bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Samuel 26
1 Samuel 26
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 25
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 27 →
1
Zifliklar Givoga Shoulning huzuriga kelib: “Dovud Yishmon chetidagi Xaxilo tepaligida yashirinib yuribdi”, deb xabar yetkazishdi.
2
Shoul uch mingta saralangan Isroil sipohi bilan Dovudni qidirib Zif dasht–biyoboniga bordi.
3
U Xaxilo tepaligidagi yo‘l bo‘yida qarorgoh qurdi, bu tepalik Yishmon sahrosining chetida edi. Dovud hali ham sahroda yashirinib yurardi. O‘z orqasidan Shoulning tushganini bilib, Dovud
4
ayg‘oqchilar jo‘natdi. Shu tariqa Shoulning shu yerga kelganini aniq bilib oldi.
5
Dovud Shoulning qarorgohi tomon yaqin borib, Shoul bilan lashkarboshi Abnurning uxlayotgan joyini ko‘rdi. Shoul qarorgohning o‘rtasida, sipohlar esa uning atrofida yotgan edilar.
6
Shu payt Dovud Oximalek bilan Abushaydan: — Kim men bilan qarorgohga — Shoulning yoniga kiradi? — deb so‘radi. Oximalek — Xet xalqidan edi. Abushay — Zeruyaning o‘g‘li bo‘lib, Yo‘abning akasi edi. — Men siz bilan boraman, — dedi Abushay.
7
Dovud bilan Abushay o‘sha kun kechasi qarorgohga kirishdi. Shoul nayzasini bosh tomoniga yerga sanchib qo‘yib, qarorgohning o‘rtasida uxlab yotardi. Abnur bilan sipohlar uning atrofida uxlashardi.
8
— Bugun Xudo g‘animingizni sizning qo‘lingizga berdi, — dedi Abushay Dovudga. — Endi ijozat bering, uni nayza bilan bir urib yerga mixlab qo‘yayin. Ikkinchi marta urishimga hojat qolmaydi.
9
— Yo‘q, uni o‘ldirmaysan, — dedi Dovud, — Egamiz moy surtib tanlagan shohga qo‘l ko‘targanni sira oqlab bo‘lmaydi.
10
Xudo shohid! Shoulni yo Xudo uradi, yo uning kuni bitib olamdan o‘tadi, yoki jangda halok bo‘ladi.
11
Ammo Egamiz moy surtib tanlagan shohga qo‘l ko‘tarishdan meni Xudoning O‘zi saqlasin. Mayli, Shoulning bosh tomonidagi nayza bilan suvdonini olib ketamiz.
12
Dovud Shoulning bosh tomonidagi nayzasi va suvdonini oldi. Keyin u yerdan qaytishdi. Ularni hech kim ko‘rmadi, biror kimsa bo‘lib o‘tgan voqeani bilmay qoldi, hech kim uyg‘onmadi ham. Hamma uxlab yotardi, zotan, Egamiz ularni qattiq uxlatib qo‘ygan edi.
13
Dovud narigi tomonga o‘tib, uzoqroqdagi tepalikning ustiga chiqdi, Shoulning sipohlari bilan uning orasida anchagina masofa bor edi.
14
O‘sha yerdan Abnurni va odamlarini chaqirib: — Ey, Abnur, menga javob ber–chi! — dedi. — Sen kimsan, nega baqirib shohimizni bezovta qilyapsan? — so‘radi Abnur.
15
— Sen katta odamsan, Abnur, to‘g‘rimi gapim? — dedi Dovud. — Butun Isroilda senga teng keladigani yo‘q. Shoh hazratlarini bittasi o‘ldirmoqchi bo‘lib, qarorgohga kiradi–yu nega muhofaza etmading?
16
Bu qilgan ishing yomon. Xudo haqi, o‘zing ham, odamlaring ham o‘limga loyiqsizlar, chunki janobi oliylarini — Egamiz moy surtib tanlagan shohni muhofaza etmadingizlar. Qarab ko‘r–chi, shohning bosh tomonidagi nayzasi bilan suvdoni qayerda ekan?
17
Shoul Dovudning ovozini tanidi: — Bu sening ovozingmi, Dovud o‘g‘lim? — deb so‘radi. — Ha, shoh hazratlari, menman, — javob berdi Dovud.
18
— Janobi oliylari! Men, qulingizni nega ta’qib qilaverasiz? Men nima qildim? Gunohim nima?
19
Shoh hazratlari! Marhamat qilib men, qulingizning so‘zlariga quloq soling. Agar sizni menga qarshi qo‘zg‘atgan Egamiz bo‘lsa, nazr atang, U tinchlansin. Agar bu ishni insonlar qilgan bo‘lsa, Egamiz oldida la’nati bo‘lsinlar. Chunki ular Egamizning yeridan meni haydab: “Bor, begona xudolarga xizmat qil”, deyayotganday bo‘lyapti.
20
Ishqilib, qonim Egamizning huzuridan uzoq yerlarga to‘kilmasin. Shohim, siz tog‘da kaklik ovlaydigan ovchidaysiz–u, itlaru odamlaringiz bilan bitta burgani ovlashga chiqibsiz–da!
21
— Gunoh qildim, Dovud o‘g‘lim, beri kel, — dedi Shoul. — Bugun mening hayotim sen uchun qimmatli ekanini bildim. Endi senga sira yomonlik qilmayman. Haqiqatan ham, nodonlik qildim, qattiq yanglishdim.
22
— Mana shohimizning nayzasi, yigitlaringizdan biri kelib olsin, — dedi Dovud,
23
— Egamiz har bir odamning to‘g‘riligiga va sadoqatiga yarasha mukofot beradi. Bugun Egamiz sizni qo‘limga bergan bo‘lsa–da, men Egamizning moy surtib tanlaganiga qo‘l ko‘tarishni istamadim.
24
Bugun sizning hayotingizni saqlaganimday, Egamiz mening hayotimni ham shunday saqlasin. U meni har qanday balolardan asrasin.
25
— Dovud o‘g‘lim, Egamiz seni yorlaqasin, sen albatta buyuk ishlar qilasan, ulug‘ zafarlarga erishasan, — dedi Shoul. Shundan keyin Dovud o‘z yo‘liga ketdi, Shoul esa uyiga qaytdi.
← Chapter 25
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 27 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31