bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 35
Numbers 35
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 34
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 36 →
1
Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida Egamiz Musoga dedi:
2
“ Isroil xalqiga buyur, ular mulk qilib oladigan yeridan levilarga yashash uchun shaharlar berishsin. Shuningdek, shaharlarning atrofidagi yaylovlarni ham berishsin.
3
Shaharlar levilarga vatan bo‘ladi, yaylovlar esa mol–holi uchun yaraydi.
4
Levilarga beriladigan yaylovlar shahar devoridan 1000 tirsak masofada bo‘lgan tevarakdagi hamma yaylovlarni o‘z ichiga olsin.
5
Shahar tashqarisidan sharq, janub, g‘arb, shimol tomonga 2000 tirsak o‘lchanglar, shahar o‘rtada bo‘lsin. Shahar atrofi esa ularning yaylovlari bo‘ladi.
6
Sizlar levilarga beradigan shaharlaringizning oltitasi panoh shaharlar bo‘lsin. Birortangiz bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysangiz, o‘sha shaharlarning biriga qochib borishingiz mumkin. Bu oltita shahardan tashqari levilarga yana qirq ikkita shahar beringlar.
7
Hammasi bo‘lib levilarga qirq sakkizta shahar va ular atrofidagi yaylovlar berilsin.
8
Isroil xalqi mulkidan har bir qabila olgan ulushining hajmiga ko‘ra, levilarga shaharlar ajratib beringlar. Kattaroq ulush olgan qabila ko‘proq, kichikroq ulush olgan qabila esa kamroq shahar bersin.”
9
[9-10] Isroil xalqiga quyidagi amr va qonunlarni yetkaz, deb Musoga Egamiz shunday amr berdi: “Sizlar Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tib, Kan’on yurtiga kirganlaringizdan keyin,
10
***
11
o‘zlaringiz uchun panoh shaharlarni tanlanglar. Birortasi bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysa, o‘sha shaharlarning biriga qochib bora oladigan bo‘lsin.
12
Qotil jamoa oldida hukm qilinishdan oldin o‘ldirilib qo‘yilmasligi uchun, bu shaharlar qotilga qasoskordan panoh bo‘ladi.
13
Oltita panoh shahringiz bo‘lsin.
14
Uchta shaharni Iordan daryosining sharq tomonidan, qolgan uchtasini Kan’on yurtidan tanlanglar.
15
Ana shu oltita shahar sizlar uchun ham, orangizda vaqtincha yoki doimiy ravishda istiqomat qilayotgan musofirlar uchun ham panoh bo‘ladi. Birortasini tasodifan o‘ldirib qo‘ygan odam o‘sha yoqqa qochib borsin.
16
Agar birorta odam boshqasini temir asbob bilan urib o‘ldirib qo‘ysa, urgan odam qotil hisoblanadi va o‘sha odamning jazosi o‘limdir.
17
Odamni tosh bilan urib o‘ldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi o‘limdir.
18
Odamni yog‘och qurol bilan urib o‘ldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi o‘limdir.
19
Marhumning xunini oladigan odam qotilni o‘ldirsin. Qotilni uchratib qolganda uning jonini olsin.
20
Shuningdek, agar birortasi boshqasini yomon ko‘rgani uchun itarib yoki qasddan unga biror narsani otib o‘ldirib qo‘ysa,
21
yoxud adovatdan unga musht tushirib o‘ldirsa, urgan odamning jazosi o‘limdir. U qotildir. Marhumning xunini oladigan odam qotilni uchratganda o‘ldirsin.
22
Bordi–yu, biri boshqasini bexosdan, xusumat qilmay, turtib yuborsa yoki qasd qilmay biror narsa otsa
23
[23-24] yo ko‘rmay turib ustiga tosh tushirib yuborsa va o‘sha odam o‘lsa, jamoa qasoskor bilan odam o‘ldirgan kishining orasidagi mojaroni hal qilsin. Chunki odam o‘ldirganning va marhumning orasida hech qanday adovat bo‘lmagan edi.
24
***
25
Jamoa qotilni qasoskorning qo‘lidan xalos qilib, uni qaytarib panoh shaharga jo‘natsin. Moy surtib tanlangan oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil o‘sha yerda qolsin.
26
Lekin qotil panoh shahar chegarasidan chiqsa
27
va qasoskor uni panoh shahardan tashqarida tutib olib o‘ldirsa, qasoskor qotillikda ayblanmaydi.
28
Chunki oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil panoh shaharda qolishi lozim edi. Oliy ruhoniyning vafotidan so‘nggina u o‘z uyiga qaytib borishi mumkin edi.
29
Mana shular sizlar uchun avlodlaringiz osha, qayerda yashasangiz ham, qonun bo‘lib qolsin.
30
Odam o‘ldirgan kishi faqat guvohlarning ko‘rsatmalari asosidagina qotillikda ayblanib, o‘limga mahkum qilinsin. Bitta odamning guvohligi asosida hech kim o‘ldirilmasin.
31
O‘limga hukm qilingan qotilning joni evaziga pul olmanglar. Qotilni albatta o‘ldiringlar.
32
Panoh shaharga qochib ketgan odamdan ham pul olmanglar, u oliy ruhoniyning vafotidan oldin o‘z yeriga qaytib kelib yashashi uchun yo‘l qo‘ymanglar.
33
O‘zingiz yashab yurgan yerni bulg‘amanglar. Yer to‘kilgan qon tufayli bulg‘anadi. Qotillik tufayli bulg‘angan yerni faqat qotilning qoni bilan tozalab bo‘ladi.
34
O‘zlaringiz yashaydigan va Men istiqomat qiladigan yerni bulg‘amanglar, zotan Men, Egangiz, Isroil xalqi orasida istiqomat qilaman.”
← Chapter 34
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 36 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36