bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Samuel 27
1 Samuel 27
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 28 →
1
Dovud: “Bir kun Shoulning qo‘lida nobud bo‘lsam kerak”, deb o‘ylardi. “Yaxshisi, Filistlar yerlariga qochib qolay. O‘shanda Shoul Isroilning har burchagidan meni qidirib yurishdan voz kechadi, men ham uning qo‘lidan qutulib qolaman.”
2
Shunday qilib, Dovud va uning yonidagi olti yuz kishi oilalari bilan yo‘lga otlanib, Gat shohi Oxish tomoniga o‘tib ketishdi. Shoh Oxish Moyux deganning o‘g‘li edi.
3
Hammalari oilalari bilan birga Gatda Oxishning yonida joylashishdi. Dovud ham ikkala xotini — Yizrillik Oxinavam va Karmillik Navolning bevasi Obigayl bilan joylashdi.
4
Shoul Dovudning Gatga qochib ketganini eshitgach, endi uni axtarmay qo‘ydi.
5
Dovud Oxishga: — Agar men, qulingiz, sizning iltifotingizga sazovor bo‘lsam, yon–atrofdagi shaharlarning biridan menga joy bersangiz, men o‘sha yerda istiqomat qilayin, — dedi. — Qulingizning siz bilan birga shoh shahrida yashashiga hojat yo‘q.
6
Oxish o‘sha kuni Dovudga Zixlax shahrini berdi. O‘shandan buyon Zixlax Yahudo shohlariga qarashli shahardir.
7
Dovud Filistlar yurtida bir yilu to‘rt oy istiqomat qildi.
8
Dovud odamlari bilan Geshir, Gezer va Omolek xalqlarining yeriga bostirib borardi. Bu elatlar uzoq zamonlardan beri Shurga va Misr chegarasigacha cho‘zilgan yerlarda yashab kelishardi.
9
Dovud biror yurtni bosib olsa, erkak, ayol demas, tirik jonni sog‘ qo‘ymasdi. Faqat qo‘y, mol, eshak, tuya va kiyim–kechaklarni o‘lja olib, shoh Oxishning huzuriga qaytib kelardi.
10
Oxish: “Bugun biron yerga bostirib bordingizlarmi?” deb so‘rasa, Dovud: “Yahudoning Nagav cho‘lidagi hududlarini bosib oldik”, yoki “Nagav cho‘lidagi Yaraxmal urug‘i yerlarini bosib oldik”, yoki “Nagav cho‘lidagi Xayin xalqi yerlarini qo‘lga oldik”, deb javob berardi.
11
Dovud biror kimsani Gatga olib kelmas, “Dovud unday qildi, bunday qildi, deb aytmasin”, deya erkagu ayolni tirik qoldirmasdi. Dovud Filistlar yurtida yashagan paytda shunday qilardi.
12
Oxish Dovudga ishonardi. “Dovud o‘z xalqi — Isroil xalqiga o‘zini dushman qilib qo‘ydi, bundan keyin to abad mening xizmatimda qoladi”, deb o‘ylardi.
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 28 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31