bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Chronicles 17
1 Chronicles 17
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 18 →
1
Dovud o‘z saroyiga o‘rnashib olgach, Natan payg‘ambarga dedi: — Qarang, men sadr yog‘ochidan qurilgan uyda yashayapman, Egamizning ahd sandig‘i esa chodirda turibdi.
2
— Ko‘nglingda nima bo‘lsa, shuni qilaver, Xudo sen bilan, — dedi Natan.
3
O‘sha kuni kechasi Natanga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi:
4
— Qulim Dovudning oldiga borgin–da, unga shu gaplarni yetkaz: “Egam shunday demoqda: Istiqomat qilishim uchun uyni Menga sen qurmaysan.
5
Isroil xalqini Misrdan olib chiqqanimdan to shu kungacha biror uyda yashagan emasman. U yerdan bu yerga ko‘chib, chodirda maskan qilib yurdim.
6
Men hech qachon Isroil xalqining rahnamolariga — xalqimning cho‘ponlariga shikoyat qilmadim. Hech qachon ularning birortasiga: “Nima uchun menga sadr daraxti yog‘ochidan uy qurib bermadingizlar?” deb aytmadim.”
7
— Endi qulim Dovudga ayt: “ Sarvari Olam shunday demoqda: Men seni yaylovlardagi qo‘y suruvi orasidan tanlab olib, xalqim Isroilga rahnamo qildim.
8
Qayerga borsang, sen bilan bo‘ldim, hujum qilganingda, hamma g‘animlaringni yo‘q qildim. Endi sening nomingni olamdagi ulug‘ odamlarning nomi singari mashhur qilaman.
9
[9-10] Xalqim Isroilga ilk hakamlarni tayinlaganimdan buyon vijdonsiz odamlar xalqimni ezib keldilar. Endi xalqim Isroil uchun bir yurt tayin etib, ularni o‘sha yerga o‘tqazaman. Ular o‘z yurtida istiqomat qilishadi, boshqa behalovat bo‘lishmaydi. Hamma g‘animlaringni senga bo‘ysundiraman. Men, Egang, sen uchun bir xonadon barpo etaman, deb aytmoqdaman.
10
***
11
Sen olamdan o‘tib, ota–bobolaring yoniga dafn qilinganingdan keyin ham, o‘g‘illaringdan birini shoh qilib, uning shohligini mustahkamlayman.
12
Menga atab uyni u quradi. Men esa uning taxtini to abad mustahkam qilaman.
13
Men unga ota bo‘laman, u esa Menga o‘g‘il bo‘ladi. Men sendan oldingi shohni inoyatimdan mahrum qilgan edim. Lekin o‘g‘lingdan hech qachon marhamatimni darig‘ tutmayman.
14
Men uni O‘z xonadonim va shohligim ustiga abadiy o‘tqazaman, uning taxti to abad mustahkam bo‘ladi.”
15
Xudo ayon qilganlarning hammasini Natan Dovudga aytdi.
16
Shundan keyin shoh Dovud Egamizning huzurida o‘tirib, shunday ibodat qildi: “Ey, Parvardigor Egam! Men kim bo‘libman, xonadonim nima bo‘libdiki, Sen meni bu qadar ulug‘lading?!
17
Buning ustiga, ey Xudo, Sen kelajak zamonda yuz beradigan voqealarni xabar qilding. Bu qulingning xonadoni uchun ko‘p va’da berding. Nazaringda meni ulug‘ odamday bilding, ey Parvardigori Egam!
18
Sen bu qulingni shuhratga erishtirding, Senga bundan ortiq nima ham deya olardim?! Axir, bu qulingni bilasan–ku.
19
Ey Egam, Sen bu qulingning haqi–hurmati uchun O‘z xohishingga muvofiq, shunday ulug‘vor ish qilding. Bu buyuk va’dalaringni bizga ayon qilding.
20
Senga o‘xshagan boshqa xudo haqida hech qachon eshitmaganmiz. Sening aslo o‘xshashing yo‘q, Ey Egam, Sendan o‘zga Xudo yo‘q!
21
Xalqing Isroilga o‘xshashi yo‘q! Ey, Xudoyim, boshqa qaysi xalqni Sen qullikdan xalos qilib, O‘zingning xalqing qilding?! Sen O‘z xalqingni Misrdan olib chiqib, butun olamga shuhratingni yoyding. Buyuk va ajoyib ishlaring bilan xalqing oldidan begona xalqlarni quvding.
22
Xalqing Isroilni to abad O‘zingning xalqing qilding. Ey Egam, Sen ularning Xudosi bo‘lding.
23
Ey Egam! Bu qulingga va uning xonadoniga qarata aytgan so‘zingda to abad tur, bergan va’dangni bajar,
24
toki odamlar, Sarvari Olam — Isroilning Xudosi ekan, deb nomingni to abad maqtab yursinlar. Ha, quling Dovudning xonadonini O‘zing har doim mustahkam qilgin.
25
Zotan Sen, ey Xudoyim, bu qulingga, sening xonadoningni barpo etaman, deb ayon etgansan! Shu sababdan bu quling Senga ibodat qilishga jur’at etdi.
26
Ey Egam! Sen — Xudosan. Sen bu qulingga ana shunday ezgu narsalarni va’da qilgansan.
27
Agar O‘zing ma’qul ko‘rsang, bu qulingning xonadoniga marhamat qilgin, toki Sening huzuringda to abad tursin. Zotan Sen marhamat qilgan xonadon abadiy marhamatli bo‘lgay.”
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 18 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29