bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 5
Numbers 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 6 →
1
Musoga Egamiz aytdi:
2
“ Isroil xalqiga buyur. Ular teri kasalligiga chalinganlarni, jinsiy a’zosidan ajralma chiqqanlarni, murdalarga tegib harom bo‘lganlarni qarorgohdan chiqarib yuborishsin.
3
Erkagini ham, ayolini ham qarorgohdan tashqariga chiqarib yuborishsin. Ularning dastidan qarorgoh harom bo‘lmasin. Axir, Men xalqim orasida yashayman.”
4
Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amrini ado etib, o‘shanaqa odamlarni qarorgohdan chiqarib yubordi.
5
[5-6] Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: Egamizga xiyonat qilgan, birodariga firib bergan har qanday erkak yoki ayol aybdor hisoblansin.
6
***
7
Bunday odam qilgan gunohini tan olsin. Jabr chekkan tomonga keltirgan zarari uchun tovon to‘lasin, buning ustiga, tovonning beshdan bir qismini ham qo‘shib bersin.
8
Bordi–yu, jabr chekkan odam vafot etgan bo‘lsa va uning yaqin qarindoshi bo‘lmasa, zararni qoplash uchun to‘lanadigan tovon Egamizga bag‘ishlanib, ruhoniyga berilsin. Aybdor tomon tovon bilan birga bir qo‘chqorni olib kelsin. Ruhoniy qo‘chqorni qurbonlik qilib, aybdor tomonni gunohdan poklasin.
9
Isroil xalqi Egamizga atab, ruhoniyga olib kelgan har qanday ehson ruhoniyniki hisoblansin.
10
Ruhoniy qabul qilib olgan hamma ehsonlar ruhoniyning o‘ziga tegishli bo‘lsin.
11
[11-12] Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: agar birontasining xotini yomon yo‘lga kirib, eriga xiyonat qilsa,
12
***
13
begona erkak bilan yotib o‘zini bulg‘asa–yu, uni hech kim tutib olmasa, bunga biror guvoh bo‘lmagani uchun erining bundan xabari bo‘lmasa,
14
keyinchalik eri xotinidan shubhalana boshlasa, xotini o‘zini bulg‘amagan taqdirda ham, eri undan shubhalanib, rashk qilsa,
15
er xotinini ruhoniy huzuriga yetaklab borsin. Xotini uchun to‘rt kosa arpa unini nazr qilib olib borsin. Arpa uniga zaytun moyi yoki xushbo‘y tutatqi qo‘shilmasin. Bu nazr ayol aybdor yoki aybdor emasligini bilish uchun keltirilayotgan rashk nazridir.
16
Ruhoniy ayolni yetaklab, Egamiz huzuriga olib kirsin.
17
So‘ng muqaddas suvni sopol idishga quysin–da, Muqaddas chodirning ichidagi yerdan tuproq olib, suvga qo‘shsin.
18
Ayolni ruhoniy Egamiz huzuriga olib kirgandan so‘ng, ayolning sochini yoysin. Uning qo‘liga rashk uchun keltiriladigan don nazrini tutqizib qo‘ysin. Ruhoniyning o‘zi esa qo‘lida la’nat keltiradigan achchiq suvni ushlab tursin.
19
Ruhoniy ayolga qasam ichtirib, unga shunday so‘zlarni aytsin: “Agar sen begona erkak bilan yotmagan bo‘lsang, bulg‘anmagan, eringga xiyonat qilmagan bo‘lsang, mana shu la’nat keltiradigan achchiq suv senga hech qanday zarar yetkazmasin.
20
Agar eringga xiyonat qilib, bulg‘angan bo‘lsang, eringdan boshqa odam bilan yotgan bo‘lsang,
21
odamlar kimnidir la’natlaganda, Egam sening nomingni la’natga qo‘shib aytadigan qilsin. Egam seni bola tug‘a olmaydigan qilib qo‘ysin.
22
O‘sha la’nat keltiradigan suv ichingga kirganda, seni bola tug‘a olmaydigan qilib qo‘ysin.” Shunda ayol: “Omin, omin”, deb aytsin.
23
So‘ng ruhoniy la’nat so‘zlarini qog‘ozga yozib, uni achchiq suvda yuvsin.
24
Toki ayol o‘sha suvni ichganda, la’nat uning tanasiga kirib azob bersin.
25
Ruhoniy ayolning qo‘lidan rashk uchun keltirilgan don nazrini olib, bu nazrni Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tarsin, so‘ng qurbongohga olib borsin.
26
Don nazrining bir hovuchini qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qshilish, unning hammasi Xudoga tegishli ekannini bildiradi. Keyin ayolga achchiq suvdan ichirsin.
27
Agar ayol eriga xiyonat qilib bulg‘angan bo‘lsa, la’nat keltiruvchi achchiq suv uning ichiga kirgach, qattiq azob beradi. Ayol bola tug‘a olmaydigan bo‘lib qoladi. O‘sha ayol o‘z xalqi orasida la’nati bo‘ladi.
28
Agar ayol bulg‘anmagan, pok bo‘lsa, hech qanday zarar ko‘rmaydi, bundan keyin ham farzand ko‘rishga qodir bo‘ladi.
29
Rashk haqidagi qonun mana shundan iboratdir. Xotin eriga vafo qilmay, yomon yo‘lga kirib bulg‘anganda
30
yoki eri xotinini rashk qilib, undan shubhalana boshlaganda, er xotinini Egamizning huzuriga boshlab kelsin. Ruhoniy esa shu qonunga binoan ish tutsin.
31
O‘shanda er gunohdan forig‘ bo‘ladi, ayol esa qilgan gunohi uchun jazosini tortadi.
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36