bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 32
Numbers 32
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 31
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 33 →
1
Ruben va Gad qabilalarining chorvasi nihoyatda ko‘p edi. Ular Yazir va Gilad yerlarining chorvabop ekanligini ko‘rib,
2
Muso, ruhoniy Elazar va jamoa yo‘lboshchilarining oldiga borib shunday deyishdi:
3
— Otaro‘t, Dibon, Yazir, Nimro, Xashbon, Elaley, Savom, Navo, Bayo‘n shaharlari
4
joylashgan butun o‘lkani Egamiz Isroil xalqiga mag‘lub qilib berdi. Bu nihoyatda chorvabop yerlar ekan. Biz, qullaringizning, esa chorvasi bor.
5
Agar biz sizlarning iltifotingizga sazovor bo‘lgan bo‘lsak, o‘sha yerlarni bizga mulk qilib bersangizlar, bizni Iordan daryosining narigi tomoniga olib o‘tmasangizlar.
6
Shunda Muso Gad bilan Ruben qabilalariga shu gapni aytdi: — Birodarlaringiz urushga borganlarida, sizlar bu yerda qolasizlarmi?
7
Nimaga sizlar, Isroil xalqi Egamiz bergan yurtga bormasin, deb ularning ra’yini qaytaryapsizlar?
8
Men otalaringizni Kadesh–Barnadan yurtni ko‘rib kelish uchun jo‘natganimda, ular ham xuddi shunday yo‘l tutishgan edi.
9
Ular Eshko‘l soyligigacha borib, yurtni ko‘rib chiqqan edilar. So‘ng Egamiz bergan yurtga Isroil xalqi bormasin, deb ularning ra’yini qaytargan edilar.
10
O‘sha kuni Egamiz otalaringizdan qattiq g‘azablanib shunday qasam ichgan edi:
11
“Misrdan chiqqan yigirma va undan yuqori yoshdagi odamlar Men Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga va’da qilgan yurtga kirmaydilar, chunki ular Menga sodiq qolmadilar.
12
O‘sha yurtga faqat Xanaz urug‘idan Yafunax o‘g‘li Xolib bilan Nun o‘g‘li Yoshua kiradilar, chunki ular ikkovigina Men, Egangizga, sodiq qoldilar.”
13
Ha, Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablangan edi. Egamiz Uning oldida qabihlik qilgan ajdodlaringizni qirq yil — ular batamom tugab bitmaguncha sahroda kezdirdi.
14
Endi esa siz, ey, gunohkorlar nasli, otalaringizning o‘rnini egallab, Egamizning g‘azabini Isroil xalqiga qarshi qo‘zg‘atyapsizlar!
15
Agar Egamizdan yuz o‘girsangizlar, U Isroil xalqini yana sahroda tashlab ketadi. Butun xalq sizlar tufayli qirilib ketadi.
16
Lekin Ruben va Gad qabilalari Musoga yaqinlashib, shunday deyishdi: — Biz bu yerda suruvlarimiz uchun qo‘y qo‘ralari, bola–chaqalarimiz uchun shaharlar quramiz.
17
O‘zimiz esa qurollanib, Isroil xalqini ularning yurtiga joylashtirmagunimizcha safning boshida boramiz. Shu asnoda bolalarimiz mustahkam shaharlarda qoladilar, mahalliy xalqlar ularga xavf solmaydilar.
18
Isroil xalqining har biri o‘z mulkiga ega bo‘lmaguncha, biz uyimizga qaytmaymiz.
19
Biz Iordan daryosining narigi tomonidan o‘zimizga mulk olmaymiz, chunki bizning mulkimiz Iordanning bu tomonida — sharq tomonida bo‘ladi.
20
Muso ularga shunday dedi: — Agar sizlar haqiqatan ham aytganingizni qilsangizlar, Egamiz oldida jang qilish uchun qurollaninglar.
