bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Samuel 13
1 Samuel 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 14 →
1
Shoh Shoul o‘ttiz yoshida taxtga o‘tirib, Isroilda qirq ikki yil shohlik qildi.
2
U Isroil lashkaridan uch mingta odam saralab olib, qolganlarini uylariga jo‘natib yubordi. O‘sha uch mingtadan ikki mingtasini Mixmash va Baytil qirlariga joylashtirdi, mingtasini esa Benyamin urug‘iga qarashli Givo shahriga — Yo‘natanning ixtiyoriga yubordi.
3
Oradan ko‘p o‘tmay, Yo‘natan Filistlarning G‘ibo shahridagi qo‘nolg‘asini mag‘lub qildi. Bu xabar Filistlar orasida tezda tarqaldi. Shoul: “ Ibroniylar bu hodisadan xabardor bo‘lsin”, deb butun o‘lka bo‘ylab burg‘u chaldirdi.
4
Shunday qilib, Shoul Filistlar qo‘nolg‘asini yengganini va Filistlar Isroil xalqidan nafratlanganini Isroil xalqining hammasi bildi. So‘ng lashkar Gilgalda Shoulning atrofiga to‘plandi.
5
Filistlar ham Isroil lashkari bilan urishmoq uchun yig‘ilishdi. Uch mingta jang arava, olti mingta otliq sipoh va dengiz qirg‘og‘idagi qum singari son–sanoqsiz lashkar yo‘lga chiqib, Bayt–Obun shahrining sharqidagi Mixmashga keldi. Ular o‘sha yerda qarorgoh qurishdi.
6
Isroil lashkarining ahvoli og‘irlashib, qiynalib qoldi va ular g‘orlarga, xandaqlarga, qoyalar orasiga, qabrlarga, sardobalarga yashirindilar.
7
Ibroniylarning ayrimlari esa Iordan daryosi sharqidagi Gad va Gilad yerlariga kechib o‘tishdi. Shoul u vaqtda hali ham Gilgalda edi. Unga ergashganlarning hammasi qo‘rqib ketishdi.
8
Shomuil Shoulga: “Meni yetti kun kut”, deb aytgani uchun, uni Gilgalda yetti kun kutib turdi. Shomuil Gilgalga kelavermagach, lashkar endi Shoulning yonidan qocha boshladi.
9
Shuning uchun Shoul: — Kuydiriladigan qurbonlik bilan tinchlik qurbonliklarini menga olib kelinglar, — deb buyurdi. Keyin u kuydiriladigan qurbonliklarni nazr qildi.
10
Shoul qurbonlikni kuydirib bo‘lgan ham ediki, Shomuil kelib qoldi. Shoul, unga salom beray, deb peshvoz chiqdi.
11
— Nima qilib qo‘yding?! — dedi Shomuil. — Odamlarim mening yonimdan qochib ketyapti, — dedi Shoul. — Siz esa belgilangan kuni kelmadingiz. Buning ustiga, Filistlar Mixmashda to‘planib turishibdi. Ularni ko‘rib,
12
endi Filistlar Gilgalga ustimga bostirib keladi, men esa hanuzgacha Egamdan yordam so‘rab iltijo qilmadim, deb o‘yladim. Shundan keyin kuydiriladigan qurbonlikni qilishga majbur bo‘ldim.
13
Shomuil Shoulga dedi: — Nodonlarcha ish tutibsan, o‘z Egang Xudoning senga bergan amriga itoat etmading. Bo‘lmasa, Egam Isroil ustidan shoh bo‘lishingni to abad mustahkamlagan bo‘lardi.
14
Endi sening shohliging uzoqqa bormaydi. Egam O‘z ko‘ngliga mos bittasini topdi, Mening xalqimni sen boshqarasan, deb o‘shani tayinladi. Chunki sen Egamning amriga itoat qilmading.
15
Shundan so‘ng Shomuil Gilgaldan chiqib, Benyamin urug‘iga qarashli Givo shahriga jo‘nab ketdi. Shoul yonida qolgan odamlarni sanab chiqdi, hammasi bo‘lib taxminan olti yuz kishi ekan.
16
Shoul bilan o‘g‘li Yo‘natan, ularning lashkari Benyamin qabilasiga qarashli G‘iboda joylashdilar. Filistlar esa Mixmashda qarorgoh qurgan edilar.
17
Filistlarning ilg‘orlari uch guruhga bo‘linib, Isroil qishloqlarini talash uchun qarorgohdan chiqishdi. Guruhlardan biri Shuvol hududidagi O‘fra shahri tomonga,
18
ikkinchisi Bayt–Xo‘ron shahri tomonga, uchinchisi esa cho‘l tomonga — Zavo‘m vodiysi ko‘rinib turgan chegara adirga yo‘l oldi.
19
Filistlar: “Ibroniylar qilich, nayza yasay olmasin”, deb butun Isroil yurtida birorta ham temirchi qoldirmagan edilar.
20
Shuning uchun hamma Isroil xalqi omoch tishlarini, cho‘kichlarini, bolta va o‘roqlarini o‘tkirlash uchun Filistlarning oldiga borar edilar.
21
Omoch tishi bilan cho‘kichni o‘tkirlash bahosi ikki misqol kumush, panshaxa, bolta va temir uchli govronni o‘tkirlash bahosi bir misqol kumush edi.
22
Shu sababdan Shoul bilan Yo‘natanning jangchilaridan birortasida qilich yoki nayza yo‘q edi, faqat Shoul va uning o‘g‘lida bor edi, xolos.
23
Bu paytga kelib, Filistlar qo‘nolg‘asini Mixmash dovonida joylashtirgan edilar.
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31