bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Samuel 31
1 Samuel 31
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
1
Filistlar esa shu paytda Isroil lashkari bilan jang qilishayotgan edi. Isroil lashkari Filistlarning oldiga tushib qochib, ko‘plari Gilbova tog‘ida halok bo‘ldi.
2
Endi Filistlar Shoul bilan uning o‘g‘illari ortidan tushdilar. Natijada Shoulning o‘g‘illari Yo‘natan, Abunadov va Malkishuva o‘ldirildi.
3
Shoulning atrofida jang tobora avjiga chiqdi. Shu payt Filist kamonchilari Shoulga qarata o‘q otdilar. Shoul og‘ir yaralandi.
4
U qurolbardoriga: — Qilichingni sug‘urgin–da, menga sanch, toki anavi sunnatsizlar kelib, menga qilich solib, xo‘rlamasinlar, — dedi. Lekin qurolbardori qo‘rqdi, Shoulning aytganini qilmadi. Shunda Shoul qilichini qinidan sug‘urib, o‘zini qilich ustiga tashladi.
5
Qurolbardori ham Shoulning halok bo‘lganini ko‘rib, o‘zini qilichi ustiga tashlab, Shoul bilan birga o‘ldi.
6
Shunday qilib, Shoul, uning uchala o‘g‘li, qurolbardori va hamma sipohlari bir kundayoq halok bo‘lishdi.
7
Yizril vodiysining naryog‘ida va Iordan daryosining sharq tomonida yashaydigan Isroil xalqi o‘z sipohlarining qochganini, Shoul bilan o‘g‘illari o‘lganini ko‘rishdiyu, shaharlarini tashlab qochishdi. Filistlar bu shaharlarga kelib o‘rnashib olishdi.
8
Ertasi kuni Filistlar halok bo‘lganlarni talon–taroj qilgani jang maydoniga kelishdi. Birdan ular Gilbova tog‘ida Shoul bilan uchala o‘g‘lining jasadi yotganini ko‘rib qolishdi.
9
Ular Shoulning boshini kesib, qurollarini olishdi. Filistlar bosib olgan yerlariga xabarchilar yo‘llab, bu xushxabarni butxonalariga, xalqqa eshittirishdi.
10
Shoulning qurol–aslahasini Ashtaret uyiga qo‘yishdi, jasadini esa Bayt–Shan shahrining devoriga qoqib qo‘yishdi.
11
Giladdagi Yobosh aholisi Filistlarning Shoulni qanday ahvolga solganini eshitib qolishdi.
12
Shunda hamma jasur yigitlar tun bo‘yi yurib, Bayt–Shanga borishdi. Shoul bilan o‘g‘illarining jasadlarini Bayt–Shan devoridan olib, Yoboshga olib borishdi va u yerda kuydirishdi.
13
Suyaklarini yig‘ishtirib, Yoboshdagi tamarisk daraxti tagiga dafn qilgach, yetti kun ro‘za tutishdi.
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31