bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Samuel 4
1 Samuel 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 5 →
1
Butun Isroilda Shomuilning so‘zi vojib edi. Shu orada Filistlar urush boshlagan edi, Isroil lashkari ularga qarshi otlandi. Isroil lashkari Evanzor degan joyda, Filistlar esa Ofoq shahrida qarorgoh qurdilar.
2
Filistlar Isroil lashkariga qarshi saf tortdilar. Jang boshlandi, Filistlar Isroil lashkarini mag‘lub qildilar. Jang maydonida to‘rt mingga yaqin Isroil sipohlari nobud bo‘ldi.
3
Lashkar qarorgohga qaytgach, Isroil oqsoqollari shunday dedilar: — Nima uchun bugun Egamiz bizni Filistlarga mag‘lub qilib berdi? Egamizning ahd sandig‘ini Shilo‘dan bu yerga olib kelaylik. Ahd sandig‘i bizning oramizda borsin, toki bizni g‘animlarimizning qo‘lidan qutqarsin.
4
Oqsoqollar ikki karub orasida taxt qurgan Sarvari Olamning ahd sandig‘ini Shilo‘dan olib kelish uchun odamlarni yubordilar. Elaxning ikkala o‘g‘li — Xo‘fnax bilan Finxaz ham jang bo‘layotgan joyga Xudoning ahd sandig‘ini olib kelish uchun yordamlashdilar.
5
Egamizning ahd sandig‘ini qarorgohga olib kelishganda, hamma Isroil xalqi shunday baland ovoz bilan baqirishdiki, hatto yer turgan joyidan qo‘zg‘alib ketdi.
6
Filistlar shovqin–suronni eshitib: — Ibroniylar qarorgohida nega bunchalik qattiq baqir–chaqir bo‘lyapti ekan? — deyishdi. Keyin Egamizning sandig‘ini qarorgohga olib kelganlarini bilib,
7
qo‘rqib ketishdi: — Xudolari qarorgohga kelibdi, endi sho‘rimiz quriydi! Bunaqasini hech qachon eshitmagandik!
8
Oh, sho‘rimiz qursin! Bunday qudratli xudolarning qo‘lidan kim bizni xalos qiladi? Sahroda Misrliklarni har baloga giriftor qilgan xudolar o‘shalar–ku!
9
Dadil bo‘ling, ey, Filistlar! Mard bo‘linglar! Aks holda ibroniylar sizlarga qanday bo‘ysungan bo‘lsalar, sizlar ham ularga shunday bo‘ysunib qolasizlar. Shuning uchun mardona kurashib, jang qilinglar!
10
Shundan so‘ng Filistlar qattiq hujum qilib, Isroil lashkarini mag‘lub etdilar. Isroil lashkarining bari uylariga qochib qoldi. Isroil lashkari shunchalik katta talafot ko‘rdilarki, ular o‘ttiz ming piyoda sipohidan ayrildi.
11
Xudoning sandig‘i ham qo‘ldan ketdi, Elaxning ikkala o‘g‘li — Xo‘fnax bilan Finxaz esa halok bo‘ldi.
12
Benyaminlik bir odam jang maydonidan qochib, o‘sha kuniyoq Shilo‘ga yetib keldi. U qayg‘udan kiyimlarini yirtgan, boshiga tuproq sochgan edi.
13
O‘sha odam Shilo‘ga yetib kelganda, Elax Xudoning sandig‘iga biror narsa bo‘lishidan xavotirlanib, yo‘l yoqasida kursida kutib o‘tirgan edi. Haligi odam shaharga kirib, bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib bergan edi, butun shahar ahli dod–faryod ko‘tardi.
14
Elax shovqin–suronni eshitib: — Nimaga bunchalik shovqin? — deb so‘radi. O‘sha odam, bo‘lgan voqeadan Elaxni xabardor qilib qo‘yay, deb darrov uning yoniga keldi.
15
O‘sha paytda Elax to‘qson sakkiz yoshda bo‘lib, ko‘zlari xiralashgan, yaxshi ko‘ra olmasdi.
16
Haligi kishi Elaxga: — Men jang maydonidan kelyapman, u yerdan bugun qochib keldim, — dedi. — Nima bo‘ldi, o‘g‘lim? — deb so‘radi Elax.
17
Xabar keltirgan odam shunday dedi: — Isroil lashkari Filistlarning oldiga tushib qochdi. Lashkar katta talafot ko‘rdi. Ikkala o‘g‘lingiz — Xo‘fnax bilan Finxaz ham halok bo‘ldi. Xudoning sandig‘i esa qo‘ldan ketdi.
18
Elax hali ham darvoza yonidagi kursida o‘tirar edi. Xabarchi, Xudoning sandig‘ini Filistlar tortib oldi, deb aytishi bilan Elax kursidan orqasi bilan yiqildi. Keksaligi va semizligidan bo‘yni sinib, o‘sha zahoti jon berdi. U Isroilda qirq yil hakamlik qilgan edi.
19
Elaxning kelini — Finxazning xotini homilador bo‘lib, yaqin orada ko‘zi yorishi kerak edi. “Xudoning sandig‘i qo‘ldan ketdi, qaynatang va ering o‘ldi”, degan xabarni eshitishi bilanoq uni to‘lg‘oq tutib qoldi. U yerga cho‘nqayib o‘tirib, tug‘ib qo‘ydi.
20
Doya xotinlar unga o‘limi oldidan: — Qo‘rqma, o‘g‘il tug‘ding, — dedilar. Lekin u e’tibor bermadi, biror so‘z ham aytmadi.
21
Xudoning sandig‘i qo‘ldan ketgan, qaynatasi bilan eri o‘lgani uchun u: — Isroildan ulug‘vorlik ketdi, — deya chaqaloqqa Ixabod deb ism qo‘ydi.
22
Keyin u yana: — Xudoning sandig‘i qo‘ldan ketdi, Isroildan ulug‘vorlik ketdi, — dedi.
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31