bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Chronicles 18
1 Chronicles 18
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 19 →
1
Birmuncha vaqt o‘tgach, Dovud yana Filistlarga hujum qilib, ularni mag‘lub qildi. Gat shahri va uning atrofidagi qishloqlarni Filistlardan tortib oldi.
2
So‘ng Mo‘ab xalqini ham mag‘lub qildi. Mo‘ab xalqi Dovudga qaram bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘lishdi.
3
Zo‘vo shohi Hadadzar Furot daryosi bo‘ylariga yurish qilib, o‘sha yerlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoqchi bo‘lgan bir paytda Dovud unga hujum qildi. Dovud Hadadzarni Xomat shahri yonida tor–mor etdi.
4
Hadadzarning 1.000 jang aravasini, 7.000 otliq va 20.000 piyoda sipohini asirga oldi. O‘zining 100 jang aravasi uchun kerakli otlarni qoldirib, boshqa hamma otlarni mayib qildi.
5
Damashqdagi Oram xalqi Zo‘vo shohi Hadadzarga yordamga kelgan edi, Dovud ulardan 22.000 kishini o‘ldirdi.
6
So‘ng Damashqdagi Oram xalqining shaharlariga o‘zining qo‘nolg‘alarini joylashtirdi. Oram xalqi ham Dovudga qaram bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘ldi. Shunday qilib, Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi.
7
Dovud Hadadzarning a’yonlari ko‘tarib yuradigan oltin qalqonlarni tortib olib, Quddusga keltirdi.
8
Yana Hadadzarning qo‘li ostidagi shaharlari bo‘lgan Tivxat va Xundan ko‘p bronza olib ketdi. Keyinchalik Sulaymon bu bronzadan hovuz, ustunlar va har xil ashyolar yasattirdi.
9
Xomat shohi To‘vu “Dovud Hadadzarning hamma lashkarini mag‘lub qilibdi”, degan xabarni eshitib qoldi.
10
To‘vu shoh Dovudning huzuriga o‘g‘li Hadoramni yuborib, qutladi, jangda Hadadzardan g‘olib kelgani uchun Dovudni olqishladi. To‘vu Hadadzar bilan uzoq vaqtdan beri urishib kelardi. U Dovudga oltin, kumush, bronza idishlarni tortiq qilib yubordi.
11
Shoh Dovud bu in’omlarni boshqa yurtlardan — Edom, Mo‘ab, Ommon, Filist va Omolekdan tortib olib kelgan oltinu kumushlar bilan birga Egamizga nazr qildi.
12
Zeruya o‘g‘li Abushay Tuz vodiysida Edom xalqidan 18.000 kishini halok qildi.
13
U Edom yurtiga o‘z qo‘nolg‘alarini joylashtirdi. Edom xalqi Dovudga qaram bo‘ldi. Dovud qayerga borsa, Egamiz uni zafarga erishtirdi
14
Dovud butun Isroilda shohlik qilar ekan, xalqini odillik bilan boshqarardi.
15
Zeruya o‘g‘li Yo‘ab — lashkarboshi, Oxilud o‘g‘li Yohushafat mushovir edi.
16
Oxitob o‘g‘li Zodo‘x bilan Abuatar o‘g‘li Oximalek — ruhoniy, Shavsho mirza edi.
17
Yohayido o‘g‘li Binayo Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilarning boshlig‘i edi. Dovudning o‘g‘illari saroyda yuksak lavozimdagi a’yonlar edilar.
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 19 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29