bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Samuel 21
1 Samuel 21
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 22 →
1
Dovud Nav shahridagi ruhoniy Oximalekning huzuriga bordi. Oximalek Dovudni kutib olarkan: — Nimaga yolg‘izsan? Nega yoningda hech kim yo‘q? — deb qo‘rquv ichra so‘radi.
2
— Shoh menga bir topshiriq berdi, — dedi Dovud. — Senga bergan topshirig‘imni hech kim bilmasin, dedi. Shuning uchun odamlarimga, falon joyga borib turinglar, deb tayinlab keldim.
3
Hozir yeyishga biror narsangiz bormi? Menga beshta non, yoki qo‘lingizga nima ilinsa, bering.
4
— Oddiy nonimiz yo‘q, — deb javob berdi ruhoniy, — agar odamlaring ayollardan o‘zlarini tiygan bo‘lishsa, nazr qilingan nonimiz bor.
5
— Yo‘lga chiqqanimizdan buyon ayollarga yaqinlashganimiz yo‘q, — dedi Dovud. — Safarimizning maqsadi oddiy bo‘lganda ham, odamlarim o‘zlarini pok tutadi. Ayniqsa, bu safarimizda odamlarim o‘zlarini juda pok tutdilar.
6
Shundan keyin ruhoniy unga muqaddas non berdi. Bu yerda Xudoga bag‘ishlangan nondan boshqa non yo‘q edi. Bu non, Egamizning huzurida turgandan keyin, issiq non keltirilgan kuni olib qo‘yilgandi.
7
O‘sha kuni Shoulning Doyeg degan xizmatkori ham shu yerda edi. U Edomlik bo‘lib, Shoulning bosh cho‘poni edi. Doyeg Egamiz huzuriga rasm–rusumlarni ado etgani kelgandi.
8
— Yoningizda nayza yoki qilich yo‘qmi? — deb so‘radi Dovud Oximalekdan. — Shohning topshirig‘i shoshilinch bo‘lgani uchun o‘zim bilan na qilichimni olibman, na boshqa qurolimni.
9
— Elox vodiysida o‘zing o‘ldirgan Filist Go‘liyotning qilichi bor, — dedi ruhoniy. — Efod orqasida matoga o‘rog‘liq turibdi. Bu yerda boshqa qurol yo‘q. Xohlasang, o‘shani olaver. — O‘sha qilichni menga beraqoling, unaqasi topilmaydi, — dedi Dovud.
10
Dovud Shouldan qochib, o‘sha kuni Gat shohi Oxishning huzuriga bordi.
11
Oxishning xizmatkorlari: — Bu Isroil shohi Dovud–ku! — deyishdi. — Odamlar: “Shoul minglarchasini o‘ldirdi, Dovud esa o‘n minglarchasini”, deb o‘ynab qo‘shiq aytgan edi–ku.
12
Bu gaplar Dovudni cho‘chitib qo‘ydi. U Gat shohi Oxishdan juda qo‘rqardi.
13
Dovud ularning ko‘z o‘ngida qiyofasini o‘zgartirdi, ularning oldida o‘zini telbalikka solar, saroy darvozasini timdalab, so‘laklarini soqoliga oqizardi.
14
Oxish xizmatkorlariga dedi: — Qaranglar bu odamga! Jinnining o‘zi–ku! Nimaga uni mening huzurimga olib keldingizlar?
15
Mening oldimda jinnilik qilsin deb uni olib keldingizlarmi? Menga jinnilar kerakmidi?! Shu odamning saroyimga kirishi shartmi?!
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 22 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31