21
Qo‘liga qurol tutgan barcha sipohlaringiz Iordan daryosidan o‘tsin. Egamiz O‘z g‘animlarini quvib yubormaguncha, Uning oldida boringlar.
22
Egamiz o‘sha yurtni taslim qilgandan keyingina, shu yerga qaytib kelishingiz mumkin. Shunda sizlar Egamiz oldida ham, Isroil xalqi oldida ham o‘z majburiyatingizdan ozod bo‘lasiz. Iordan daryosining sharq tomonidagi yer sizning Egamizdan olgan mulkingiz bo‘ladi.
23
Agar shunday qilmasangizlar, sizlar Egamizga qarshi gunoh qilgan bo‘lasizlar. Gunohingiz o‘z boshingizni yeydi.
24
Bolalaringiz uchun shaharlar, suruvlaringiz uchun qo‘ralar quringlar. Lekin va’dangiz ustidan chiqinglar.
25
Gad va Ruben qabilalari Musoga: — Hazrat nima buyruq bersalar, qullari shuni ado etgaylar, — deyishdi.
26
— Bolalarimiz, xotinlarimiz, podalaru suruvlarimiz shu yerda — Giladdagi shaharlarda qoladi.
27
Lekin qo‘liga qurol tutgan har bir erkagimiz, hazratimiz aytganlariday, Egamiz boshchiligida jang qilish uchun daryoning narigi tomoniga o‘tadi.
28
Shundan keyin Muso ruhoniy Elazarga, Nun o‘g‘li Yoshuaga va Isroil qabilalarining urug‘boshilariga buyruq berib dedi:
29
— Agar Gad va Ruben qabilalari qurollanib, Egamiz boshchiligida jang qilish uchun sizlar bilan birga Iordanning narigi tomoniga o‘tishsa, sizlar o‘sha yurtni mag‘lub qilganingizdan keyin Gilad yerlarini ularga mulk qilib beringlar.
30
Bordi–yu, ular sizlar bilan birga qurollanib bormasa, boshqa qabilalar qatori, Kan’on yurtidan mulk olishadi.
31
Shunda Gad va Ruben qabilalari: — Egamiz qullaringizga qanday amr bergan bo‘lsa, hammasini ado etamiz, — deb javob berishdi.
32
— Biz qurollanib, Egamiz boshchiligida Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tib, Kan’on yurtiga boramiz. Lekin Iordanning shu tomonidagi yerlar bizning mulkimiz bo‘la qolsin.
33
Shundan keyin Muso Gad bilan Ruben qabilalariga hamda Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasining yarmiga Amor xalqining shohi Sixo‘nning yurti bilan Bashan shohi O‘gning yurtini — ularning jamiki yerlaru shaharlarini, shahar atrofidagi o‘lkalarni berdi.
34
[34-36] Gad qabilasi Dibon, Otaro‘t, Aror, Otro‘t–Shifan, Yazir, Yohboxo, Bayt–Nimro va Bayt–Xoron degan mustahkam shaharlarni qaytadan barpo qilib, qo‘y qo‘ralarini qurdi.
35
***
36
***
37
[37-38] Ruben qabilasi ham Xashbon, Elaley, Xiratayim, Navo, Baal –Miyon (bu shaharlarning nomlarini o‘zgartirdi) va Sivmo shaharlarini qayta qurdi. Ular tiklagan shaharlariga yangi nom berdi.
38
***
39
Manashe o‘g‘li Moxirning avlodlari Gilad o‘lkasiga borishdi. Ular Giladni bosib olib, Amor xalqini u yerdan quvib chiqarishdi.
40
Shundan keyin Muso Giladni Moxir avlodiga berdi. Moxir avlodi u yerda joylashdi.
41
Manashe o‘g‘li Yovir esa Amor xalqining qishloqlarini egalladi. U o‘sha yerlarga Yovir qishloqlari, deb nom berdi.
42
Navah Qanot shahrini va uning atrofidagi qishloqlarni egalladi, u yerlarga Navah, deb o‘zining ismini berdi.
← Chapter 31
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 33 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36