27
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 28 →
1
Quyida Isroil xalqining urug‘boshilari, mingboshilari va yuzboshilarining, shuningdek, ularning sardorlari ro‘yxati berilgan. Bu sardorlar shohning xizmatida bo‘lib, har yili bir oy davomida vazifasini o‘tayotgan harbiy qismlar uchun mas’ul edilar. Har bir qism 24.000 odamdan tashkil topgan edi.
2
Birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Zabdiyol o‘g‘li Yoshuvam edi.
3
Yoshuvam Paraz naslidan edi.
4
Ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Oxo‘va urug‘idan bo‘lgan Do‘day edi. Do‘dayning o‘ng qo‘l yordamchisi Mixlo‘t edi.
5
Uchinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Binayo edi. U ruhoniy Yohayidoning o‘g‘li bo‘lib,
6
“O‘ttizta qahramon” orasidagi bahodir jangchi edi. “O‘ttizta qahramon”ning sardori ham ana shu Binayo edi. Binayoning o‘g‘li Omizabod qismning bosh qo‘mondoni edi.
7
To‘rtinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Yo‘abning ukasi Osoyil edi. Osoyildan keyin o‘g‘li Zabadiyo otasining o‘rnini egalladi.
8
Beshinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Shamhut edi. U Yizro urug‘idan edi.
9
Oltinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Taxuvalik Ixesh o‘g‘li Ero edi.
10
Yettinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Palonlik Xalez edi. U Efrayim qabilasidan edi.
11
Sakkizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Xushalik Sibbaxay edi. Sibbaxay Zerax urug‘idan edi.
12
To‘qqizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Onoto‘tlik Abuazar edi. Abuazar Benyamin qabilasidan edi.
13
O‘ninchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Maxray edi. Maxray Zerax urug‘idan edi.
14
O‘n birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Piratonlik Binayo edi. Binayo Efrayim qabilasidan edi.
15
O‘n ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Xalday edi. Xalday O‘tniyol urug‘idan edi.
16
Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari quyidagilar edi: Ruben qabilasining yo‘lboshchisi — Zixri o‘g‘li Eliazar, Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi — Maxo o‘g‘li Shafatiyo,
17
Levi qabilasining yo‘lboshchisi — Kamuvol o‘g‘li Xashaviyo, Horun naslining yo‘lboshchisi — Zodo‘x,
18
Yahudo qabilasining yo‘lboshchisi — Dovudning akasi Elixu, Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi — Mikoyil o‘g‘li Omri,
19
Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi — Obodiyo o‘g‘li Yishmayo, Naftali qabilasining yo‘lboshchisi — Ozriyol o‘g‘li Yarimo‘t,
20
Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi — Ozaziyo o‘g‘li Xo‘sheya, G‘arbdagi Manashe qabilasining yarmiga yo‘lboshchi — Podiyo o‘g‘li Yo‘el,
21
Giladdagi Manashe qabilasining yarmiga yo‘lboshchi — Zakariyo o‘g‘li Eddo, Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi — Abnur o‘g‘li Yasiyol,
22
Dan qabilasining yo‘lboshchisi — Yeroxam o‘g‘li Ozariyol. Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari ana shulardan iborat edi.
23
Dovud Isroil xalqini sanab chiqqanda, yigirma yoshdan pastini ro‘yxatga kiritmagan edi, chunki Egamiz: “Isroil xalqini osmondagi yulduzlar kabi ko‘paytiraman”, deb va’da bergan edi.
24
Zeruya o‘g‘li Yo‘ab xalqni sanashni boshlagandiyu, lekin oxiriga yetkazmagandi. Xalq sanalgani uchun Egamiz Isroilga g‘azabini sochgandi. Shu sababdan bu sanoqning natijasi shoh Dovudning yilnomasiga kiritilmadi.
25
Odil o‘g‘li Ozmobit saroy xazinaboni edi. Uzziyo o‘g‘li Yo‘natan tuman xazinaboni edi. U shahar atrofidagi, shaharlardagi, qishloqlardagi va qal’alardagi xazinalar uchun mas’ul edi.
26
Xalub o‘g‘li Ezri yerga ishlov beradigan dehqonlar uchun mas’ul edi.
27
Ramalik Shimax uzumzorlar uchun mas’ul edi. Shafomlik Zabdi sharob omborlari uchun mas’ul edi.
28
Gederlik Baalxanon Yahudo qir etaklaridagi zaytunzorlar va shikamora–anjirzorlar uchun mas’ul edi. Yo‘sh zaytun moyi omborlari uchun mas’ul edi.
29
Sharonlik Shitray Sharon tekisligida boqiladigan podalar uchun mas’ul edi. Adlay o‘g‘li Shofot vodiylarda boqiladigan podalar uchun mas’ul edi.
30
Ismoil urug‘idan Obil tuya podalari uchun mas’ul edi. Mirono‘tlik Yoxidayo eshak podalari uchun mas’ul edi.
31
Hojar urug‘idan Yoziz qo‘y suruvlari uchun mas’ul edi. Ana shularning hammasi shoh Dovud mulkini nazorat qilar edilar.
32
Dovudning amakisi Yo‘natan donishmand odam bo‘lib, maslahatchi va tafsirchi edi. Xaxmo‘n o‘g‘li Yoxiyol shoh o‘g‘illarining murabbiysi edi.
33
Oxito‘fel shohning maslahatchisi edi. Orx urug‘idan Xushay shohning do‘sti edi.
34
Oxito‘feldan keyin uning o‘rniga Binayo o‘g‘li Yohayido va Abuatar maslahatchi bo‘ldi. Yo‘ab shoh qo‘shinining lashkarboshisi edi.
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 28 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29