bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Chronicles 23
1 Chronicles 23
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 24 →
1
Dovud rosa keksayib, umri oxirlashib qolgach, o‘g‘li Sulaymonni Isroil ustidan shoh qildi.
2
Dovud Isroilning hamma yo‘lboshchilarini, ruhoniylarini va levilarni to‘pladi.
3
U o‘ttiz va undan yuqori yoshdagi levilarni hisobladi. Ularning jami 38.000 erkak chiqdi.
4
Shunda Dovud aytdi: “Bulardan 24.000 tasi Egamizning uyidagi ishlar uchun mas’ul bo‘ladi, 6000 tasi amaldorlar va hakamlar bo‘lib xizmat qiladi,
5
4000 tasi darvozabon bo‘ladi, qolgan 4000 tasi esa men yasattirgan musiqiy asboblarni chalib, Egamizni madh qiladi.”
6
Dovud levilarni urug‘lariga ko‘ra, Gershon, Qohot va Marori guruhlariga bo‘ldi.
7
Gershonning Laden va Shimax degan ikki o‘g‘li bor edi.
8
Ladenning uchta o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ichi Yoxiyol, o‘rtanchasi Zatom va kenjasi Yo‘el edi.
9
Ular Laden naslining urug‘boshilari edilar. Shimaxning Shalumo‘t, Xaziyol va Xaron ismli uch o‘g‘li bor edi.
10
[10-11] Keyinchalik Shimax yana to‘rt o‘g‘il ko‘rdi, ularning tartibi quyidagicha edi: Yaxat, Zenax, Yoush va Bariyo. Yoush bilan Bariyoning o‘g‘illari kam bo‘lgani uchun, ular bitta xonadon hisoblanardilar.
11
***
12
Qohotning to‘rtta o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.
13
Imromning o‘g‘illari Horun va Muso edi. Horun Xudoga bag‘ishlangan bo‘lib, eng muqaddas ashyolar uchun mas’uliyat to abad uning va uning nasli zimmasiga yuklangan edi. Ular Egamizning huzurida qurbonliklar keltirishlari, Unga xizmat qilishlari va to abad Uning nomidan xalqni duo qilishlari kerak edi.
14
Xudoning odami Musoga kelsak, uning o‘g‘illari Levi qabilasining bir qismi hisoblanardi.
15
Musoning Gershom va Eliazar degan ikki o‘g‘li bor edi.
16
Gershomning o‘g‘illari orasida Shavuvol to‘ng‘ichi edi.
17
Eliazarning to‘ng‘ich farzandi Raxaviyo edi. Eliazarning undan bo‘lak o‘g‘illari bo‘lmasa–da, Raxaviyoning o‘g‘illari nihoyatda ko‘p edi.
18
Qohotning ikkinchi o‘g‘li Izxor ham o‘g‘illar ko‘rgan edi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Shalumit edi.
19
Qohotning uchinchi o‘g‘li Xevron to‘rt o‘g‘il ko‘rgan edi. To‘ng‘ich o‘g‘lining ismi Yoriyo, keyingilarniki Emoriyo, Yaxaziyol va Yoxamom edi.
20
Qohotning kenja o‘g‘li Uziyolning ikki o‘g‘li bor edi: to‘ng‘ichi Mixo va kenjasi Ishshiyo.
21
Marorining Maxli va Mushi degan ikkita o‘g‘li bor edi. Maxlining Elazar va Kish ismli ikkita o‘g‘li bor edi.
22
Elazar o‘g‘il ko‘rmay o‘tib ketdi. Undan faqat qizlar tug‘ildi. Uning qizlari o‘zlarining amakivachchalari — Kishning o‘g‘illariga turmushga chiqdilar.
23
Mushining Maxli, Eder va Yorimo‘t ismli uch o‘g‘li bor edi.
24
Xullas, levilarning nomma–nom ro‘yxatga kiritilgan avlodlari, ularning urug‘ va xonadonlari shulardan iborat edi. Yigirma va undan yuqori yoshdagi levilar Egamizning uyidagi xizmatga tayinlangan edilar.
25
Dovud shunday degan edi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz O‘z xalqiga tinchlik ato qildi. Endi U Quddusda abadiy istiqomat qiladi.
26
Shunday ekan, bundan buyon levilar Egamizning chodirini yoki unda ishlatiladigan ashyolarni ko‘tarib yurishlari shart emas.”
27
Dovudning oxirgi farmoniga ko‘ra, yigirma va undan yuqori yoshdagi levilar ro‘yxatga olingan edilar.
28
Levilarning vazifasi Egamizning uyidagi xizmatda Horun nasliga yordam berish edi. Bularning ichiga: hovli va yon xonalarga mas’ul bo‘lish, muqaddas narsalarni poklash va Egamizning uyidagi har qanday boshqa yumushlarni bajarish kirar edi.
29
Shuningdek, levilar Egamiz huzuridagi xontaxta ustiga qo‘yiladigan nonlar, don nazri uchun sifatli un, xamirturushsiz chalpaklar, pishirib tayyorlanadigan nazrlar, zaytun moyi aralashtirilgan nazrlar, nazrlarning og‘irligi, soni va hajmi uchun mas’ul edilar.
30
Har kuni ertalab va kechqurun ular Ma’badda Egamizga shukronalar aytib, hamdu sanolar kuylashlari kerak edi.
31
Shabbat kunlari, yangi oy va boshqa belgilangan bayramlarda qurbonliklar kuydirilganda ham shukronalar aytib, hamdu sanolar kuylash ularning zimmasida edi. Egamizning huzurida doimo xizmat qilayotgan levilarning soni qoidaga muvofiq bo‘lishi shart edi.
32
Demak, levilar Uchrashuv chodiri va Ma’bad uchun mas’ul bo‘lib, Egamizning uyida xizmat qilgan o‘z qarindoshlari — Horun nasliga yordam berishlari kerak edi.
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 24 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29