bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Samuel 22
1 Samuel 22
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 23 →
1
Shundan so‘ng Dovud u yerdan chiqib, Adullam shahri yaqinidagi g‘orga qarab qochdi. Akalari va jamiki ota xonadoni bu haqda eshitib, o‘sha yoqqa — Dovudning yoniga kelishdi.
2
Ezilgan, qarzini to‘lashga qurbi yetmagan, norozi odamlar Dovudning atrofiga to‘planishdi. Dovud ularga bosh bo‘ldi. Unga ergashganlar to‘rt yuztacha edi.
3
Dovud u yerdan Mo‘abdagi Mispax shahriga borib, Mo‘ab shohidan iltimos qildi: “Ijozat bering, Xudo meni nima qilmoqchiligi ma’lum bo‘lguncha, ota–onam yoningizda qolsin.”
4
Shunday qilib, Dovud ota–onasini Mo‘ab shohi huzuriga olib keldi. Dovud adirlardagi qarorgohida yashirinib turganda, ota–onasi Mo‘ab shohining panohida yashadilar.
5
Lekin payg‘ambar Gad Dovudga: “U yerda qolma, Yahudo yeriga bor”, dedi. Shundan keyin Dovud u yerdan chiqib, Xoret o‘rmoniga bordi.
6
Shu orada Shoul “Dovud va uning odamlari topildi”, deb eshitdi. Shoul qo‘lida nayzasini ushlaganicha, Givo tepaligidagi tamarisk daraxti ostida o‘tirgan edi. Barcha a’yonlari ham uning atrofida turgan edilar.
7
Shoul ularga shunday dedi: — Ey, Benyamin odamlari, eshitib olinglar! Essayning o‘g‘li har biringizga dalayu uzumzorlarni berib qo‘ymaydi–ku! Har biringizni mingboshi yoki yuzboshi qilib o‘tiradimi?!
8
Hammangiz menga qarshi til biriktirdingiz–ku! O‘g‘lim Yo‘natan Essayning o‘sha o‘g‘li bilan ahd qilgan ekan, meni hech kim xabardor etmadi. Orangizdan menga yon bosadigan biror odam chiqmadi. Dovud menga pistirma qo‘ymoqchi ekan, uni o‘g‘lim qayrabdi. Hozir shu ish bo‘ldi–ku! Shunday emasmi?!
9
Shu payt Shoulning a’yonlari yonida turgan Edomlik Doyeg aytdi: — Essayning o‘g‘li Dovudni ko‘rdim, u Nav shahridagi Oxitobning o‘g‘li ruhoniy Oximalekning yoniga kelgan edi.
10
Oximalek “Dovud nima qilsin?” deb Egamizning xohish–irodasini so‘radi. Unga ham oziq–ovqat berdi, ham Filist Go‘liyotning qilichini taqdim qildi.
11
Shoh Shoul a’yonlariga: “Oxitobning o‘g‘li ruhoniy Oximalekni va uning Navda yashaydigan hamma ota urug‘larini — barcha ruhoniylarni olib kelinglar”, deb buyurdi. Hammalarini shohning oldiga olib kelishdi.
12
— Ey, Oxitobning o‘g‘li, gaplarimni eshit! — dedi Shoul Oximalekka. — Labbay, janoblari, — dedi Oximalek.
13
— Nimaga sen Essayning o‘g‘li bilan birga menga qarshi til biriktirding? Dovudga non, qilich beribsan, uning uchun Xudoning xohish–irodasini so‘rabsan. Mana bugun Dovud menga qarshi qo‘zg‘alib, pistirmada poylab turibdi, — dedi Shoul.
14
Oximalek shunday javob berdi: — Butun a’yonlaringiz orasida Dovud singari ishonchli kim bor?! Dovud — sizning kuyovingiz, soqchilaringizning sardori, xonadoningizda hurmatli kishi–ku.
15
To‘g‘ri, o‘sha kuni Dovud uchun Xudoning xohish–irodasini so‘radim. Ammo bu birinchi marta emas edi–ku! Shoh meni va ota xonadonimni ayblamasinlar, chunki men Dovudning yomon niyatidan bexabar edim.
16
— Ey, Oximalek, o‘zing ham, butun ota xonadoning ham albatta o‘lasizlar! — dedi Shoul.
17
So‘ng u yonida turgan qo‘riqchilariga buyurdi: — Qani, Dovudni qo‘llagan Egamizning ruhoniylarini o‘ldirib tashlanglar! Ular Dovudning qochib ketganini bilganlari holda, menga xabar berishmadi. Shohning qo‘riqchilari qo‘l ko‘tarib, Egamizning ruhoniylarini o‘ldirishni istashmadi.
18
Shunda shoh Shoul Doyegga: — Sen bor, ruhoniylarni o‘ldir! — deb buyurdi. O‘sha kuni Edomlik Doyeg muqaddas libos kiygan sakson besh ruhoniyni bir o‘zi chopib o‘ldirdi.
19
So‘ngra erkak–ayol, yosh bola, hatto chaqaloq demasdan, ruhoniylar yashaydigan Nav shahrining xalqini ham qilichdan o‘tkazdi. Mollari, eshaklari, qo‘ylarini ham chopib tashladi.
20
Ruhoniy Oximalekning o‘g‘illaridan birgina Abuatar degani tirik qolib, Dovudning yoniga qochib ketdi.
21
Shoul Egamizning ruhoniylarini o‘ldirganini Abuatar Dovudga aytib berdi.
22
Dovud Abuatarga dedi: — O‘sha kuni u yerda Edomlik Doyeg bor edi. U albatta Shoulga xabar berishini bilardim. Otang xonadonidagi har bir jonning o‘limiga men sababchi bo‘ldim.
23
Endi sen yonimda qol, qo‘rqma. Mening jonim payiga tushgan kimsa — sening ham joning payiga tushgan. Yonimda qolsang, bexatar bo‘lasan.
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 23 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31