bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Chronicles 5
1 Chronicles 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 6 →
1
Ruben Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Ammo u otasining to‘shagini bulg‘agani uchun, to‘ng‘ich farzandlik huquqi Yusufning o‘g‘illariga berilgan edi. Shu sababdan Ruben nasabnomada to‘ng‘ich sifatida ro‘yxatda yo‘q.
2
Rubenning ukasi Yahudo aka–ukalari orasida eng kuchlisi bo‘lib, yo‘lboshchi uning qabilasidan chiqsa ham, to‘ng‘ichlik huquqi Yusufniki bo‘ldi.
3
Ruben to‘rt o‘g‘il ko‘rdi. Ularning ismlari Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi edi.
4
Yo‘elning nasli quyidagilardan iborat edi: Yo‘elning o‘g‘li — Shamayo, Shamayoning o‘g‘li — Go‘g, Go‘gning o‘g‘li — Shimax,
5
Shimaxning o‘g‘li — Mixo, Mixoning o‘g‘li — Rayo, Rayoning o‘g‘li — Baal
6
va Baalning o‘g‘li — Berax. Ossuriya shohi Tig‘latpilasar Beraxni asir qilib, olib ketgan edi. Berax Ruben qabilasining yo‘lboshchisi edi.
7
Ruben qabilasining quyidagi urug‘boshilari ham nasabnoma ro‘yxatida qayd etilgan: Yaviyol, Zakariyo
8
va Belax. Belax Azazning o‘g‘li, Shemaning nevarasi va Yo‘elning evarasi edi. Ular Aror shahrida hamda shimoldagi Navo va Baal–Miyonga qadar cho‘zilgan yerlarda yashadilar.
9
Ularning Gilad yeridagi podasi haddan tashqari ko‘p bo‘lgani uchun ular sharqdagi sahrogacha bo‘lgan hamma yerlarni egallab olgan edilar. Bu sahro Furot daryosigacha cho‘zilgan edi.
10
Ruben nasli shoh Shoul davrida Hojar urug‘iga qarshi urush ochdi. Ularni mag‘lub qilib, Giladning sharqidagi hamma yerlarini egallab oldi.
11
Gad qabilasi Bashan yerlarida, Ruben qabilasining shimolida yashagan edi. Ularning hududi Salko shahriga qadar cho‘zilgandi.
12
Yo‘el Bashan yerida yo‘lboshchi edi, uning o‘ng qo‘l yordamchisi Shofom edi, Yanay va Shofot urug‘boshilar edilar.
13
Gad qabilasining qolgan a’zolari quyidagi yetti urug‘ga tegishli edi: Mikoyil, Mashullom, Sheba, Yo‘ray, Yaqan, Ziya va Ibir.
14
Bular Abuhayilning o‘g‘illari bo‘lib, ularning yettinchi avlodigacha bo‘lgan ajdodlari quyidagilar edilar: Xuri, Yoro‘vax, Gilad, Mikoyil, Yashishay, Yaxdu va Buz.
15
Go‘noning nevarasi, Abdil o‘g‘li Oxi bu urug‘larning yo‘lboshchisi edi.
16
Gad qabilasi Giladda, Bashanda va o‘sha yerdagi shaharlarda hamda Sharondagi butun yaylovlarda istiqomat qilardi.
17
Bu ma’lumotlarning hammasi Yahudo shohi Yo‘tom va Isroil shohi Yorubom hukmronligi davrida nasabnomaga kiritilgandi.
18
Ruben, Gad qabilalarining va Manashe qabilasi yarmining qilich va qalqon bilan qurollangan kamonchilardan iborat 44.760 ta jang qilishga tayyor, mohir sipohi bor edi.
19
Ular Hojar urug‘iga, Yatur, Nofish va Nadav qabilalariga hujum qildilar.
20
Jang paytida bu sipohlar Xudoga iltijo qildilar. Ular Xudoga inonganlari uchun Xudo iltijolariga javob berib, Hojar urug‘ini va barcha ittifoqchilarini ularning qo‘liga berib, mag‘lub qildi.
21
Ular dushmanning chorvasidan 50.000 tuya, 250.000 qo‘y, 2.000 eshakni o‘lja oldilar va 100.000 odamni asir qildilar.
22
G‘animning ko‘pchiligi jangda qirilib ketgandi, chunki Xudoning O‘zi ularga qarshi jang qilgan edi. Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi surgungacha o‘sha yerlarda yashab qoldilar.
23
Manashe qabilasining yarmi Baal–Xermon, Sanir va Xermon tog‘iga qadar cho‘zilgan Bashan yerlarida joylashib, ko‘paydi.
24
Qabilaning urug‘boshilari quyidagilar edi: Ifar, Yishi, Eliel, Ozriyol, Yeremiyo, Xo‘daviyo va Yaxdiyol. Ular bahodir jangchilar bo‘lib, o‘z urug‘larining mashhur boshliqlari edilar.
25
Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi ota–bobolarining Xudosiga qarshi gunoh qildilar. Ular Xudoga bevafolik qilib, Xudo qirib yuborgan o‘sha yurtdagi xalqlarning xudolariga sig‘ina boshladilar.
26
Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi Ossuriya shohi Pulni, ya’ni Tig‘latpilasarni yuborib, Ruben, Gad qabilalarini va Manashe qabilasining yarmini mag‘lub qildi. Shox Pul ularni asir olib Xalax, Xavor va Xara hududlariga hamda Gozan daryosining bo‘ylariga surgun qildi. Ular bugungacha o‘sha yerlarda istiqomat qilib kelyaptilar.
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29