bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Samuel 7
1 Samuel 7
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 8 →
1
Shundan keyin Xirat–Yorim aholisi borib, Egamizning sandig‘ini oldi. Uni Abunadovning tepalikdagi uyiga olib kelishdi. Egamizning sandig‘ini avaylab saqlasin, deb Abunadovning o‘g‘li Elazarni shu vazifaga tayinlab, poklashdi.
2
Sandiq uzoq vaqt — yigirma yilcha Xirat–Yorimda qolib ketdi. Bu orada butun Isroil xalqi Egamizga talpindi.
3
Shomuil jamiki Isroil xalqiga dedi: — Agar chin dildan Egamizga qaytmoqchi bo‘lsangiz, hamma begona xudolarni va Ashtaret tasvirlarini orangizdan yo‘qoting. Ko‘nglingizni Egamizga berib, yolg‘iz Unga xizmat qiling. Ana shunda Egamiz sizlarni Filistlarning qo‘lidan qutqaradi.
4
Isroil xalqi Baal va Ashtaret tasvirlarini yo‘q qilib, faqat Egamizga xizmat qila boshlashdi.
5
O‘shanda Shomuil: — Butun Isroil xalqi Mispaxda to‘plansin, men u yerda Isroil xalqi uchun Egamizga iltijo qilaman, — dedi.
6
Mispaxda to‘plangan Isroil xalqi quduqdan suv tortib, Egamizga nazr qilib to‘kishdi. “Egamiz oldida gunoh qildik”, deb o‘sha kuni ro‘za tutishdi. Shomuil Mispaxda Isroil xalqiga hakamlik qila boshladi.
7
Filistlar Isroil xalqining Mispaxda to‘planganini eshitib qolishdi. Filist beklari, Isroil xalqi bilan urishamiz, deb otlanishdi. Isroil xalqi buni eshitib, Filistlardan qo‘rqib ketishdi.
8
Ular Shomuilga: — Biz uchun Egamiz Xudoga tinimsiz iltijo qiling, toki U bizni Filistlarning qo‘lidan qutqarsin, — deyishdi.
9
Shu boisdan Shomuil bir emadigan qo‘zichoq olib, Egamizga kuydiriladigan qurbonlik qildi. So‘ng Isroil xalqi uchun Egamizga nolayu faryod bilan iltijo qildi. Egamiz uning iltijosini eshitdi.
10
Shomuil kuydiriladigan qurbonlikni ado etayotgan edi, Filistlar Isroil lashkariga hujum qilmoqchi bo‘lib yaqin keldilar. Ammo o‘sha zahoti Egamiz vahimali ovoz chiqarib, Filistlarni shunday sarosimaga soldiki, Isroil lashkari ularni mag‘lub qildi.
11
Isroil lashkari Mispaxdan chiqib, Filistlarni Bayt–Kor degan yerning etagigacha quvib borib o‘ldirdilar.
12
Shomuil bir toshni olib, Mispax bilan Yashono orasiga o‘rnatdi. “Egamiz bizga butun yo‘l bo‘yi yordam berdi”, deya toshga Evanzor deb nom berdi.
13
Mag‘lub bo‘lgan Filistlar Isroil hududiga qaytib hujum qilishmadi. Shomuil hayotligida Isroil xalqi Filistlarga hujum qilganda, Egamiz madad berib turdi.
14
Exrondan Gatga qadar Filistlar qo‘lga kiritgan shaharlarning hammasini Isroil xalqi yana qaytarib oldi. Shunday qilib, Isroil xalqining hamma yerlari Filistlardan ozod bo‘ldi. Isroil xalqi bilan Amor xalqlari orasida sulh tuzildi.
15
Shomuil umr bo‘yi Isroilga hakamlik qildi.
16
U har yili Baytil, Gilgal, Mispaxni aylanar, bu shaharlarda turib, Isroilni boshqarardi.
17
Keyin Rama shahridagi uyiga qaytar va o‘sha yerda turib Isroilga hakamlik qilardi. Shomuil Ramada Egamizga atab bir qurbongoh qurdirdi.
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 8 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31