bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 12
Numbers 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 13 →
1
Muso Habashistonlik ayolga uylangani uchun, Maryam va Horun Musoga qarshi gapirdilar.
2
Ikkovi: “ Egamiz yolg‘iz Muso orqali gapiribdimi?! U biz orqali ham gapirmaganmi?!” deyishdi. Egamiz ularning bu gapini eshitdi.
3
Muso juda kamtar odam edi, yer yuzida kamtarlikda unga teng keladigani yo‘q edi.
4
Egamiz birdan Muso, Horun va Maryamga: — Uchovingiz ham Uchrashuv chodiriga kelinglar! — deb amr berdi. Shundan so‘ng uchovlari Uchrashuv chodiriga kelishdi.
5
Egamiz ustun shaklidagi bulutda tushib, chodirga kiraverishda turdi va Horun bilan Maryamni chaqirdi. Ikkovi oldinga chiqdi.
6
Egamiz ularga dedi: — Mening so‘zlarimni eshitib olinglar. Orangizda payg‘ambar bo‘lganda, Men, Egangiz, O‘zimni ularga vahiyda ayon qilaman, ular bilan tushlarida gaplashaman.
7
Lekin qulim Muso bilan boshqacha gaplashaman. Mening butun xalqim orasida ishonchlisi Musodir.
8
Men u bilan jumboqli bashoratlar orqali emas, balki yuzma–yuz, ochiq–oydin gaplashaman. Muso Men, Egangizning sharpasini ko‘radi. Nahotki sizlar Mening qulim Musoga qarshi gapirishdan qo‘rqmadingizlar?!
9
Egamiz ulardan qattiq g‘azablanib, uzoqlashdi.
10
Bulut chodir tepasidan ketishi bilanoq, Maryam teri kasalligiga chalinib, qorday oppoq bo‘lib qoldi. Horun buni ko‘rib,
11
Musoga yolvordi: — Ey, hazratim, biz ahmoqlik qilib qo‘ydik! O‘tinaman, gunohimizdan o‘ting!
12
Maryam ona qornidayoq chiriy boshlagan o‘lik chaqaloqqa o‘xshab qolmasin!
13
Shunda Muso Egamizga iltijo qilib: — Ey, Xudo, unga shifo ber! — deb yolvordi.
14
Egamiz esa Musoga shunday javob berdi: — Agar Maryamning o‘z otasi uning yuziga tupurganda, u yetti kun sharmanda bo‘lib yurmasmidi?! Maryamni qarorgohdan chiqarib yuboringlar, u yetti kundan keyingina qarorgohga qaytib kelishi mumkin.
15
Shunday qilib, Maryam qarorgohdan haydab chiqarildi. U yetti kun qarorgohdan tashqarida bo‘ldi. U qaytib kelmaguncha xalq yo‘lga chiqmay turdi.
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36