bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 28
Numbers 28
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 29 →
1
Egamiz Musoga aytdi:
2
“ Isroil xalqiga shunday deb buyur: ular taom nazrlarini Menga har doim belgilangan vaqtda keltirishsin. Kuydiriladigan bu nazrlardan Menga yoqimli hid keladi.”
3
Egamiz davom etib, Isroil xalqiga olovda kuydiriladigan nazrlar to‘g‘risida quyidagi qonunlarni yetkaz, deb Musoga amr berdi: “Har kuni ikkita nuqsonsiz bir yoshli qo‘chqor qo‘zini Egamizga kunda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar.
4
Bitta qo‘zini ertalab, ikkinchisini kechqurun qurbonlik qilinglar.
5
Har bir qo‘ziga qo‘shib, ikki kosa toza zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa sifatli unni don nazri qilib keltiringlar.
6
Egamizga yoqimli hid borishi uchun olovda kunda kuydiriladigan qurbonliklar ilk bor Sinayda joriy qilingan edi.
7
Har bir qo‘ziga qo‘shib ikki kosa sharob nazrini ham keltiringlar. Sharobni Egamizga atab Muqaddas chodirda nazr qilib quyinglar.
8
Ikkinchi qo‘zini kechqurun qurbonlik qilinglar. Ertalabki qurbonlik singari, bu qurbonlikka qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazri qilinglar. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Egamizga yoqimli hid boradi.
9
Shabbat kuni esa ikkita bir yoshli nuqsonsiz qo‘chqor qo‘zini qurbonlik qilinglar. Bu qurbonliklar bilan birga belgilangan miqdorda sharob nazrini va zaytun moyi aralashtirilgan sakkiz kosa sifatli unni don nazri qilib keltiringlar.
10
Bu kuydiriladigan qurbonliklarni har Shabbatda kunda kuydiriladigan qurbonliklardan va unga qo‘shib qilinadigan sharob nazridan tashqari keltiringlar.
11
Har oyning boshida ikkita buqani, bitta qo‘chqorni va yettita bir yoshli qo‘chqor qo‘zini Egamizga atab kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Hamma jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
12
Bu qurbonliklarga qo‘shib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan o‘n ikki kosa un, qo‘chqor bilan sakkiz kosa un,
13
har bir qo‘chqor qo‘zi bilan to‘rt kosa un. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Egamizga yoqimli hid boradi.
14
Har bir buqa bilan to‘rt kosa sharob, har bir qo‘chqor bilan uch kosa sharob, har bir qo‘chqor qo‘zi bilan esa ikki kosa sharobni nazr qilinglar. Bu kuydiriladigan nazrlarni har oyning birinchi kunida ado etinglar.
15
Bundan tashqari, bitta takani Egamizga gunoh qurbonligi qilinglar. Bu hamma qurbonligu nazrlarni kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan sharob nazridan tashqari keltiringlar.
16
Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni Egamizga bag‘ishlangan Fisih qurbonligini nazr qilinglar.
17
O‘n beshinchi kuni esa yetti kunlik bayram boshlanadi, sizlar yetti kun davomida xamirturushsiz non yeyishlaringiz lozim.
18
Bayramning birinchi kuni butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin. Har kungi ishlaringizni qilmanglar.
19
Egamizga atab ikkita buqani, bitta qo‘chqorni va yettita bir yoshli qo‘chqor qo‘zini olovda kuydiriladigan qurbonlik qilinglar. Hamma jonivorlar nuqsonsiz bo‘lsin.
20
Bu qurbonliklarga qo‘shib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan o‘n ikki kosa un, qo‘chqor bilan sakkiz kosa un,
21
har bir qo‘chqor qo‘zi bilan to‘rt kosa un.
22
O‘zlaringizni gunohdan poklash uchun takani gunoh qurbonligi qilinglar.
23
[23-24] Bu nazrlarni kunda ertalab kuydiriladigan qurbonlikdan tashqari, yetti kun davomida keltiringlar. Bu taom nazrlarni Egamizga yoqimli hid bo‘lishi uchun olovda kuydiringlar. Bular kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan sharob nazridan tashqari keltirilsin.
24
***
25
Yettinchi kuni ham butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin. O‘sha kuni odatdagi ishlaringizni qilmanglar.
26
Hosil bayramining birinchi kuni, Egamizga yangi hosilingizning donini nazr qilganingizda, butun xalq muqaddas yig‘inga kelsin. O‘sha kuni odatdagi ishlaringizni qilmanglar.
27
Egamizga yoqimli hid borishi uchun ikkita buqa, bitta qo‘chqor, yettita bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qilinglar.
28
Bu qurbonliklarga qo‘shib quyidagi miqdorda zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni don nazri qilib keltiringlar: har bir buqa bilan o‘n ikki kosa un, qo‘chqor bilan sakkiz kosa un,
29
har bir qo‘chqor qo‘zi bilan to‘rt kosa un.
30
O‘zlaringizni gunohdan poklash uchun bitta takani qurbonlik qilinglar.
31
Bu nazrlarni va ularga qo‘shib qilinadigan sharob nazrini — kunda kuydiriladigan qurbonliklar va ularga qo‘shib qilinadigan don nazridan tashqari keltiringlar. Qurbonlik qilinadigan hamma jonivorlaringiz nuqsonsiz bo‘lsin.
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 29 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36