bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Samuel 18
1 Samuel 18
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 19 →
1
Shoul bilan Dovudning suhbati endi tugagan ham ediki, Yo‘natanning ko‘ngli Dovudga bog‘landi, Yo‘natan uni o‘z joni kabi aziz ko‘rdi.
2
O‘sha kundan boshlab Shoul Dovudni yonida olib qoldi, otasining uyiga qaytib ketishiga ijozat bermadi.
3
Yo‘natan Dovudni o‘z joniday aziz ko‘rgani uchun u bilan ahd qildi.
4
Ustidagi kiyimini yechib berdi, sovuti, qilichi, kamoni va kamarini ham Dovudga hadya qildi.
5
Shoul Dovudni qayerga jo‘natmasin, Dovud muvaffaqiyatga erishdi. Shu bois Shoul unga qo‘shinidagi katta lavozimni berdi. Bu voqeadan barcha xalq ham, Shoulning xizmatkorlari ham xushnud bo‘lishdi.
6
Dovud Go‘liyotni o‘ldirgandan keyin, lashkar o‘z uylariga qaytayotgan edi. Isroilning hamma shaharlaridan kelgan ayollar childirma va torli musiqa asboblarini chalib, o‘yin–kulgi qilib, shoh Shoulni kutib olgani chiqishdi.
7
Yayrab–o‘ynasharkan, shu qo‘shiqni aytishardi: “Shoul minglarchasini o‘ldirdi, Dovud esa o‘n minglarchasini!”
8
Bu so‘zlar Shoulga og‘ir botdi, uning g‘ashini keltirdi. “Dovudga o‘n mingtasini, menga esa mingtasini berishdi! Unga shoh bo‘lishdan boshqa yana nima qoldi?!” deb o‘yladi.
9
Shunday qilib, o‘sha kundan boshlab Shoul Dovudga yomon ko‘z bilan qaray boshladi.
10
Ertasi kuni Xudo yuborgan yovuz ruh Shoulni qamrab oldi, u o‘z uyida jazavaga tushdi. Dovud har galgiday yana lira chalib o‘tirar, Shoulning qo‘lida nayza bor edi.
11
U o‘zicha: “Dovudni nayza bilan urib devorga qoqib qo‘yaman”, deb nayzani unga qaratib otdi. Lekin Dovud ikki safar ham unga chap berib qutulib qoldi.
12
Shoul Dovuddan qo‘rqardi. Chunki Egamiz Dovud bilan birga edi, Shoulni esa tark etgan edi.
13
Shu sababli Shoul Dovudni yonidan uzoqlashtirdi, uni mingta sipohga bosh etib tayinladi. Dovud lashkarga bosh bo‘lib, jangga borardi.
14
Egamiz Dovud bilan bo‘lgani uchun, u har qanday ishning uddasidan chiqardi.
15
Dovudning katta muvaffaqiyatini ko‘rib, Shoul battarroq qo‘rqardi.
16
Butun Yahudo va Isroil xalqi Dovudni yaxshi ko‘rardi, chunki Dovud ularning oldingi safida yurib, jangga borardi.
17
Bir kun Shoul Dovudga dedi: — To‘ng‘ich qizim Meravni senga beraman. Faqat dovyurak bo‘lib, men uchun Egamizning urushlariga bosh bo‘l. Shoul: “Dovud mening qo‘lim bilan emas, Filistlarning qo‘li bilan o‘ldirilsin”, deb o‘ylardi.
18
Dovud Shoulga: — Men o‘zim kim bo‘libman, yoki Isroilda oilam, otam xonadoni nima bo‘libdiki, shohga kuyov bo‘lsam?! — dedi.
19
Shunday qilib, Shoulning qizi Merav Dovudga uzatiladigan bo‘ldi. Lekin Shoul qizini, Dovud qolib, Maxlalik Odriyolga turmushga berdi.
20
Shoulning boshqa qizi Mixal esa Dovudga ko‘ngil qo‘ygan edi. Buni eshitgan Shoul xursand bo‘ldi.
21
“Dovudga Mixalni beraman, qizimni berib, Dovudni tuzog‘imga ilintirib olaman, Filistlar esa uni o‘ldiradi”, deb o‘yladi. — Endi bu safar qulay fursat yetdi, menga kuyov bo‘lasan, — dedi Dovudga Shoul.
22
Keyin Shoul a’yonlariga: — Dovudga, shoh sendan xursand, hamma xizmatkorlari ham seni yaxshi ko‘radi, shohga kuyov bo‘ladigan payting keldi, deb yashirincha aytinglar, — dedi.
23
Shoulning a’yonlari bu gapni Dovudga yetkazishdi. Dovud esa shunday javob qaytardi: — Men kambag‘al, arzimas bir odam bo‘lsam, shohga kuyov bo‘lish, sizlar aytganday, osonmi?!
24
A’yonlar, o‘z navbatida, Dovudning gaplarini Shoulga yetkazishdi.
25
Shoul shunday amr berdi: — Dovudga, shoh g‘animlaridan o‘ch olmoqchi, shuning uchun qalinga yuzta Filistning sunnat terisidan boshqa narsa istamaydi, deb aytinglar. Shoul shu yo‘sinda Dovudning Filistlar qo‘liga tushib nobud bo‘lishini rejalashtirgan edi.
26
A’yonlar Shoulning aytganlarini Dovudga yetkazishdi. Dovud, o‘shanda shohga kuyov bo‘lishga haqli bo‘lar ekanman–da, deb sevindi. Belgilangan kundan oldin,
27
Dovud va uning odamlari borib, ikki yuzta Filistni o‘ldirdi. Dovud o‘ldirilgan Filistlarning sunnat terisini bitta ham qoldirmay, shohga keltirib berib, shohning kuyovi degan nomga munosib ishlarni bajardi. Shundan so‘ng Shoul qizi Mixalni Dovudga turmushga berdi.
28
Shoul endi aniq bildiki, Egamiz Dovud bilan birga ekan, qizi Mixal ham Dovudni sevar ekan.
29
Shunday qilib, Dovuddan yanada hadiksirab, umrining oxirigacha unga dushman bo‘lib qoldi.
30
Filist beklari qachon hujum qilsalar, Dovud Shoulning boshqa lashkarboshilariga qaraganda ortiq zafarga erishardi. Shu sababdan Dovud katta shuhrat qozondi.
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 19 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31