bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Chronicles 28
1 Chronicles 28
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 29 →
1
Dovud Isroildagi hamma a’yonlarni — qabila yo‘lboshchilarini, shohga xizmat qiladigan harbiy qismlar sardorlarini, mingboshilarni, yuzboshilarni, shoh va shahzodalar mulkini va podalarini boshqaruvchilarni, saroy a’yonlarini, bahodir pahlavonlarni va boshqa hamma jangchilarni Quddusda to‘pladi.
2
Shoh Dovud ularning oldida turib, gapirdi: “Birodarlarim, xalqim, gapimni eshitinglar! Men Xudoning oyoq kursisi bo‘lmish Egamizning ahd sandig‘i uchun bir oromgoh qurmoqchi edim. Qurilish uchun hamma tayyorgarlikni ham ko‘rib qo‘ygan edim.
3
Lekin Xudo: — Menga atab uyni sen qurmaysan, sen jang qilib, ko‘p qon to‘kding, — dedi.
4
Vaholanki, Isroil xalqining Xudosi Egamiz butun otam xonadonidan meni tanlab oldi. Meni to abad Isroilning shohi qildi. U Yahudo qabilasini yetakchi qilib tanladi, Yahudo qabilasidan esa otamning xonadonini ravo ko‘rdi, otamning o‘g‘illari orasidan esa meni mamnunlik ila butun Isroil ustidan shoh qildi.
5
Egamiz menga ko‘p o‘g‘illar berdi, hamma o‘g‘illarim orasidan Isroil shohi qilib Sulaymonni tanladi. Ha, Egamizning shohligi taxtiga u o‘tiradi.
6
Egamiz menga aytdi: — Men uchun uyni va hovlilarni quradigan o‘g‘ling Sulaymondir. Men uni O‘zimga o‘g‘il qilib tanladim, Men unga ota bo‘laman.
7
Agar u bugungiday, Mening amrlarimu qonunlarimga qat’iyat bilan rioya qilib yursa, uning taxtini to abad mustahkam qilaman.
8
Shuning uchun endi Egamizning jamoasi Isroil xalqining ko‘zi o‘ngida va Xudoyimizning guvohligida sizlarga aytayin: Egangiz Xudoning amrlarini bitta qoldirmay bajaring. Ana shunda sizlar mana shu hosildor yurtga egalik qilasizlar, bolalaringizga ham uni abadiy meros qilib qoldirasizlar.
9
Endi Sulaymon o‘g‘lim, otang Xudoni tan olgin, butun onging bilan sidqidildan Unga xizmat qilgin. Zotan Egamiz har bir insonning yuragini sinaydi, niyatu fikrlarimizni U biladi. Agar Uni izlasang, topasan. Agar Uni tark etsang, U ham seni abadiy tashlab ketadi.
10
Quloq sol! Ma’bad qurish uchun Egamiz seni tanlagan ekan, qani, dadil bo‘lib, ishga bel bog‘la!”
11
Dovud Ma’bad binolarining, omborxonalarining, boshqa xonalarining va Eng muqaddas xonaning, ya’ni gunohdan poklash joyining chizma loyihalarini o‘g‘li Sulaymonga berdi.
12
Shuningdek, Dovud Egamiz uyining hovlilari va atrofidagi xonalari, Xudo uyining xazinalari va nazr qilingan hadyalar saqlanadigan xonalari uchun ko‘nglidagi niyatlarini aytdi.
13
Ruhoniylar va levilarning tuzumiga, ularning Egamizning uyida qilinadigan barcha xizmatlariga va xizmat paytida foydalanadigan barcha ashyolarga oid ko‘rsatmalar berdi.
14
Xizmatda ishlatiladigan quyidagi idish va jihozlarni yasash uchun oltin va kumush vaznini belgilab berdi:
15
moychiroqlar va chiroqpoyalar,
16
muqaddas nonlar qo‘yiladigan oltin xontaxta, kumush xontaxtalar,
17
sanchqilar, tog‘orachalar, ko‘zalar, jomlar va
18
tutatqi qurbongohi. Bundan tashqari, oltin aravaning, ya’ni qanotlarini yoyib, Egamizning ahd sandig‘ini qoplab turgan oltin karublarning loyihasini ham Sulaymonga berdi.
19
So‘ngra Dovud shunday dedi: — Bularning hammasini men Egamning boshchiligida yozdim, loyihaning ikir–chikrlarini Uning O‘zi menga ayon qildi.
20
U o‘g‘li Sulaymonga dedi: — Dadil va botir bo‘l. Ishni boshla! Qo‘rqma, vahimaga tushma! Egamiz Xudo — mening Xudoyim sen bilan birgadir. Egamizning uyidagi ishlar bitmaguncha, U seni tashlab qo‘ymaydi, tark etmaydi.
21
Mana, ruhoniylar va levilar guruhlari Xudoning uyidagi har qanday xizmatni qilishga tayyor bo‘lib turibdilar. Mohir hunarmandlar senga joni bilan yordam beradilar. Butun xalq va ularning yo‘lboshchilari amringga muntazirdir.
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 29 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29