bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 15
Numbers 15
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 16 →
1
[1-2] Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: Egamiz sizlarga beradigan yurtga o‘rnashib olganingizdan keyin mana bu qonunlarga rioya qiling:
2
***
3
bergan va’dangizga muvofiq, qo‘y–echki suruvi yoki podadan qilinadigan qurbonlik, ko‘ngildan chiqarib beradigan qurbonlik, xalqning belgilangan bayramida qurbonlik qilay, deb Egamizga yoqimli hid borishi uchun quydiriladigan qurbonlik yoki tinchlik qurbonligi qilib olovda quydirasiz.
4
[4-5] Shunda Egamizga atab, qurbonlikka qo‘shib don bilan sharob nazri ham qilishingiz lozim. Qo‘zi yoki uloqchani qurbonlik qilganingizda, don nazrini — ikki kosa zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa sifatli unni, ikki kosa sharobni nazr qilinglar.
5
***
6
Qo‘chqorni qurbonlik qilganingizda, don nazrini — uch kosa zaytun moyi aralashtirilgan sakkiz kosa sifatli unni va
7
uch kosa sharobni nazr qilinglar. Bu qurbonlik va nazrlardan Egamizga yoqimli hid boradi.
8
Buqani Egamizga atab, kuydiriladigan qurbonlik, bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan qurbonlik yoki tinchlik qurbonligi qilganingizda,
9
qurbonlikka qo‘shib to‘rt kosa zaytun moyi aralashtirilgan o‘n ikki kosa sifatli unni va
10
to‘rt kosa sharobni nazr qilinglar. Olovda kuydiriladigan bu qurbonlik va nazrlardan Egamizga yoqimli hid boradi.
11
Shunday qilib, buqa, qo‘chqor, qo‘zi yoki uloqchani qurbonlik qilganingizda, shu nazrlarni qurbonlikka qo‘shib keltiringlar.
12
Qurbonlik qilinadigan hayvonlarning soni qancha bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir hayvonga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazr qilinglar.
13
Isroil xalqidan bo‘lgan har bir odam qurbonlikni Egamizga yoqimli hid borishi uchun olovda kuydirganda, mana shu qoidalarga rioya qilishi shart.
14
Agar orangizda o‘rnashib olgan yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan birorta musofir Egamizga yoqimli hid borishi uchun qurbonlikni olovda kuydirmoqchi bo‘lsa, u ham shu qoidalarga rioya qilsin.
15
Isroil jamoasi uchun ham, orangizda yashayotgan musofir uchun ham qonun–qoida bir. Egamizning oldida sizlar ham, musofirlar ham birdir. Bu qonun–qoidaga doimo, avlodlaringiz osha rioya qilinglar.
16
Sizlar uchun ham, orangizda yashayotgan musofirlar uchun ham qonun–qoida birdir.
17
[17-18] Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz yana quyidagi qonunlarni berdi: Egamiz sizlarni boshlab borayotgan yurtga kirganingizdan keyin,
18
***
19
o‘sha yurtning nonidan tanovul qilasizlar. O‘shanda noningizning bir qismini Egamizga nazr qilinglar.
20
Xamirning birinchi zuvalasidan yopilgan nonni Egamizga nazr qilinglar. Bu nazrni yanchilgan donni nazr qilganday nazr qilinglar.
21
Avlodlar osha xamirning birinchi zuvalasini Egamizga nazr qilinglar.
22
[22-23] Agar Egamiz men orqali bergan bu amrlarning birortasiga — Egamiz amr etgan kundan boshlab avlodlaringiz osha rioya qilmasangiz,
23
***
24
agar jamoa bu xatoga bilmagan holda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, butun jamoa Egamizga yoqimli hid borishi uchun bitta buqani kuydirib qurbonlik qilsin. Ular buqaga qo‘shib, belgilangan miqdorda don bilan sharob nazrini keltirishsin. Bundan tashqari, bitta takani gunoh qurbonligi qilishsin.
25
Shunday qilib, ruhoniy butun Isroil jamoasini gunohlaridan poklaydi. Jamoa bilmasdan xato qilgani uchun kechiriladi, chunki ular qilgan xatosi uchun Egamizga qurbonlik qilib, olovda kuydirgan va gunoh qurbonligini keltirgan bo‘ladilar.
26
Egamiz butun Isroil jamoasini va sizlarning orangizda yashayotgan musofirlarni kechiradi, chunki butun xalq bilmay xato qilgan edi.
27
Agar birorta odam bilmasdan gunoh qilib qo‘ysa, bir yoshli echkini gunoh qurbonligi qilsin.
28
Ruhoniy Egamizning oldida o‘sha odamni gunohidan poklaydi, o‘sha odam kechiriladi.
29
Bilmasdan gunoh qilib qo‘ygan Isroil odami uchun ham, orangizda istiqomat qilayotgan musofir uchun ham qonun bir.
30
Lekin qasddan gunoh qilgan odam, Isroil xalqidanmi yoki musofirmi, Egamizga shak keltirgan bo‘ladi. O‘sha odam Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinsin.
31
U Egamizning so‘zlarini nazar–pisand qilmagani uchun, amrlariga itoat qilmagani uchun albatta yo‘q qilinsin. Uning gunohi o‘z gardanida qoladi.
32
Bir kuni Isroil xalqi sahroda turgan paytda, Shabbat kuni o‘tin terib yurgan bir odamni ushlab olishdi.
33
Ular o‘sha odamni Muso, Horun va butun Isroil jamoasi oldiga olib kelishdi.
34
Biroq bu odamni nima qilish kerakligini hali aniq bilishmagani uchun, uni qamab qo‘yishdi.
35
Keyin Egamiz Musoga dedi: — Bu odamning jazosi o‘limdir. Butun jamoa uni qarorgohdan tashqariga olib chiqib, toshbo‘ron qilsin.
36
Egamiz Musoga amr etganday, butun jamoa o‘sha odamni qarorgohdan tashqariga olib chiqib, toshbo‘ron qilib o‘ldirdi.
37
Shundan keyin Egamiz Musoga dedi:
38
— Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Sizlar avlodlar osha kiyimlaringizning etagiga popuk qilib osib yuringlar. Har bir popukka ko‘k ip qo‘shib eshilgan bo‘lsin.
39
Popuklar sizlarga Men, Egangizning amrlarini eslatib turadi. Ularni ko‘rganingizda Men sizlarga bergan hamma amrlarimni eslab, bajarasizlar. Xiyonatga yetaklovchi ko‘nglingiz, ko‘zingiz ehtiroslariga ortiq berilmaysizlar.
40
Shunda sizlar Mening hamma amrlarimni yodingizda tutib bajarasizlar, Menga bag‘ishlangan bo‘lasizlar.
41
Men Egangiz Xudoman. Men Xudoyingiz bo‘laman, deb sizlarni Misrdan olib chiqqanman. Men Egangiz Xudoman.”
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 16 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36